Korxonaning ichki va tashqi muhitini


Download 110.31 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi110.31 Kb.
#1537288
  1   2
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti (2)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



“Iqtisodiyot” yo’nalishi 4-bosqich I-54-2 guruh talabasi


Tleuov Isatay Abdigalievich tomonidan
“Korxona Iqtisodiyoti” fanidan
“KORXONANING ICHKI VA TASHQI MUHITINI” mavzusida tayyorlangan
KURS ISHI


O’qituvchi: ________________________


Toshkent – 2023

KORXONANING ICHKI VA TASHQI MUHITINI


REJA:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

1.Korxonalarda ishlab chiqarish salohiyatining mohiyati va tarkibi.
2.Korxonaning iqtisodiy salohiyatini tafsiflovchi ko’rsatkichlar.
3.Korxonaning iqtisodiy salohiyati va undan foydalanish samaradorligi.
4.Investitsiyalar korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish asosi.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish jarayoni eng muhim iqtisodiyotning qismlaridan biri hisoblanadi-ki, u jamiy-ki aholining ehtiyojini
qondiruvchi vositalarini vujudga keltirish tizimi hisoblanadi. Shuning uchun ham
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishiga baho berishda eng avvalo mamlakatdagi
ishlab chiqarish darajasiga e’tibor beriladi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish
dasturlarini ishlab chiqishda ham birinchi navbatda ishlab chiqarish hajmini
oshirish chora-tadbirlari ko‘rishdan boshlanadi. Mamlakatda ishlab chiqarish hajmini oshirish asosida birinchidan, aholi ehtiyojlari qodiriladi. Ikkinchidan, aholi orasida ishsizlik darajasi pasayadi. Uchinchidan, aholi daromadlari oshadi hamda buning natijasida aholi faravonligi oshadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning asosi sifati mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida bu sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning
tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ulushini ko‘paytirish;
 ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
 yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan
yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish;
 iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich
kamaytirish
 prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu
asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini
ta’minlash;
 ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom
ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining
o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish.
Yuqoridan ko‘rinib turibdi-ki, ishlab chiqarish hozirgi kunda mamlakatimiz
iqtisodiyotida juda muhim soha hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo‘ljallangan
eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ham joriy
yil uchun mamlakatimiz iqtisodiyotida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar
ko‘rsatilib o‘tilgan:

  • ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini

  • tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal

  • rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat

  • unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta'minlash;

  • “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;

  • valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar

  • siyosatni amalga oshirish;

  • iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga

  • qodir malakali kadrlarni tayyorlash.

Ishlab chiqarish nazariyasi o‘rganish juda muhim hisoblandi. Chunki ishlab
chiqarish xarajatlarinji minimallashtirish hamda ishlab chiqaruvchi muvozanatini
tashkil etish ishlab chiqarish nazariyasi asosida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda eng dolzarb masala sifatida ishlab chiqarish hajmini oshirish
yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda faol investitsion siyosat yuritilayotganligi
ya’ni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosi sifatida investitsiyalar
qaralmoqda. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad ham mamalakatda ishlab chiqarish
hajmini oshirish, milliy iqtisodiyotda tovarlar hajmi va turini ko‘paytirish
hisoblanadi. Investitsiyalardan samarali foydalanish asosida ishlab chiqarish
hajmini oshirish iqtisodiyot oldida turgan eng muhim vazifalardan bo‘lib
hisoblanadi.
O‘zbekistonda hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilishi hamda
dinamikasi tahlil qilgan holda uning rivjlantirish istiqbollarini belgilash hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish asosida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish muhimdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkin-ki, ishlab
chiqarish mamlakat iqtisodiyotining muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda
sanoat ishlab chiqarish tahlili hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash bugungi
kunda milliy iqtisodiyotimiz olidida yechilishi kerak bo‘lgan eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib ayta olamiz-ki, ishlab
chiqarish nazariyasi va ishlab chiqaruvchilarning muvozanatlik sharti eng dolzarb
mavzulardan biridir.
1.Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatning mohiyati, uning tarkibi va tuzilishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi respublikamizda ishlab chiqarish korxonlarini yuqori sur’atlarda rivojlantirishni ta’minlamoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ishlab chiqarish korxonalari xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda ishlab chiqarish salohiyatining roli oshib bormoqda. Korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy salohiyatdan qay darajada foydalanishiga chambarchas bog‘liq. Har kanday korxona o‘z faoliyatini tegishli resurslar bilan ta’minlab turishi uchun ma’lum darajada ishlab chiqarish salohiyatga ega bo‘lishi lozim. Korxonada ishlab chiqarish salohiyati bo‘lmasa, o‘zining moddiy texnika bazasini, aylanma mablag‘larini va mehnat jamoasini shakllantirish imkoniga ega bo’lmaydi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lishi lozimdir. Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati - mavjud resurslar va eng yaxshi texnologiyalardan samarali foydalanish asosida ishlab chiqarishning ichki omillarini tashqi muhitdagi innovatsion o'zgarishlarga moslashtirish orqali erishiladigan uning barqaror rivojlanishi imkoniyati. Korxona faoliyatining samaradorligi ko'p jihatdan iqtisodiy salohiyat tarkibini to'g'ri shakllantirish bilan bog'liq, shuning uchun iqtisodiy salohiyatga asoslangan korxonaning barqaror rivojlanishi masalasini o'rganish uning elementlarini aniqlashtirishdan boshlanishi kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, "salohiyat" atamasi iqtisodiy adabiyotlarda miqdoriy baho sifatida keng qo'llaniladi.   Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati bevosita iqtisodiy salohiyat bilan bog‘liqdir. M.Q.Pardaev, I.T.Abdukarimov va B.I.Isroilovlar korxonalarning iqtisodiy salohiyatiga uning tarkibiy elementlarini keltirish orqali quyidagicha ta’rif beradi: «Korxonaning iqtisodiy salohiyati deganda unda sodir buladigan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini (iqtisodiy jarayonni) to‘liq ta’minlashda bevosita ishtirok etadigan barcha moddiy va mehnat resurslari (boyliklari) xamda nomoddiy aktivlar majmui tushuniladi.Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati miqdor jixatdan asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar va xodimlar sonining majmuidan iborat, deb qaraydilar.Quyida ularning har birining mazmuni va tarkibiy to‘zilishiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Korxonaning moliyaviy salohiyati deganda uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, ya’ni unda sodir buladigan barcha iqtisodiy jarayonlarni to‘liq ta’minlaydigan turli manbalardan (o’z mablag‘lari va chetdan jalb kilingan mablag‘lar, ya’ni majburiyatlar) tarkib topgan mablag‘lar majmui tushiniladi.Korxona moliyaviy salohiyati ham o‘z navbatida ikki guruhga ajratiladi:
1.Uzoq muddatli aktivlar
2. Aylanma mablag‘lar.
Uzoq muddatli aktivlar deganda korxonada 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi. Uning tarkibiga quyidagi aktivlar kiradi:
Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzok muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko’rsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, kompyuter texnikasi, mebel va boshqalar kiradi.Meyoriy-hujjatlarga muvofiq moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqoridagi ta’rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi, qiymatini aniq belgilash mumkinligi kabi shartlarga ham javob berishi lozim.
Nomoddiy aktivlar — moddiy buyum mazmuniga ega bo’lmagan korxona tomonidan xo‘jalik faoliyatida boshqaruv uchun qo’llashda nazorat qilinadigan, shuningdek ko’p yillar (bir yildan ortik) ishlatiladigan mulk ob’ektlari.
Mulk ob’ektlarini nomoddiy aktiv sifatida tan olish uchun ular quyidagi mezonlarga javob berishlari lozim:
- aktiv tushunchasi talablarini qondirishi,ya’ni korxonaning iqtisodiy resursi bo’la olishligi,baholash mumkinligi, ahamiyatliligi, to’g’riligi, kelgusida iqtisodiy naf keltirishligi;
- mustaqil foydalanish mumkinligi, ya’ni ishlatish, sotish, almashtirish, bepul berish, hisobdan alohida chiqarish mumkinligi. Nomoddiy aktivlarning xarakterli xususiyati shundaki, ular asosan mulk ob’ektiga nisbatan egalik xuquqi sifatida namoyon buladi. Dunyo mamlakatlarida eng keng tarqalgan va nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etiladigan huquqlarga quyidagilar: litsenziya, patent, savdo markasi, tovar belgisi, gudvil, mualliflik xuquqi va boshqalar kiradi.
Moliyaviy investitsiyalar - bu korxonaning boshqa korxonalarga ularning quvvatini oshirish va buning evaziga kelgusida o‘zi xam moddiy naf ko’rish, qo‘shimcha daromad olish maqsadida kiritgan mablag‘lari majmuasi. Ularga sotib olingan qimmatli qogozlar, berilgan kredit va qarzlar, kiritilgan pay va badallar kiradi.
Kapital investitsiyalar- bu yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek yangi asosiy vositalarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar majmuasi. O’zbek tili lugatida bu so’zning «kapital qo’yilmalar» nomli sinonimi xam mavjud. Ularga tugallanmagan qurilishlarga, harakatdagi asosiy vositalarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga sarflangan, shuningdek yangi uzok muddatli aktivlarni sotib olishga kiritilgan mablag‘lar, sotib olingan, lekin o‘rnatilmagan jixozlar kiradi.
Uzoq, muddatli debitorlik qarzlar - korxona oldidagi xaridorlar, xodimlar va boshqalarning 1 yildan ortik muddatli qarzlari.Aylanma mablag‘lar xam korxona ishlab chiqarish salohiyatining tarkibiy qismi hisoblanib, ular aylanma fondlar va muomala fondlarining pul shaklidagi yig’indisini ifodalaydi.Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir katorda mehnat predmetlari (moddiy resurslar) zarur buladi. Mehnat predmetlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotini, uning iste’mol qiymatini yaratishda va qiymatning shakllanishida qatnashadi.Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning bir siklidagina qatnashadi va o‘zining natural shaklini o‘zgartiradi, qiymatini to‘liq yangidan yaratilgan mahsulotga o’tkazadi.Ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilganidan keyin ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mablag‘lar korxonaga qaytadi va doimo oborotda qatnashadi. Korxonaning mablag‘lari doiraviy aylanishning turli bosqichlarida: pul, ishlab chiqarish vositasi va tayyor mahsulot (tovar) shaklida buladi.Aylanma mablag‘lar takror ishlab chiqarishning uzluksiz bo‘lishligini ta’minlaydi. Ularning miqdori va tarkibi nafaqat ishlab chiqarishning ehtiyoji, shu bilan birgalikda muomala extiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Korxonaning aylanma mablag‘lari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • Ishlab chiqarish zaxiralari - xom-ashyo va materiallar, yoqilgi materiallari, extiyot qismlar, qurilish materiallari, xo‘jalik instrumentlari, boquvdagi va o’stirishdagi yosh mollar.

  • Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.

  • tayyor holga etmagan mahsulotlarlarga to’gri keladigan xarajatlar, yarim mahsulotlar.

  • Tayyor mahsulotlar - omborlarga qabul qilingan tayyor buyumlar.

  • Tovarlar - magazin va omborlarda saqlanayotgan iste’mol buyumlari.

  • Kelgusi davr xarajatlari - hisobot yilida kelgusi davrlar uchun qilingan xarajatlar, masalan obuna to’lovlari, ijara to’lovlari.

  • Kechiktirilgan xarajatlar - xisobot yilida kelgusi davrda hisobiga to’langan soliqlar va boshqa xarajatlar.

  • Pul mablag‘lari - kassadagi, yo’ldagi va banklardagi milliy 
    Download 110.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling