Korxonaning narx siyosati. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari reja
Download 16.21 Kb.
|
Korxonaning narx siyosati. Narxning shakllanish strategiyasi va -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHartnoma narxlari.
Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilaganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
SHartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi. Hududiy (mintaqaviy) narxlar. Muayyan xududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi. Milliy narxlar. Alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi. Jahon narxlari. Muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalminal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi. Xulosa Erkin bozor iqtisodiyotida narx asosan talab va taklif asosida tashkil topadi. Agar erkin bozorda taklif ko‘p bo‘lsa tovarlarning narxi pasayadi va aksincha. Tovar kam bo‘lsa narx ko‘tariladi. Agar talab va taklif bir-biriga mos tushsa bozorda muvozanat narx tashkil topadi. Bu narxni biz bozor narxi deb ataymiz. Oldinroq ta’kidlab o‘tganimizdek, u tovarning narxi bozorda, talab va taklif, ishlab chiqarish xarajatlari va naflilik asosida tashkil topadi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ikkinchidan, tovarning sifatini yaxshilashga undaydi. Bu esa o‘z navbatida raqobatda yutib chiqishga imkon bersa, ikkinchi tomondan aholini sifatli tovarlar bilan ta’minlashga sharoit yaratib beradi. Bozorda narx ustidan hukmronlik qilish ko‘p jihatdan mahsulotining tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Differensiallashgan tovar ishlab chiqarayotgan monopolist narxni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu har xil tovarning o‘rnini to‘ldira olmaydigan mahsulotdir. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan almashtirmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, beva – bechoralar, ishsiz va nogiron kabilarni minimal darajada ta’minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlash-tirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri – ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar odatdagi narx bilan arzonlashtirilgan narx o‘rtasidagi farqni o‘z hisobidan qoplaydilar. Download 16.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling