- Bajardi:Xusanov Bobur
- Guruh:MEK72-5
- TOSHKENT DAVLAT IQTISIDIYOT UNIVERSITETI
KORXONANING ASOSIY VA AYLANMA FONDLARIDAN FOYDALANISH TAHLILI Reja: - 1.Asosiy fondlar va ularni korxona faoliyatidagi o’rni.
- 2.Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari
- 3.Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va takomillashtirish shakllari
ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI - Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish alohida o’rin tutadi. Korxonaning sanoat ishlab chiqarishdagi o’rni, uning moliyaviy holati, bozordagi raqobat bardoshligi ham yuqoridagilarga bog’liq bo’ladi.
- Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlarning har bir elementi roli, ularning jismoniy va ma’naviy o’zgarishlari, ulardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillar haqida aniq tassavurga ega bo’lgan holda asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi, ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish va mehnat unumdorligini ko’tarishni usul va yo’nalishlarni aniqlash mumkin.
- Asosiy fondlar – korxona ishlab chiqarish vositalarini bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat ishtirok etadi, o’z natural shaklini yo’qotmay, o’z qiymatini asta sekinlik bilan, qisman, foydalanish sari tayyor mahsulotga o’tkazib boradi. U kapital qo’yilmalar hisobidan to’ldirib boriladi.
NOISHLAB CHIQARISH ASOSIY FONDLARI - Noishlab chiqarish asosiy fondlari ham mavjud bo’lib unga– turar joylar, bolalar va sport tashkilotlari va boshqa aholiga xizmat ko’rsatadigan korxona balansida turadigan madaniy-maishiy ob’ektlar. Bular ishlab chiqarish fondlaridan farqli ularoq, ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydilar va o’z qiymatlarini mahsulotga o’tkazmaydilar. Ular qiymati iste’molda yo’qoladi. Ularni takror ishlab chiqarish milliy daromad hisobida uyushtiriladi.
- Asosiy fondlarni rejalash va hisoblash natural ko’rsatkichlari va puldagi ifodasida olib boriladi. Asosiy fondlarni natural shaklida baholashda mashinalar soni, ularning unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish maydoni kattaligi, va boshqa son miqdorlari ko’rsatiladi.
- Bu ma’lumotlar korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini tuzishda, jihoz ma’suldorligini oshirish rezervlarini rejalashtirishda, jihozlar balansini tuzishda ishlatiladi. Shu maqsadda jihozlarning inventarizastiyasi va pasportizastiyasi olib boriladi va uning ko’payishi hamda kamayishi hisob-kitobi yuritiladi.
- Asosiy fondlarning pulda ifodalangan yoki qiymatli baholash, asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish, eskirish darajasini aniqlash va amartizastion ajratma miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini aniqlash uchun kerak.
- Asosiy fondlarni baholashning bir necha shakllari mavjud, ular ishlab chiqarishda ishtirok etish muddati va asta-sekin, ishlab chiqarish jarayonida eskirishi, bu davrda takror ishlab chiqarish sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq bo’lib, boshlang’ich, tiklangan va qoldiq narxlarda bo’ladi.
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |