Korxonaning tashkiliy huquqiy shakllari


Download 189.51 Kb.
bet2/5
Sana28.03.2023
Hajmi189.51 Kb.
#1305172
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonaning tashkiliy huquqiy shakllari

Barcha bo’g’in va bosqichlarning tarkibi va ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inning huquq va burchlari, shuningdek, ular o’rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil qiladi.

  • Barcha bo’g’in va bosqichlarning tarkibi va ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inning huquq va burchlari, shuningdek, ular o’rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil qiladi.
  • Boshqarish tizimi turli miqyoslarga ega bo’lishi mumkin. Chunonchi:
  • butun xalq xo’jaligini (tarmoklarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
  • har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
  • korxonalar ichidagi bo’limlarni (tsexlar, uchastkalar va xokazolarni) boshqarish.
  • O’z navbatida, butun xalq xo’jaligini boshqarish ham uni "tarmoq", "birlashma" va "korxona" darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi.

Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.

  • Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.

Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari

  • Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:
  • Chiziqli struktura;
  • Chiziqli-shtabli struktura;
  • Funktsional struktura;
  • Chiziqli-funktsional struktura;
  • Dasturli-maqsadli struktura;
  • Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’sunish turlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
  • Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
  • Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi.
  • Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.

Download 189.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling