Rahbari: f f. n., dots. M. Xudayarova Qabul qiluvchi muassasadan stajirovka rahbari
Download 65.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqХИСОБОТ ВА ТАКРИЗ КДУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- rahbari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘ZBEK TILI VA O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRALARI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI, O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRALARI Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 5A111201 - o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistranti Shamuratova Malohatning ilmiy amaliyot (stajirovka) bo‘yicha hisoboti Mutaxassislik kafedradan stajirovka rahbari: f.f.n., dots. M.Xudayarova Qabul qiluvchi muassasadan stajirovka rahbari: f.f.n., dots. Sh.Abdullaev NUKUS – 2022 Stajirovka dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarning bajarilganligi haqidagi ma’lumot Men Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasida stajirovka amaliyotida bo‘ldim. Kafedrada 13ta o‘qituvchi bo‘lib, shulardan 7tasi dotsent-fan nomzodi, 4ta assistent va 2ta stajyor ustozlar. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri dot.f.f.n Sh.Abdullayev . Stajirovka jarayonida universitetda bo‘lib o‘tgan majlis va bayram tadbirlarida va ilmiy konfrentsiyalarda ishtirok etdim. Jumladan: 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram kechasida, 22-fevral kuni universitet madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy va O‘rta Maxsus Xalq Ta’limi vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda ishtirok etdim hamda ko‘plab ta’lim yangiliklariga va ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Stajirovka amaliyoti paytida ham o‘z magistrlik dissertatsiyam bo’lmish “O’g’uz lahjasidagi frazeologizmlarning kelsik-semantik xususiyatlari “ mavzusi bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdim.Xususan, ilmiy dissertatsiyamning kirish qismlarini hamda barcha boblarini birin-ketin yozib, ilmiy rahbarim M.Xudayarovaga ko‘rsatib undan tavsiyalar oldim hamda ilmiy ishim bo‘yicha universitet tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchilaridan ham ilmiy tavsiyalar oldim. Ularning ilmiy ishlari bilan ham tanishib chiqishga harakat qildim. Stajirovka amaliyoti davomida ko‘plab, professor, fan nomzodlari va stajior o‘qituvchilar darslarini kuzatdim. Shulardan: Sh.Abdullayev,H.Abdullayev, Z.Ibragimova, N.Qilichov kabi malakali ustozlar va M.Allambergenova, L.Tajibayeva, O.Yo‘ldoshev kabi o‘qituvchilar darslarini kuzatib bordim. So‘ngra shulardan foydalangan holda Amaliy va ma’ruza darslarini tashkil qildim. Jumladan, “O‘zbek dialektalogiyasi” fanidan ma’ruza darsiga tayyorlandim va tayyorlagan maruzam va mavzuga doir taqdimotim bo‘yicha Ibragimova Zamira ustozdan tavsiyalar oldim. Shuningdek, “Til tarixi “ fanidan M.Allambergenovadan va “Davlat tili” fanidan N.Yangiboyeva kabi malakali o‘qituvchilardan ko‘rsatma va tavsiyalar olib amaliy mashg‘ulot darslarini tashkil etdim. Buning uchun o‘z ustimda ishlab, mavzu bo‘yicha savollar va tarqatma materiallar tayyorladim. Darslarni fan o‘qituvchisining nazorati ostida tashkil qildim. Tashkil qilingan darslar uchun fan o’qituvchilaridan ijobiy taqriz oldim. Kafedra o‘qituvchilaridan yordam olib mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etishni va ishchi dasturlar tayyorlashni o‘rgandim. Xususan O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri hamda bizga mas’ul qilib tayinlangan ustoz Sh.Abdullayev ishchi dastur qanday tayyorlanishini va talabalarning reyting baholash mezonlarini qanday bo‘lishini tushuntirib berdi. Amaliyot jarayonida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi L.Tajiboyeva yordamida fakultetning iqtidorli talabalari va ularning faoliyati bilan ham tanishib chiqdim. Ular haqida ma’lumotlar to‘plab, yozgan she’r va maqolalarini ko‘rib chiqdim. Men stajirovka amaliyoti davomida o‘zimga keraklicha malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ldim. Universitet ustozlaridan ham ko‘plab ish yuritish va dars o‘tish usullarini o‘rgandim. Bunda amaliyotchilarga O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Sh.Abdullayev, fan o‘qituvchilari M.Bobojonov, M.Allambergenovalar yaqindan yordam berishdi. Shamuratova Malohatning Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidagi stajirovka rahbari M.Xudayarova f.f.n. dots. Hozirgi kunda Turkiy tillar fakultetining O‘zbek tili kafedasi o‘qituvchisi va qabul qiluvchi tashkilot Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidan stajirovka rahbari Sh.Abdullayev f.f.n.dots. hozirgi kunda universitet O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling