Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va ularning tahlili
Download 22.41 Kb.
|
Korxonaning moliyaviy barqarorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va ularning tahlili
Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlari (moliyaviy mustaqillik (avtonomiya), moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘larining nisbati, o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, o‘z aylanma mablag‘larining to‘planish koeffitsiyenti kabi) va ularning tahlili. Reja: Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va ularning tahlili Moliyaviy barqarorlikning o‘z mablag‘lari va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari Moliyaviy barqarorlikning koeffitsiyentlari tahlili Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili Shuni alohida qayd etish lozimki, moliyaviy barqarorlikni baholashda moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobida qandaydir yagona tizimga tayanilmaydi. Ularning turli manbalarda turlicha turlari va tarkibi keltiriladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari – kompaniya egalari va kreditorlar o‘rtasidagi tavakkalchilikning qanday taqsimlanganligini ko‘rsatadi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida – balansning aktivi va passivi tarkibini tavsiflovchi, aktivlar va passivlarning alohida obyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi. Moliyaviy holat va barqarorlikni koeffitsiyentlarda baholash korxonaning joriy va istiqboldagi moliyaviy ahvoliga baho berishda eng maqbul usul hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - moliyaviy barqarorlikning o‘z mablag‘lari va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari; - moliyaviy barqarorlikning uzoq muddatli va joriy aktivlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari. Moliyaviy barqarorlikning o‘z mablag‘lari va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari
Moliyaviy barqarorlikning uzoq muddatli va joriy aktivlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari
Korxonalar moliyaviy barqarorligiga baho berishda avtonomiya, moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, manyovrlik, xususiy kapitalning jamlanish koeffitsiyentlariga muhim ahamiyat qaratiladi. Xalqaro amaliyotda moliyaviy barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlari qatoriga: avtonomiya koeffitsiyenti; kapitallashuv koeffitsiyenti (sapitalization ratio); aktivlarni qoplash koeffitsiyenti (asset coverage ratio); investitsiyalarni qoplanish koeffitsiyenti; foizlarni qoplash koeffitsiyenti (Interest coverage ratio); moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti (Debt ratio); majburiyatlarning EBITDA ga nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Mazmun jihatdan ularning qiyosiy farqlanishi amaldagi tartiblardan farqlanmaydi. Shu bilan birga, bugungi kunda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlariga o‘tilishi yoki ularga transformatsiyalash amaliyotining joriy etilishi bilan aniqlanadigan moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining bir xil shakliga ham o‘tilmoqda. Moliyaviy barqarorlikning koeffitsiyentlari tahlili
Korxonada avtonomiya koeffitsiyenti davr boshiga nisbatan 0.169 ga tushgan, o‘z mablag‘lari manbasining majburiyatlarni nisbati koeffitsiyenti 0.705 ga kamaygan, moliyaviy qaramlik koeffitsiyent davr boshiga nisbatan 0.693 ga ortgan, jalb qilingan sarmoyaning to‘planish koeffitsiyenti 0.169 ga ortgan, xususiy kapitalning manyovrlik koeffitsiyenti 0.687 ga ortgan, moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti 0.834 ga kamaygan, uzoq muddatli majburiyatlarning jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‘i eng yuqori natijani tashkil etgan va uning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 0.012 ga teng bo‘lgan. Joriy aktivlarning o‘z mablag‘lari manbasi hisobiga moliyalashtirish koeffitsiyenti davr boshiga nisbatan 0.102 ga ortgan, joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati koeffitsiyenti 3.83 dan 6.3 ga ortgan va bu ijobiy baholanishi lozim. Joriy aktivlarning o‘z mablag‘lari manbasi bilan qoplanish koeffitsiyenti davr boshiga nisbatan keskin tushib ketgan. Uzoq muddatli aktivlarning o‘z va uzoq muddatli qarz mablag‘lari hisobiga manbalanishi davr boshida 1.226 ni tashkil qilgan, davr oxiriga kelib ushbu ko‘rsatkich 1.780 ga teng bo‘lgan. Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili Balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanishi va moliyaviy barqarorligini dinamik baholashga alohida ahamiyat qaratiladi. Dinamik baholash ko‘rsatkichlarni yillar kesimida davriy o‘rganishni xarakterlaydi. Korxonalarda investitsion loyihalarning samaradorligi va qoplanish davriyligini, korxonaning istiqboldagi rivojlanishida strategiyalarni belgilashda dinamik o‘zgarishlarni o‘rganish g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ifodalarini dinamik tahlili
Korxonaning oxirgi 4 yillik natijalari bo‘yicha zaxira va xarajatlarning o‘z mablag‘lari manbasi va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holatida bir xil holat kuzatilgan. O‘z aylanma mablag‘larini naqdligi va uni zaxira xarajatlarini moliyalashtirishdagi holatidan boshqa barcha shartlarda korxonaning moliyalashtirish manbalari ijobiyligiga erishilgan. Moliyaviy barqarorlikning nisbiy ifodalarini dinamik tahlili
Korxonada avtonomiya koeffitsiyentining yillar kesimida 2014-2016-yillarda o‘sishi, 2017-yilda pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik darajasida barcha yillar bo‘yicha o‘sish kuzatilgan. Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti majburiyatlarning aktivlarga nisbati darajasida ham o‘sish kuzatilgan. Bu albatta salbiy holat deb baholanishi ham mumkin. Ya’ni majburiyatlarning jami kapital tarkibidagi salmog‘i o‘tgan yillarga nisbatan keskin ortib ketmoqda. O‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat 2017-yilda eng yuqori natijani qayd etgan, quyi natija 2014-yilda kuzatilgan. Download 22.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling