Korxonaning tashkil topish va rivojlanish tarixini oʼrganish, unga ijtimoiy-iqtisodiy tavsif berish


Download 67.14 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi67.14 Kb.
#1526524
  1   2
Bog'liq
Amalyot hisoboti Moliya


MUNDARIJA:


Kirish
1. Korxonaning tashkil topish va rivojlanish tarixini oʼrganish, unga ijtimoiy-iqtisodiy tavsif berish .
2. Korxonada boshqaruvning tashkiliy strukturasini oʼrganish
3. Korxonaning boʼlinmalari va ularda bajariladigan funktsiyalarni oʼrganish
4. Korxona faoliyatining samaradorligini baholaydigan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy koʼrsatkichlarni tahlil qilish
5. Korxonada xodimlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish jarayonini o’rganish.
6. Korxonaning rivojlantirish strategiyasini oʼrganish.
7. Korxonada marketing xizmatini tashkil etish va boshqarish amaliyotini oʼrganish.
8. Korxona rivojlantrish strategiyasini mahalliy sharoitga moslashtirishda innovatsion gʼoya va texnologiyalardan foydalanish.
9. Korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishga toʼsqinlik qiladigan sabablarni koʼrsatish.
K I R I S H
Men, 2023-yil 3-apreldan 8-maygacha malakaviy amaliyotini Farg'ona viloyati Farg`ona shahar Bag’dod tumani hokimiyati iqtisodiyot va moliya bo’limida o’tadim. Menga tashkilotda Shokiraliyev Abdumutal malakaviy amaliyot rahbari etib tayinlandi va birgalikda bir oy davomida turli xil zarur va kerakli bilim va ko’nikmalar oldim.
Malakaviy amaliyoti davomida mutaxassislikligimga tegishli bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish , nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash harakat qildim.
Amalyot davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:
- nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va bilimlarni chuqurlashtirdim;
- sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;
- amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim;
- amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bog'liqlikda xulosalar yozdim;
- amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim.Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida moliya bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim.
Amaliyot davomida universitet tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman. Amaliyot o’tash jarayonida turli xil tadbirlarda ishtirok etdim , shuningdek , bir qator byudjet tashkilotlarid taftish ishlarida bevosita ishtirokchi va nazoratchi sifatida ish olib bordim.

1.Korxonaning tashkil topish va rivojlanish tarixini oʼrganish, unga ijtimoiy-iqtisodiy tavsif berish




Men bu mavzu bo'yicha tuman hokimiyati qoshidagi moliya bo'limining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi vazifalari va funktsiyalarini o'rgandim. Shuningdek, moliya bo'limining tarkibiy tuzilmasi bilan tanishib, barcha bo'limlarning ish faoliyatini o'rgandim. Moliya bo'limi tuman byudjetining loyihasi tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo'lgan moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash, shuningdek tuman byudjeti bo'yicha moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hudida ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag'larining safarbar qilinishi ta'minlaydi. Moliya bo'limi O'zbekiston Respublikasining funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o'ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta'minlaydi.
Moliya bo'limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Moliya bo'limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag'larni ishlatishni ta'minlaydi.
2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va madaniy o'stirish bo'yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag' bilan ta'minlashga moliyaviy mablag' yo'llaydi.
3.Shahar byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag'larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
4. Shahar hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.
5. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag' bilan ta'minlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.
Moliya bo'limi o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ko'rsatmalariga binoan xo'jaliklarning moliyaviy – byudjet rejasi hamda moliyaviy mablag' bilan ta'minlashini metodik ravishda bajaradi: moddiy va pul mablag'larining safarbar qilinishini aniqlash, iqtisod rejasini ta'minlash maqsadida tuman maxalliy xo'jaliklari sohalarining iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o'rganadi. Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo'yicha kelasi yil tuman byudjeti loyixasining tuzish ishlarini tashkil qiladi,tuman byudjetining daromad va xarajatlari to'g'risida takliflar kiritadi, o'zi moliyaviy mablag' bilan ta'minlaydigan tuman Hokimligi bo'lim va boshqarmalarning maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot va tuman byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag'larning jamlangan smeta loyixasini hamda tuman Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo'lim va boshqarmalarining mablag' bilan ta'minlovchi xarajatlar smetasini ko'rib chiqadi.
Moliya bo'limi tuman byudjetining ijrosini tashkil qiladi, byudjetining daromad va xarajat qismlarini bo'linmalarga bo'ladi. Shahar Hokimi Mahkamasining boshqarma va bo'limlari smeta xarajatlari ijrosi bo'yicha hisobotlarni ko'rib chiqadi, tuman byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot tuzadi hamda viloyat Moliya boshqarmasiga taqdim etadi.
Shahar Hokimi Mahkamasi bo'limlari va boshqarmalarining hisob-kitob hisobotlari hamda mezonlarini ko'rib chiqadi, shuningdek byudjet hisobidan moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlanadigan tuman tasarrufidagi ayrim tashkilotlar va korxonalarning hisob-kitob xisobotlari va mezonlarini ko'rib chiqadi hamda byudjetdan ajratilgan moliyaviy mablag'lar bo'yicha moliyaviy majburiyatlar bajarilishini tekshiradi, tuman Hokimi Mahkamasi bo'limlari moliyaviy xo'jalik faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartiraf etish talablarini qo'yadi, zarur hollarda tuman Hokimi boshqarma va bo'limlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatlari yuzasidan tuman Hokimiga axborot beradi, noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo'yicha tadbirlar o'tkazadi, mablag'larni samarali sarflanishi yuzasidan takliflar kiritadi.

-muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda moliyaviy mablag‘larining iqtisodiy xarajatlari to‘g‘riligini tahlil qiladi.
-tuman hokimligi boshqarma va bo‘limlari, markazlashtirilgan muxosabalari ishida hisob-kitob va hisobotlar ahvolini tahlil qiladi.
-o‘zining vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari, taklif va xatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi, fuqarolar xabar bergan kamchiliklarini yo‘qotish uchun tadbirlar ishlab chiqadi.
-tuman hokimi mahkamasining bo‘lim va boshqarmalari, muassasalar, korxona va tashkilotlarning ma’sul xodimlari bilan moliyaviy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkazadi.
-aholining ijtimoiy muhofazasini hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ manbaalarni aniqlaydi va ta’minlaydi.
-davlat boshqaruv idoralarining tashkiliy tartibini yaxshilashga hamda ular uchun mo‘ljallangan xarajatlari kamaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi.
Moliya bo‘limi quyidagi huquqlargi ega:
-korxona va tashkilotlar, muassalaridan tuman byudjetini tuzish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy reja, smeta hamda boshqa materiallar, muxosoba hisobotlari shuningdek muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda davlat oldida moliyaviy majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish, mablag‘ bilan ta’minlash, tuman byudjetini rejalashtirish uchun boshqa materiallar va hisobot ma’lumotlari oladi.
-tuman byudjeti hisobidagi muassasalarining moliyaviy faoliyatlarini, shuningdek tahlil qilingan korxona va tashkilotlar rahbarlariga moliyaviy intizomda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish to‘g‘risida ijro uchun majburiy ko‘rsatmalar beradi.
-mablag‘lar ortig‘i bilan ishlatilgan hollarda va tashkilotlarni byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashini cheklaydi, zarur hollarda to‘xtatadi, shuningdek ular ilgari ajratilgan mablag‘lar xarajati to‘g‘risida hisobot topshirganda hamda boshqa belgilangan hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlangan holda tegishli vazirliklar rahbarlariga bu haqida ma’lumaot berib o‘z dalolati miqiyosida, amaldagi qonunchilikka suyanib boshqa chora va tadbir qo‘llaydi.
Moliya bo‘limi tarkibi, soni, xodimlar ish haqi jamg‘armasi miqdori shahar Moliya Bosh Boshqramasi tomonidan tasdiqlanadi.

2.Moliya bo’limining faoliyati tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash.


O’zbekiston Respublikasi 14 ta ma’muriy hududdan iborat bo’lib (Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri), ularning har biri iqtisodiyoti o’ziga xos tabiiy - iqlim sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyoti darajasi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi.
Moliya bo’limi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar va moliya tizimini rivojlanishiga xizmat qiluvchi ichki yo’riqnomalar mavjud ekan.
Nizomda moliya bo’limiga tegishli umumiy qoidalar 1-bo’limda ko’rsatilgan. Unda har bir tumani Hokimi maxkamasining moliya bo’limi O’zbekiston Reaspublikasi qonunchiligiga muvofiq o’z faoliyatida aynan o’z tuman hokimiga hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga bo’ysunadi.Tuman Hokimi maxkamasining Moliya bo’limi tuman byudjetining loyihasini tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash, shuningdek tuman byudjeti bo’yicha moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hududida umumdavlat extiyojlari uchun moliyaviymablag’larning sarf qilinishini ta’minlaydi.

Download 67.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling