Korxonaning narx siyosati. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari reja


Download 16.21 Kb.
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi16.21 Kb.
#1838610
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonaning narx siyosati. Narxning shakllanish strategiyasi va -fayllar.org


Korxonaning narx siyosati. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari reja

Korxonaning narx siyosati. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari


REJA:
  1. Korxonaning narx siyosati


  2. Tarmoqda narxning shakllanishi


  3. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari


  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan Adabiyotlar





  1. Korxonaning narx siyosati

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:





  1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.


  2. Iqtisodiy regulyatorlik funksiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishga yo‘naltiradi va aksincha.


  3. Raqobat vositasi funksiyasi. Ma’lumki raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat turlarining eng muhimlaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.


4. Hisob – kitob funksiyasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. SHu asosida u hisob-kitob funksiyasini bajaradi.
5.Sotsial himoya funksiyasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqi-chida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur ist’emolchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Qiymatni hisobga olish vazifasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.

Download 16.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling