Korxonaning segmentar hisoboti


Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari


Download 378.5 Kb.
bet2/8
Sana21.10.2023
Hajmi378.5 Kb.
#1714912
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI

1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari
Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi.
Biznes segmenti - bu korxonaning ma’lum qismini yoki nisbatan mustaqil bo’linmasini muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratishdir.
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo’yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga ko’ra, segmentlarning ikkita: xo’jalik va geografik turlari ajratib ko’rsatiladi.
Geografik segment - bu muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirida, ma’lum makonda harakat qiluvchi ajratib qo’yilgan komponentdir.Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni ya’ni ko’pchilik omillarning mos tushishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin (1-jadval).
1-jadval
Xo’jalik va geografik segmentlarning belgilari bo’yicha qiyosiy tavsifi

Segment hosil qilish uchun mezon

Segmentlar

Xo’jalik

Geografik

Xo’jalik yoki geogra­fik segmentlarni hisobot cyegmenti si­fatida aj­ratishni taqozo etadi­gan omil­lar:

  • sotishlarning 50% dan ortig’i tash-qarida sodir bo’lgan holda;

  • jami segmentlarni sotishdan olingan tu­shumlari, segment fao­liyati natijalari ak­tivlarning 10%idan ortiq yoki unga teng bo’lgan umumiy summa­siga ega bo’lganda;

  • korxona jami tu­shum­larini 75%idan kam bo’lmagan ulushi hisobot segmentlarini tashqi faoliyatining birgalik­dagi jami tushumiga to’g’ri kel­ganda hisobotlar mu­vofiqlashtiri-ladi.

Agarda quyidagi belgi­lar bo’yicha o’xshashlik­lar mavjud bo’lsa, mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqaruvchi xo’jalik bo’linma­lari o’zaro bog’liq bo’ladi:

  • ularning tavsifla-nishida;

  • ishlab chiqarish ja-rayonlari tavsifida;

  • mijozlar turi va tavsifida;

  • segmentning asosiy faoliyati natijasida paydo bo’lgan xarajatlar va daromadlarni taqsimlash usullarida;

  • muayyan faoliyat turlari uchun tartibga soluvchi muhit talablarida (masalan, soliqlar, banklar va sug’urtada).




Bir nechta mamlakatlardagi guruh, alohida mamlakat, mamlakat ichidagi mintaqada joylashgan segmentlar quyidagi belgilarga ko’ra geografik segment hisoblanadi:

  • o’xshash iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar;

  • amalga oshiriladigan muomalalarning o’xshashligi;

  • mazkur geografik hududdagi muomalalar bilan bog’liq favqulodda risklar kutilayotganda;

  • valyuta nazoratining alohida qoidalari amal qilganda;

  • valyuta muomalalaridan kutilayotgan risklar mavjud bo’lganda.

2016 yil 13-aprelda tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida (Yangi tahrirda)”gi qonunning 11-moddasida ta’kidlangandek6 “Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari:

  • hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;

  • ichki nazorat tartibini;

  • buxgalteriya hisobi to’liq va ishonchli yuritilishini;

  • hisob hujjatlarining but saqlanishini;

  • moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;

  • soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;

  • hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shart”2.

Tashqi iste’molchilar uchun segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan ro’yxatga olingan “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida quyidagilar ta’kidlanadi: “foydalanuvchi uchun hisob siyosatini yoritishning o’ziga xos ustuvorligi ko’rilganda rahbarlar xo’jalik yurituvchi subyektning tavakkalchiligiga va pul oqimining kelajagini baholash imkoniyatini berishini hisobga olishlari kerak.
Hisob siyosatining yoritilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi, ammo ushbu axborot bilan chegaralanmaydi:
Faoliyat turlarini, geografik segmentlar va chiqimlarni segmentlar o’rtasida taqsimlash usullarini aniqlash.
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida ko’rsatilgan me’yoriy hujjatlarda segmentlar bo’yicha hisob va hisobot muammosi o’zining to’liq yechimini topmagan.
Tashqi iste’molchilar uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisob ma’lumotlari manbasida ishlab chiqiladigan moliyaviy hisobotdan farq qilgan holda segmentar hisobot ichki iste’molchilar uchun mo’ljallanadi va maxfiy hisoblanadi. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 28-moddasiga ko’ra: “Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga  buxgalteriya hisobi subyekti rahbarining ruxsatiga ko’ra yoki qonun  hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi.
Mamlakatimiz hisob amaliyotida segmentar hisobot tuzishning ba’zi tamoyillarini ko’rib chiqamiz:

  • segmentar hisobot aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot sotish hajmini hisobga olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim;

  • ichki hisobot tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega bo’lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda tutishi kerak;

  • segmentar hisobot ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo’lishi, izchil va tugallangan bo’lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo’naltirilishi lozim;

  • segmentar hisobotning shakllari va registrlarini tez-tez o’zgartirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi;

  • boshqaruvchiga minimal hajmdagi hamda murakkab hisob-kitoblarsiz, tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim;

  • hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, ularning salohiyatlarini korxona investisiya loyihalari va biznes rejasini amalga oshirishga yo’naltirishi lozim.


Download 378.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling