Korxonalarni rivojlantirishda internet marketingning o’rni ximmatova Bibisora Berdillo qizi. SamIsi mr 117-guruh talabasi Ilmiy rahbar Samisi marketing kafedrasi Marketing o’qituvchisi Musaeva Shoira Azimovna


Download 19.12 Kb.
Sana28.06.2020
Hajmi19.12 Kb.
#122172
Bog'liq
Korxonalarni rivojlantirishda internet marketingning orni


KORXONALARNI RIVOJLANTIRISHDA INTERNET MARKETINGNING O’RNI

Ximmatova Bibisora Berdillo qizi.

SamISI MR 117-guruh talabasi

Ilmiy rahbar SamISI Marketing kafedrasi Marketing o’qituvchisi Musaeva Shoira Azimovna.

Annotatsiya

Maqola korxonalarni rivojlantirishda marketingning o’rni va ularning raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan unumli foydalanishni qamrab oladi. Keskin raqobat sharoitida korxonalarning bozordagi ulushini saqlab qolishda marketing va internet marketingning ahamiyatini yoritib berishga asoslanadi. Shuningdek, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida iste’molchilar bilan aloqalar o’rnatishda internet marketingning afzalliklarini yoritishga qaratiladi.

Аннотация

В статье описывается влияние интернет маркетинга на развитие и становление предпринимательства, а также роль интернет маркетинга в повышение компетентность предприятия. Освещать предпочтительный стороны интернет маркетинга в связи с потребителями.

Annotation

The article considers the influence of internet marketing in the developing of enterprises. Also, increase of enterprises’s competitive and efficacy. To explain advantages of internet marketing in communicate with consumers.
Kalit so’zlar

Internet marketing, korxonalar, raqobatbardoshlik, samaradorlik, iste’molchilar.

Ключевые слова

Интернет маркетинг, предприятие, компетентность, эффективность, потребители.

Key words

Internet marketing, enterprises, competitive, efficacy, consumer.

Mamlakatimizda iqtisodiyot va sanoatning yangi bosqichga ko’tarilishi munosabati bilan ushbu sohalarda tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o’zgarishlarning dalili sifatida kichik beznis va xususiy tadbirkorlikka yaratilayotgan keng imkoniyatlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, tadbirkorlikning ayrim turlari uchun soliqlar va kredit tizimining yengillashtirilganligi, tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlaridagi o’zgartirish va qo’shimchalar, eksport va import bojlarining kamaytirilganligi misol bo’lishi mumkin. O’zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lumotlariga ko’ra, 2019-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra, mamlakatimizda 339 mingta korxonalar va tashkilotlar ro’yxatdan o’tgan bo’lib, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha, 22,1 % savdo, 17,5 % sanoat, 6,2 % yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar, 9 % qurilish sohalariga to’g’ri kelgan. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining o’sib borayotgan salohiyatini ifodalaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy negizini katta va kichik turdagi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etadi. Keskin raqobat sharoitida korxonalarning samarali faoliyat yuritishi va raqobatbardoshligini saqlab qolish maqsadida korxonalar rahbarlari hamda xodimlari so’nggi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan xabardor bo’lishlari talab etilmoqda. Bunday kommunikatsiyalar qatoriga nisbatan yangi faoliyat bo’lgan internet marketing tushunchasini keltirish mumkin.

Internet marketing bu o’zida an’anaviy marketing elementlarini o’zida mujassamlagan holda internet orqali faoliyat olib borishni anglatadi. Korxonalar faoliyat nuqtai nazaridan internet marketing bu o’z bozori va raqobatbardosh korxonalar faoliyatini o’rganish, iste’molchilarni talabini to’liqroq o’rganish, mahsulot sotish hajmini kengaytirish va potinsial iste’molchilarni jalb qilish hisoblanadi.

Hozirda 4.2 milliardga yaqin odamlarning internetdan foydalanishini hisobga olsak, bu bizning biznesimiz rivojlanishi uchun katta imkoniyat demakdir. Korxonalarning marketologlari had doim o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini Scottish haqida o'ylashadi va potential iste'molchilarni izlashadi ularning aksariyat qismini internetdan topishlari mumkin bo'lib, dalil sifatida dunyo aholisining 22% i Facebook ijtimoiy tarmog'idan foydalanayotganini ta'kidlashimiz lozim.

Internet orqali o’z faoliyatini olib borishda korxonalar ijtimoiy tarmoqlar orqali o’z mahsuloti reklamasini joylashtirish, mahsulotini 24 soat davomida sotishga erishishi nazarda tutiladi. Iste’molchilar bilan ishlash, sotishga jalb qilingan xodimlar soning kamayishiga olib keladi bu esa savdo tashkilotlari va korxonalarda moliyaviy resurslarning tejalishiga yordam beradi. Hozirda internet orqali muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan firma va korxonalar qatoriga “Artel”, “Goodzone”, “Sony”, “Apple”, kabi ishlab chiqaruvchilar, “woocommerce”, “bigcommerce”, “shopify”, “olx”, “Alibaba”, “Ecwid”, “shopify” kabi tijorat tashkilotlarini kiritishimiz mumkin. Bu korxonalar faoliyat tizimidagi asosiy afzalliklari va yutuqlari sifatida rivojlanish strategiyalarida internet marketingdan foydalanganligi hisoblanadi. Korxonalar internet marketing orqali tovarlarini realizatsiya qilishda qator ustunliklarga egadir: tez o’zgaruvchan bozorni o’rganish, tovarlari assortimenti, narxlari va maxsulot va xizmatlari tavsifini berishi mumkin. Iste’molchilarning u yoki bu taklifga bo’lgan munosabatini tahlil qilishlari osonlashadi. An'anaviy reklamalar orqali axborot almashish bu bir tomonlama axborot almashish bo'lib, bunda asosiy vositalar bo'lib, tilevediniya, bosma nashrlar (gazetalar, reklama qog'ozlari, anketalar) hisoblanadi. Bu usulda biz ularning biz yo'llagan ma'lumotlarga duch kelishi yoki ishlab topishlarini kutishimiz zarur bo'ladi. Shuningdek, hozirda bir qancha biznesni rivojlantirivchi dasturlar va vositalar mavjud. Ammo bular orasida internet markering doimiy ravishda rivojlanishdaligi bilan ajralib turadi. Bu jarayon asosan tarmoqlarda reklama biznesining xususiyatlari bilan bog’liq. Internet reklamaning turlariga kelsak, SEO –bu kontekstli va bannerli reklama, SMM-ijtimoiy tarmoqlar orqali tovarlar harakatini yuzaga keltiruvchi reklama, email-marketing turlari mavjud.

Respublikamizda ham elektron tijoratga doir qonunlar qabul qilingan bo’lib, bular 2007-yilda qabul qilingan “Elektron tijoratni rivojlantirish” to’g’risidagi, shu yili qabul qilingan “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” to’g’risida qarorlar qabul qilingan. Bu qarorlar asosida biznes-iste’molchi (B2C); biznes hamkor bilan aloqalar o’rnatish (B2B), iste’molchilar o’rtasidagi savdo (C2C) kabi tizimlar mavjud.

Xulosa o’rnida shuni takidlash mumkinki, zamonaviy axborot –telekommunikatsiya texnologiyalari korxonalar va iste’molchilarga keng imkoniyatlarva istiqbolli loyihalarni yaratmoqda. Internet marketing bir vaqtning o’zida boshqaruvning samaradorligini, yaratilayotgan mahsulot va xizmatlarga e’tiborning kuchayishini, tovarning tarmoqdagi nufuzini oshishini, foydaning maksimal darajadagi oqimini, tovarlar harakari tezligi va sotilishini qamrab oladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston sharoitida korxonalar ishlash tizimida internet marketingning takomillashishga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Bunday muammolar qatoriga tarmoq tezligining bir muncha pastligi, axborot- kommunikatsiya vositalari imkoniyatlarini chuqur egallagan mutaxassislarning yetishmasligi, tarmoqda ma’lumotlar bazasida o’zbek tilidagi axborotlarning kamligi, xorijiy ma’lumotlardan foydalanishda chet tillarining o’zlashtirish darajalarining pastligi, viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sezilarli darajada yomonligi kabi muammolarni keltirishimiz mumkin.



Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e’tibor beriladigan yo’nalishlar sifatida telekommunikatsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish, buning natijasida esa bu xizmat sifatining oshishiga narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum internet-auditoriyalarning yaratilishiga erishish, axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko’rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo’lishini ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish, on-line banking tizimini butun respublika bo’ylab samarali joriy qilish zarurdir. Bu soha istiqboli O’zbekiston mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi minglab yangi ish o’rinlari yaratilishi , korxonalarning raqobatbardoshligining yuksalishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan manbaalar:

  1. Internet markering darslik. TDIU.Tosh. 2006y.

  2. Marketing asoslari. Darslik.Tosh.2005

  3. www.O’zbekistonmilliyaxborotagentligi. (11.10.2019)

  4. www.создание продающих сайтов. Marketing-Ru.com. (11.10.2019)

  5. http://.smallbusiness.chron.com. (11.10.2019)

Download 19.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling