Korxonaning oldi-sotdi shartnomasi


Download 69.01 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi69.01 Kb.
#1146640
Bog'liq
Korxona oldi-sotdi shartnomasi




Korxonaning oldi-sotdi shartnomasi

Oʻzbekiston Respublikasi 1


1
1dagi 1 notarial idora notariusi 1
Biz – 1 manzilida joylashgan, 1 davlat xizmatlari markazi tomonidan 1 kuni 1-raqam bilan roʻyxatga olingan 1 korxonasi (STIR 1) nomidan Ustavga asosan harakat qiluvchi korxona rahbari, 1da yashovchi – 1ga (pasport 1, Sotuvchining pasport seriyasi va raqami tomonidan 06.11.2022da berilgan) bundan buyon matnda SOTUVCHI deb yuritiluvchi bir tarafdan va 1da yashovchi – 1ga (pasport 1, Sotib oluvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan 06.11.2022da berilgan) bundan buyon matnda SOTIB OLUVCHI deb yuritiluvchi ikkinchi tarafdan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. Men – SOTUVCHI oʻzimga tegishli 1manzilida joylashgan, 1 davlat xizmatlari markazi tomonidan 1 kuni 1-raqam bilan roʻyxatga olingan 1 korxonasini butun mulkiy majmua sifatida sotdim, men – SOTIB OLUVCHI yuqorida koʻrsatilgan korxonani butun mulkiy majmua sifatida sotib oldim.
2. Mazkur shartnoma boʻyicha korxonaning nomi, tovar va xizmat koʻrsatish belgilari hamda SOTUVCHI va uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki koʻrsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, korxonaning hisob raqamida turgan 1 soʻm mablagʻ, shuningdek, korxona balansida turgan 1lar SOTIB OLUVCHIga mulkka egalik qilish huquqi sifatida oʻtadi.
3. Yuqorida koʻrsatilgan korxona SOTUVCHIga 1 davlat xizmatlari markazi tomonidan 1 kuni 1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Ustavga asosan tegishli.
4. Korxona oʻzining mustaqil balansiga va bankdagi hisob raqamiga ega.
5. 1 xususiy auditorlik firmasi tomonidan 1 kuni berilgan xulosaga koʻra, sotilayotgan korxonaning umumiy narxi 1 soʻmni tashkil etadi.
6. Sotilayotgan korxona taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra, 1 soʻmga baholanib shu summaga sotildi. Ushbu pulni men – SOTUVCHI mazkur shartnoma imzolanguncha qadar SOTIB OLUVCHIDAN toʻliq oldim.
7. 1 korxonasining:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 492-moddasida nazarda tutilgan kreditorlari yoʻqligi – SOTUVCHIning 1 kungi 1-sonli maʼlumotnomasi bilan;
davlat byudjeti oldida va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi – 1 davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 1 kuni berilgan 1-sonli maʼlumotnoma bilan;
bankda ssuda va kreditlari boʻyicha qarzi yoʻqligi – Oʻzbekiston Respublikasi 1 banki 1 filialining 06.11.2022dagi 1-sonli maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi.
8. Mazkur shartnoma imzolangunga qadar sotilayotgan korxona boshqa shaxsga oʻtkazilmagan, garovga qoʻyilmagan, nizoda yoʻq va sotilishi taqiqlanmagan.
9. Mazkur shartnomani rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni SOTIB OLUVCHI toʻladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 489–495-moddalari biz taraflarga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli.
11. SOTUVCHI va SOTIB OLUVCHI oʻrtasida tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq SOTUVCHI sotilayotgan korxonani mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 1 kun ichida SOTIB OLUVCHIga topshirishni amalga oshiradi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 494-moddasiga asosan ushbu shartnoma belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab SOTIB OLUVCHIda mulk huquqi vujudga keladi.
13. Men – SOTUVCHI ushbu shartnomada koʻrsatilgan korxonaning qarzlari yuzasidan daʼvo qiluvchilar yoʻqligini hamda telefon aloqasi xizmati uchun, kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar (issiq va sovuq suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi), soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzimiz yoʻqligini tasdiqlayman.
14. Men – SOTUVCHI yuqorida koʻrsatilgan korxona boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash uchun notarial idoraga taqdim etgan barcha hujjatlarning haqqoniyligini kafolatlayman va bu yuzasidan javobgarlikni toʻliq oʻz zimmamga olaman.
15. Biz – taraflar shartnomaning matnini toʻliq oʻqib chiqdik, uning mazmuni, mohiyati, huquqiy oqibatlari bizga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli, uning mazmuni bizning asl xohish-istaklarimizga mos keladi.
16. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi 1 notarial idora notariusi 1 da saqlanadi, qolgan nusxalari taraflarga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun berildi.

IMZOLAR:


Sotuvchi:_________________________________________________________________


Sotib oluvchi:____________________________________________________________


Notariusning tasdiqlov yozuvi.
Download 69.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling