Korxonani boshqarishning tamoyillari, shakllari va ualublari .
Korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun, awalo, boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga erishish usullarini aniq belgilab olish zarur. Shu bilan bir paytda boshqaruv maqsadlari tushunarli bo‘lishdan tashqari, ular barcha bajaruvchilar tomonidan amalga oshirilishiga ham e’tibor berish lozim. To‘g‘ri qo‘yilgan maqsad korxona rahbarining, shuningdek, butun jamoa va har bir xodimning manfaatlarini ifodalaydi. Bunday natijaga maqsad korxonaning joriy va istiqboldagi rivojlanishi bo‘yicha vazifalar majmuasining bir bo’lagiga aylangan holda erishish mumkin. Bunday yondashuv, ishlab chiqarish maqsadining ishlab chiqarishni boshqarish bilan moslashuvini ta’minlovchi eng qisqa yo'lga olib keladi. Bunday moslashuv esa, boshqaruvning ham tizim sifatida, ham alohida faoliyat turi sifatida maqsadga muvofiqligidan darak beradi.
Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo‘lib tasniflashimiz mumkin:
*amalga oshirish muddatiga ko‘ra - joriy va istiqbolli;
*ahamiyat darajasiga ko‘ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);
*boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra - xususiy va umumiy;
*natijaga erishish darajasiga ko‘ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.
Boshqaruv jarayonida joriy maqsadlami istiqboldagi maqsadlarga, xususiy maqsadlami umumiy maqsadlarga, oraliq maqsadlami yakuniy maqsadlarga mos keiishi va bo‘ysunishini ta’minlash zarur. Asosiy maqsadlami amalga oshirishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Korxona yoki unga tenglashtirilgan xo‘jalik subyektlarini boshqarish faoliyati to‘laligicha shu vazifalami bajarishga qaratilishi lozim. Asosiy maqsadni ikkinchi darajali vazifalardan ajrata olish qobiliyati, zamonaviy menejerlaming eng muhim professional ko‘rsatkichlaridan biridir.
Maqsadlarni belgilash va qo’yish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |