Oddiy tizim. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo‘la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi; - Oddiy tizim. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo‘la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi;
- Murakkab tizim. Bu yerda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
3. Korxona boshqaruvida xujjatlarni yuritish jarayonining ahamiyati - Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to’g’risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasi. Boshqacha qilib aytganda, hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko’rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qog’ozi yoki kimning kimligini, mashg’ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog’ozi (pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va hokozolar).
- Hujjatlashtirish deganda, biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli - bu yozma axborot, ya’ni hujjat. Hujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Hujjatlarsiz boshqarishning birorta ham funktsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda hujjatli axborotni qayta ishlashda band bo’ladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi. - Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli - bu yozma axborot, ya’ni hujjat. Hujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Hujjatlarsiz boshqarishning birorta ham funktsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda hujjatli axborotni qayta ishlashda band bo’ladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |