Korxonaning tashkil topish va rivojlanish tarixini oʼrganish, unga ijtimoiy-iqtisodiy tavsif berish


Download 67.14 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi67.14 Kb.
#1526524
1   2
Bog'liq
Amalyot hisoboti Moliya

Quyidagilar asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100–moddasida mahalliy hokimiyat organlari vazifalariga quyidagilar kiritilgan:

  • Qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

  • Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

  • Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;

  • Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

2. O’zbekiston Respublikasining byudjet kodeksi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo’nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida” O’RQ-360-son qonuni qabul qilindi, hamda mazkur qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risidagi” va “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi” qonunlari o’z kuchini yo’qotgan deb topilgan bo’lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi”, “Xorijdan mablag’jalb qilish to’g’risidagi” va “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” qonunhujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Qolaversa, Byudjet kodeksi barcha manfaatdor taraflarni byudjet tizimi va byudjet jarayoni to’g’risidagi keng qamrovli hamda ishonchli axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu axborot davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish bilan shug’ullanayotgan hukumat uchungina emas, balki Oliy Majlis, mahalliy hokimiyat organlari, byudjet tashkilotlari va barcha fuqarolar uchun ham muhimdir. Chunonchi, mantaqalarda Byudjet kodeksi resurslarini qayta taqsimlash va ularning daromad salohiyatini mustahkamlashning barqaror hamda samarali mexanizmini ta’minlashga qaratilgan. Byudjet tashkilotlari uchun bu-byudjetlarini tuzish va ijro etish ularoldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishning aniq va ravshan qoidalaridir.Fuqarolar uchun esa Byudjet kodeksining qabul qilinishi shu bois ham muhimki, bugungi kunda Davlat byutjetining qariyb 60%i ijtimoiy sohaga yo’naltirilyapti. Bular ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoyaga doir xarajatlaridir. Agar qonunchilik davlat byudjetining ijrosi va uning ijrosini nazorat qilishshning aniq taomillarini ta’minlasa, sog’liqni saqlash va ta’lim kabi xizmatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, aholining nochor guruhlarini qo’llab-quvvatlash va davlatning boshqa ijtimoiy majburiyatlarini samarali bajarish mumkin. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tarkibiy tuzilishi ko’rsatilganidek, 2 qism, 9 ta bo’lim, 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat.
Ozbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining tarkibiy qismlarini ko’rinishida ifodalashni maqsadga muvofiq deb bildim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mazkur kodeks taraqqiy etgan mamlaatlarning bu boradagi ilg’or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining asosiy 2 ta –“Byudjet tizimi to’g’risidagi” va “ davlat byudjeti g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonunlarning deyarli barcha me’yorlarini hamda byudjet jarayoning alohida masalalarini tartibga soluvchi 6 ta qonun, Prezidentimizning farmon va qarorlari aniq tushunchalar va ta’riflar berilgan. Shuningdek, byudjet jarayonigi yangi usullar va dastaklarni joriy etish, hamda xalqaro standartlar va me’yorlarni moslashtirish uchun asos yaratilgan.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi "Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida"gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilanadigan qarorlarda mamlakatizmiz byudjetining daroamdlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va xarajatlar yo’nalishi va miqdori tasdiqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-№2699-sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangan.
4. Idoraviy va idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjatlar. Bularga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyruqlari va turli xil yo’riqnomalari kiradi.
Mahalliy byudjetlar, Budjet Kodeksiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan.
Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasi bo’lib, ikki pog’onali byudjet tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi.
Hududlarning moliyaviy imkoniyati ularning resurs potentsialining xususiyatlariga, tabiiy shart-sharoitlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo’jalik tuzilishi va ixtisoslashuviga, hududlararo aloqalarning balansliligiga bog’liq bo’ladi. Biroq, bularga qaramasdan hududlar moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatishda teng mustaqillikka ega bo’lishlari kerak.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining yordamida mamlakatda tuziladigan va davlat moliyaviy balansida aks ettiriladigan moliyaviy resurslarni markazlashtirish darajasi aniqlanadi. Jamlangan byudjet tarkibidagi mahalliy byudjet ko‘rsatkichlari hisobisiz mamlakat bo‘yicha moliyaviy rejalashtirishni umumlashtirish mumkin emas (1-rasm).



1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlarining tuzilishi
3. Farg`ona shahar moliya bo'limining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish.
Moliya bo‘limi shahar byudjetining loyihasi tuzadi, shahar byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo‘lgan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash, shuningdek tuman byudjeti bo‘yicha moliyaviy mablag`lar bilan ta’minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hudida ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag’‘larining safarbar qilinishi ta’minlaydi.
Moliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o‘ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta’minlaydi.
Moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardaniborat:
1. Moliya bo‘limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag’larni ishlatishni ta’minlaydi.
2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va ma’naviy o‘stirish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag’‘ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag’ yo‘llaydi.
3.Tuman byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag’‘larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
4. Tuman hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.
5. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag’‘ bilan ta’minlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.
Moliya bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo‘yicha kelasi yil tuman byudjeti loyihasining tuzish ishlarini tashkil qiladi,tuman byudjetining daromad va xarajatlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, o‘zi moliyaviy mablag’‘ bilan ta’minlaydigan tuman Hokimligi bo‘lim va boshqarmalarning maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va tuman byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag’larning jamlangan smeta loyihasini hamda tuman Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo‘lim va boshqarmalarining mablag’‘ bilan ta’minlovchi xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi.
-Muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda moliyaviy mablag’‘larining iqtisodiy xarajatlari to‘g‘riligini tahlil qiladi.
- Tuman Hokimligi boshqarma va bo‘limlari, markazlashtirilgan muxosabalari ishida hisob-kitob va hisobotlar ahvolini tahlil qiladi.
- O‘zining vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari, taklif va xatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi, fuqarolar xabar bergan kamchiliklarini yo‘qotish uchun tadbirlar ishlab chiqadi.
- Tuman Hokimi Mahkamasining bo‘lim va boshqarmalari, muassasalar, korxona va tashkilotlarning ma’sul xodimlari bilan moliyaviy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkazadi.

X UL O S A


Men ushbu amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi qoshidagi Farg’ona Shahar Moliya bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosidavlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatlar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim.

    • Malakaviy amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Moliya bo`limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishdim;

Shuningdek, amalyot davomida o`z ishiga mas`uliyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: “O’zbekiston”- 2007 y.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni.13.12.2021

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5075-sonli Farmoni. 07.06.2022

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№ 4086-sonli Qarori. 2021 yil 26 dekabr

  3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 oktyabrdagi 870-sonQaroribilantasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisida NIZOM”



Download 67.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling