Korxonalarni modernizatsiya qilishda va diversifikatsiya qilishda rejalashtirishning ahamiyati


Download 21.35 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1373353
Bog'liq
Raximjonova Diyora


KORXONALARNI MODERNIZATSIYA QILISHDA VA DIVERSIFIKATSIYA QILISHDA REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI
Raximjonova Diyoraxon Baxtiyorjon qizi
Andijon mashinasozlik instituti “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabasi
O’zbekistonda keyingi yillarda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari
ta’minlanmoqda va hukumat tomonidan uni mustahkamlash borasida yangi ustuvor vazifalar belgilanmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.
Ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiy muhitni tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va o’zgarib boradi. O’zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida iqtisodiyotning yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar barpo etilmoqda.
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim:
– ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish;
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash;
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish, avvalo, mamlakatdagi barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyatidagi korxonalar, xususan kichik, o’rta va yirik biznesdagi korxonalarga tadbiq etish zarur.Shu sababli ularni modernizatsiya qilish, diversifikatsiyalash hamda rejalashtirish asosiy vazifamiz hisoblanadi.
Korxona - jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega
bo’lgan, har xil o’lchamdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.
Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko’rsatkichi sifatida jamiyat
hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati,
mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
munosabatlardan kelib chiqadi.
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining
ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir
ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish,
motivatsiya va tartibga solish usulidir.
Aynan rejalashtirish va bashorat qilish yo’li bilan korxonalar nimani, kim
uchun, qachon va qancha mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar
bilan shartnoma tuzish yoki kooperatsiyani rivojlantirish, zarur bo’lgan moddiy-tovar boyliklari zahirasini yaratish kabi bir qator masalalarni hal qiladi.
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi. Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida borishi mumkin. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli
istiqbolga mo’ljallangan davomi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va
prognozlashtirish o’zaro aloqada bo’lgan ikkita jarayon bo’lib, xo’jalik faoliyatini
avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko’zda tutadi.
Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muhim ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni bo’lsa, reja korxonaning ma’lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, reja – bu, korxonaning maqsadli funktsiyalari va ularni amalga oshirish
yo’llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir.
Rejalashtirish ishlab chiqarishning maqbul yo’nalishlarini aniqlash, foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarni qo’llash, korxonaning oqilona baho
siyosatini shakllantirish hamda xo’jalik yuritish aloqalarining samarali shakllarini
o’rnatishga ko’maklashadi. Rejalashtirish va bashorat qilish yordami bilan ichki va
tashqi bozordagi iste’molchilar talabi aniqlanadi, korxonaning tashqi iqtisodiy
faoliyati kuchaytiriladi.
Korxona o’z faoliyatini modernizatsiya qilishni rejalashtirishi xatolarni butunlay bartaraf eta olmasada, samarali bashoratlash orqali ularni oqilona boshqara oladi. Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o’zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, prognoz rejalashtirishning ilmiy asosidir.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekistonda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarini modernizatsiya qilish, diversifikatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar puxta tuzilgan rejalashtirish asosida bajarilayotganligi tufayli hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ilmiy rahbar:Ermatov Ilhomjon Ismoiljonovich
Andijon Mashinasozlik instituti, “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchisi.
Adabiyotlar

  1. N.Ashurova, Sh. Atamuradov, “Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti”, Toshkent- 2019

  2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki

  3. https://e-library.namdu.uz/

Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling