Oddiy tizim. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo‘la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi;

Murakkab tizim. Bu yerda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
3. Korxona boshqaruvida xujjatlarni yuritish jarayonining ahamiyati
Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to’g’risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasi. Boshqacha qilib aytganda, hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko’rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qog’ozi yoki kimning kimligini, mashg’ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog’ozi (pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va hokozolar).
Hujjatlashtirish deganda, biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli - bu yozma axborot, ya’ni hujjat. Hujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Hujjatlarsiz boshqarishning birorta ham funktsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda hujjatli axborotni qayta ishlashda band bo’ladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |