Korxonaning investitsion faoliyatini samaradorligini oshirish yo‘llari. Mundarija
Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati
Download 38.31 Kb.
|
Korxonaning investitsion faoliyatini samaradorligini oshirish yo‘llari.
Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qulay investitsion faoliyatni shakllantirish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. U kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sish sur‘atlari va ko’lamiga faol ta‘sir ko’rsatadi, aholi salmoqli qismining bandligini ta‘minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishi va rivojlanishi ko’p hollarda investitsiya faoliyatining darajasiga bog’liq bo’ladi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy kapitallarni yaratish hamda amalda faoliyat yurituvchilarini qo’llash uchun yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarining ancha qismi investitsiya sohasi orqali o’tishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlab o’tganidek: «Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlarimiz strategiyasining juda muhim shartidir. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi4». Ivestitsiya siyosati – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasiin ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo’naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o’zaro bog’liq tadbirlar majmuidir5. Investitsiya siyosati har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki shu siyosat orqali mamlakat ishlab chiqarish quvvatining yuqori darajada o’sishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va sifatining ortishi, moddiy va ma‘naviy ehtiyoj qondirilishi, butun davlat infratuzilmasining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Hozirgi zamon investitsiya siyosati iqtisodiy tuzilmani o’zgartirishni amalga oshiruvchi asosiy dastak bo’lib, qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish, tabiiy resurs va hududlarni o’zlashtirish, aholini ish bilan ta‘minlash, fan-texnikani rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabilarni hal etishga qaratilishi kerak. Investitsiya sohasi hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotining milliy va jahon darajasisiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Horijiy investitsiyalardan foydalanish mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va tadbirkorlikning erkin tarmoqlariga kapitalning oqib o’tishi tizimi bilan shartlashgan ob‘ektiv zarurat hisoblanadi6. Yana shuni alohida qayd etish muhimki, investitsiya siyosiy, iqtisodiy huquqiy kafolatlangan sharoitdagina samarali natija berishi mumkin. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda davlat investitsiya jarayonining bosh tashkilotchisi bo’lish va uning asosiy vazifasi bo’lgan ijtimoiy siyosat nuqtainazaridan bosh investor bo’lishi zarur. Download 38.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling