Korxonalarni boshqarish tizimini takomillashtirish muammolari
Download 64.25 Kb.
|
boshqarish
M A V Z U BOSHQARUV QARORLARINI (OPTIMIZATSIYALASH) USULLARI VA ULARNI BAJARILISHINI TASHKIL ETISH. REJA
2. Strategik menejmentning moҳiyati va vazifalari. 3. Korxonalarni boshqarish tizimini takomillashtirish muammolari 4. Bozor va marketing strategiyasi. 5. Strategik rejalashtirishning moҳiyati va vazifalari. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan ishlashning usullari Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal variantga eng yaqin bo`lgan, eng zo`r variant qabul qilinadi. Bu variant meҳnatni, moliyaviy-texnik resurslarni va vaqtni eng kam sarf qilingan xolda, korxonadagi mavjud xolat ҳaqidagi mantiqiy axborotlarni yig’ib, taҳlil qilish orqali kelib chiqadi. Optimal qarorni yoki unga yaqin qarorni tanlashda kerakli usul va uslubni qo`llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan ishlashning quyidagi usullari mavjud: tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy taxlil, statistik javoblar va baxolar usuli; variantli qatorlarning, ya`ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni taҳlili, rivojlanish tendentsiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterini aniqlash usuli; tajriba javoblarini statistik taҳlilini o`z ichiga olgan, tajribaviy modellashtirish usuli. matematik dasturlash usuli; maqsadlarni baҳolash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul o`qitish va motivatsiya nazariyasini xisobga olib tabiatni o`lchash va bashorat qilish uchun ishlatiladi; modellashtirish va tadbirkorlikka oid o`yinlar usuli. Bu usul eҲM ishlatilishini taqozo etadi; Noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga ҳar-ҳil yondashishlarni o`z ichiga olgan qidirishlar nazariyasi; xarajatlar usuli. Bu usul ya`ni, axborotlar yiғish, taxlil qilish va ishlatish juda ko`p mablaғ talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob topishga yordam bersa xarajatlar oldida to`xtashi kerak emas; noma`lum va noaniq vaziyatlarni baҳolash va taҳlil qilish, odatda, mavjud ishonchli ma`lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu ҳolda qabul qilinadigan qaror korxona o`z oldiga qo`ygan maqsadga boғliq. Ba`zan qaror qabul qilish iqtisodiy-ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendentsiyasi, shuningdek taxliliy ҳisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo`ladi. Boshqa ҳollarda albatta muammoning chuqur taҳlili va ҳar tomonlama birlashuvi kerak bo`ladi, ya`ni muammoning turlicha qarab kerakli taҳlil va ҳisob-kitoblar o`tkaziladi; qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi meҳnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli taҳlil doimo o`tkazilsa, qarorlarni ishlab chiqish usuli borgan sari soddalashib aniq ҳolatga keladi. Soddalashgan ҳoldagi qarorlar qabul qilish va ularning samarasini baҳolash ko`pincha korxona faoliyatining taҳlili takrorlanuvchi ҳolatida qo`llaniladi. mutaxassislar baҳosi, mutaxassislar taҳlili asosida olinadi. Bu narsa ҳatolarni oldini olish uchun qilinadi. SHundan so`ng mutaxassislar mavjud mavjud qarorlar ro`yxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chiqadilar va o`zlarining yakuniy xulosalarini etadilar; Bir guruҳ mutaxassilar tomonidan qandaydir qiyin muammoni ijodiy muҳokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari Boshqaruvning echimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi ғoyalarning yuzaga kelishiga muҳit yaratish ҳamda muҳokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi al’ternativ echimni topishga va muammoni to`ғri ҳal qilishga katta ta`sir ko`rsatadi. Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq ҳolda bajarilishi uchun ishlab chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo`naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni, matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu marosimlarning 3 ta guruҳga ajratish mumkin: Qarorlarni o`z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish; Kadrlar va resurslar optimal joylashtirish operativ zaҳiralarni shakllantirish; Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish. Birinchi guruҳ marosim. Qarorlarni o`z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish. Bu erda uni o`z ҳoliga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-ikki oyda etib borishini kuzatish mumkin. Bu ҳolda u o`z faolligini va mazmunini yo`qotadi. chunki u kech etib boradi. Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror qabul qilishga jalb shilish. SHu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror kontseptsiyasi va masalalar echimlari bilan tanishadilar. Ba`zan shu maqsadda ishlab chiqarish novatorlari va sardorlaridan komissiya tuziladi. Kelgusidagi ijro etuvchilar qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu echimlarni xaqiqatga yaqinroq qilishadi. CHunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga qaraganda yaxshiroq bilishadi. SHuningdek, kollektiv ishchilarining muxkamada, seminarlarda, yoki loyixa rejalashtirini qabul qilishda qatnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin, bu kollektililik faqatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga oshiriladi. Qachonki yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo`lganda. Ikkinchi gurux marosimi - bu kadrlar va resurslar manyovri shuningdek operativ rezervlar. Ҳar bir echim moddiy ta`minotga muҳtoj bo`lib, odamlarning qayta orientatsiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to`ғri keladi. SHuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizatsiyasi va ishlab chiqarishni qayta qurish ishlarining uslub va formalarini keskin o`zgarishiga olib keladi. Bu kadrlar strukturasiga ҳam ta`sir ko`rsatadi. Uchinchi marosimlar guruҳi - bu nazorat, ya`ni chuqur malakali taҳlil. Tizimli nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo`lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida, bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga erishish uchun talab qiladi. Download 64.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling