Korxonani moliyaviy natijalarini ifadalovchi ko’rsatgichlar Reja: 1


Ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan rentabellik


Download 28.78 Kb.
bet7/8
Sana27.08.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1670473
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish

Ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan rentabellik;

R=sof foyda/ishlab chiqarish xarajatlari*100%
Ushbu ko‘rsatkich bir so‘mlik ishlab chiqarish xarajati hisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi.

  1. Asosiy vositalar rentabelligi. Asosiy vositalar rentabelligi har bir so‘mlik yoki ming so‘mlik asosiy vosita hisobiga to‘g‘ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.

R=sof foyda/asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati*100%

  1. Sotish bo‘yicha rentabellik. Sotish bo‘yicha rentabellik sotilgan mahsulotlarning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich sotishdan olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan tushumga bo‘lish asosida aniqlanadi, ya’ni:

R=sotishdan olingan foyda/sotishdan olingan tushum summasi*100%

  1. Aylanma aktivlar rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich aylanma aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi. Aylanma aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini aylanma aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.

R=sof foyda/aylanma aktivlar o‘rtacha yillik qiymati*100%

  1. Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik mulkka to‘g‘ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.

R=sof foyda/korxona mulki jam*100%

  1. O‘z mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘larning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Korxona sof foydasini uning o‘zlik mablag‘lari manbayiga bo‘lish asosida o‘zlik kapitalining foydalilik darajasi o‘rganiladi.

R=sof foyda/korxona o‘zlik mablag‘lari*100%


  1. Download 28.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling