Rahbari: f f. n., dots. M. Xudayarova Qabul qiluvchi muassasadan stajirovka rahbari


Stajirovka o‘tovchi: Shamuratova Malohat


Download 65.5 Kb.
bet2/2
Sana22.04.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1377774
1   2
Bog'liq
ХИСОБОТ ВА ТАКРИЗ КДУ

Stajirovka o‘tovchi: Shamuratova Malohat
Qabul qiluvchi muassasadan
stajirovka rahbari: Sh.Abdullayev
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi 5A111201- o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligining 2-kurs magistranti Shamuratova Malohatning 23-fevral sanasida o‘tgan darsiga

Taqriz
Magistrant Shamuratova Malohat pedagogik amaliyot vaqtida “O‘zbek dialektalogiyasi“ fanidan dars o’tdi.


Shamuratova Malohat dastlab, o‘qituvchining ish dasturi bilan tanishib chiqdi va o‘zi mustaqil holda ma’ruza matnini tayyorladi. Kafedraning malakali ustozlari ma’ruza darslarini kuzatdi. O‘z ustida tinimsiz ishladi.Xato kamchiliklari bo‘lgan hollarda fikrlarimni so‘rab, kamchiliklarini bartaraf etdi. Darsga bo‘lgan hurmat va ishtiyoq bilan amaliyot o‘tishga kirishdi. U darsning tashkiliy qismini boshlaboq, talabalarni o‘ziga jalb qila oldi. Dars davomida talabalarni fanga qiziqtirishga harakat qildi. Dars ma’ruza shaklida bo‘lganligi uchun, amaliyotchi talabalarga ko‘proq “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda darsni davom ettirdi. Dars jarayonida mavzuga doir taqdimotdan ham foydalanib mavzuni tushuntirib berdi. Talabalar shevalaridagi fe’llarni ham so‘rab misollar ayttirdi. Ma’ruza dars yaxshi tashkil qilindi. Shuningdek amaliyotchi pedagogik-amaliyot kunlarida kafedra o‘qituvchilaridan ilmiy adabiyotlarni qanday yozish bo‘yicha ham maslahatlar oldi.
Amaliyot davomida magistrantning faoliyatini hisobga olib, bahoga loyiq deb hisoblayman.
Taqriz beruvchi: Z.Ibragimova
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi 5A111201- o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligining 2-kurs magistranti Shamuratova Malohatning 1-mart sanasida o‘tgan darsiga

Taqriz
Magistrant Shamuratova Malohat pedagogik amaliyot vaqtida “Til tarixi“ fanidan dars o‘tdi.


Shamuratova Malohat dastlab, o‘qituvchining ish dasturi bilan tanishib chiqdi va o‘zi mustaqil holda amaliy darsga tayyorlandi. Kafedraning o‘qituvchilarining amaliy va seminar darslarini kuzatdi. O‘z ustida tinimsiz ishladi. Xato kamchiliklari bo‘lgan hollarda fikrlarimni so‘rab, kamchiliklarini bartaraf etdi. Darsga bo‘lgan hurmat va talabchanlik bilan amaliyot o‘tishga kirishdi. U darsning tashkiliy qismini boshlaboq, talabalarni o‘ziga jalb qila oldi. Dars davomida talabalarni fanga qiziqtirishga harakat qildi. Amaliyotchi dastlab, talabalarga “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda darsni boshladi. Mavzu fe’llarning yasalishi bo‘lgani uchun dastlab o‘zbek tilida fe’l qanday yasalishini talabalardan so‘radi. So‘ngra talabalarga qadimgi turkiy tildagi fe’l yasovchi qo‘shimchalardan berib, fe’llar yasatdi. Shuningdek, eski matnlardan foydalanib, ular ichidagi yasama fe’llarni talabalar topib o‘qib berishdi. Talabalar dars davomida baholanib bordilar. Dars jarayonida mavzuga doir taqdimot va tarqatma materiallardan foydalandi. Amaliy mashg‘ulot darsi juda yaxshi tashkil qilindi. Shuningdek amaliyotchi pedagogik-amaliyot kunlarida kafedra o‘qituvchilaridan dars tashkil qilish usullari va baholash mezonlari bo‘yicha ham maslahatlar oldi.
Amaliyot davomida magistrantning faoliyatini hisobga olib, bahoga loyiq deb hisoblayman.
Taqriz beruvchi: M.Allambergenova
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi 5A111201- o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligining 2-kurs magistranti Shamuratova Malohatning 2-mart sanasida o‘tgan darsiga

Taqriz
Magistrant Shamuratova Malohat pedagogik amaliyot vaqtida “Davlat tili“ fanidan dars o‘tdi.


Shamuratova Malohat dastlab, o‘qituvchining ish dasturi bilan tanishib chiqdi va o‘zi mustaqil holda ma’ruza matnini tayyorladi. Kafedraning malakali o‘qituvchilarining amaliy va seminar darslarini kuzatdi. O‘z ustida tinimsiz ishladi. Darsga bo‘lgan hurmat va talabchanlik bilan amaliyot o‘tishga kirishdi. U darsning tashkiliy qismini boshlaboq, talabalarni o‘ziga jalb qila oldi. Dars mavzusi Til va nutq. O‘zbek tilining taraqqiyoti bo‘lganligi uchun dars o‘qituvchi uchun deyarli qiyinchilik tug‘dirmadi. Dars davomida talabalarning fanga qiziqtirishga harakat qildi. Amaliyotchi darsni “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda boshladi. Dars jarayonida mavzuga doir taqdimot va tarqatma materiallardan ham foydalanib mavzuni tushuntirib berdi. Talabalar bilan bir necha metodik o‘yinlar tashkil qilindi. Deyarli barcha talabalar darsda faol ishtirok etdi. Ushbu amaliy dars yaxshi tashkil qilindi va samarali o‘tdi.
Amaliyot davomida magistrantning faoliyatini hisobga olib, bahoga loyiq deb hisoblayman.
Taqriz beruvchi: N.Yangiboyeva






Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling