Korxonaning narx siyosati


Qat’iy belgilangan narxlar


Download 104.96 Kb.
bet4/19
Sana19.06.2023
Hajmi104.96 Kb.
#1611386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
KORXONANING NARX SIYOSATI

Qat’iy belgilangan narxlar – davlat organlari qarorlari asosida belgilanadigan narxlar. Qat’iy narx – bu shartnoma tuzilayotganda qayd etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra).
Bozor narxioldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda qo‘llanuvchi baholar.
Maqsadga yo‘naltirilgan narx siyosati turli xil narxlarni belgilashni ko‘zda tutadi. Qabul qilingan belgilariga ko‘ra narxlar turlar bo‘yicha tasniflanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.
Tariflar - bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya, aloqa xizmati uchun tariflar, temir yo‘l tariflari. Davlat tariflari rejalashtirilgan narxlarning bir shaklidir. Temir yo‘lda, avtomobillarda va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport tashkilotlari o‘zaro hisob-kitob qilishda ham, transportdan foydalangan davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda ham shu tarifdan foydalanadilar.
Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni tartibga solishning boshqa vositalariga ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi:
Boshqariladigan narxlar bu – darajasi boshqaruvning mos keluvchi organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ularning orasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona o‘z mahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega bo‘lmagan narxlar), jalb etilgan narxlar (ma’lum darajadagi narxlar). Ba’zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi.
Xarid qilish - sotish bahosi – shartnomaga asoslangan yetkazib berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Jahon bahosi - tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Monopol baho - monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho.
Transfert bahosi - bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo xizmatiga yoki chet el savdo filialiga.

Download 104.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling