Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati
Download 182.99 Kb.
|
Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’chmas mulk
Ishlab chiqarish quvvati – bu ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir.
Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar: uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari; uskunalarning ishlash vaqti fondi; ishchilar soni; ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formuladan hisoblab topiladi: Mo’r.yil = Mn + Mv· n1/ 12 + Ml · n2 / 12. Bu yerda: Mo’r.yil – korxonaning o’rtacha yillik quvvati; Mn– korxonaning yil boshidagi quvvati; Mv – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati; Ml – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat; n1 , n2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni. Ko’chmas mulk-yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus suv obyektlari, yer bilan bog’liq buzilmas narsalar. Ko’chirib bo’ladigan mulk- ko’chmas mulkka kirmaydigan barcha narsalar, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar. Uzoq muddatli aktivlar- korxona xo’jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida qatnashadigan aktivlar. Asosiy fondlar- moddiy (ashyoviy) boylik bo‘lib, o‘zining tabiiy ko‘rinishi, uzoq vaqt mobaynida o‘zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o‘tkazadi. Download 182.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling