Korxona,tashkilot,muassasalarning tashkiliy tuzilmasi, tarkibi va tashkil topish tarixi


Korxona,tashkilot,muassasalarning maxsulot ishlab chiqarish kalkulyatsiyasi va uning o’ziga xos xusussiyatlari


Download 0.66 Mb.
bet11/27
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1632684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Dilshoda amaliyot (3)

6.Korxona,tashkilot,muassasalarning maxsulot ishlab chiqarish kalkulyatsiyasi va uning o’ziga xos xusussiyatlari

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va maxsulot tannar­xini kalkulyatsiya qilish usuli deb u yoqi bu maxsulot birligi-ning tannarxini aniqlashda kullaniladigan usullar tizimiga aytiladi. U yoqi bu kalkulyatsiya usulini qo’llash quyi-dagi asosiy omillar bilan aniqdanadi: ishlab chiqarish turi va murakkabligi, ishlab chiqarilayotgan maxsulot nomenklaturasi, xarakteri, tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi va xokazo.


Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi — bu xarajatlarni maxsulotning ayrim turlari buyicha detallashtirish va maxsulot birligi tannarxini aniqlashdir. Oddiy ishlab chiqarish, ya’ni kumir, neft, gaz kazib chiqarishda, issiqlik va elektr quvvati ishlab chiqarishda kalkulyatsiyaning oddiy usuli kullaniladi. Murakkab texnologik jarayonga ega bulgan, masalan, metallurgiya, mashinasozlik, tukimachilik sanoati korxonalarida kalkulyatsiya qilishning murakkab usuli kullaniladi. Agar korxonada ayrim qism, detal va uzellardan tashqil topmagan oddiy maxsulot ishlab chiqarilsa, u xolda bit-ta, ya’ni tayyor maxsulot tannarxini aniqlash kalkulyatsiyasi tuziladi. Agar korxonada bunday ayrim detal va uzellardan tashqil topgan murakkab maxsulot ishlab chiqarilsa, ba’zi xollarda tay­yor maxsulot tarkibiga kiruvch i uzel va detallar tannarxini ani k-lash kalkulyatsiyasi ham tuziladi. Bu xol maxsulot tannarxini kalkulyatsiyalashni birmuncha murakkablashtiradi.
Mavjud adabiyotlardan va instruktiv materiallardan bizga maxsulotning xaqykiy tannarxini hisobga olish hamda kalku­lyatsiya qilishning uch usuli ma’lum. Bular bo’limli, buyurtmali, normativ usullardir. Xar bir korxonada shu korxonaning xususiyatlari hisobga olingan xolda kalkulyatsiyalashning u yoqi bu usuli kullanilishi mumkin. Ba’zan bir sanoat korxonasida asosiy ishlab chiqarish tsexlaridan tashqari yordamchi ishlab chiqarish tsexlari mavjud bulganligi sababli bitta korxona mikesida xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilish­ning bir emas, balki bir necha usuli qullanilishi mumkin.
Kalkulyatsiyalashning oddiy yoqi bir bo’limli usulining moxiyati shundan iboratki, bunda maxsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq tug’ri va egri xarajatlar kalkulyatsiya moddalari buyicha hisob qilinadi.Bitta maxsulotning urtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari buyicha ishlab chiqarilgan maxsulot soniga taksimlash yuli bilan aniqlanadi. Xarajatlarni hisobga olish va tan­narxni kalkulyatsiya qilishning ushbu oddiy usulini ayrim qism yoqi yarim tayyor maxsulotlardan tashqil topmagan oddiy maxsulot ishlab chiqarishga muljallangan korxonalardaqo’llash maqsadga muvofiqdir. CHunki bunday korxonalardatugallan-magan ishlab chiqarish juda oz miqdorda yoqi butunlay bulmas-ligi hammumkin. Kalkulyatsiya qilishning oddiy usuli kupincha tayyor maxsulotni kazib chiqaruvchi va ayrim maxsu-lotni qayta ishlovchi sanoat korxonalarida kullaniladi.
Xarajatlarni hisobga olish va kalkulyatsiya qilishning bo’limli usuli (poperedel) asosan metallurgiya, tukimachilik, yengil, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida kullaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish ayrim ishlab chiqarish bo’limlari, boskichlaridan tashqil topgan buladi. Masalan, metallur­giya sanoatiga qarashli korxonalar domna, pulat eritish va prokat ishlab chiqarish bo’limlaridan tashqil topgan buladi. Bir bo’limda material qayta ishlanib, yarim tayyor maxsulot xoliga keltiriladi, boshqalarida esa ushbu yarim tayyor maxsulot kdyta ishpanib, tayyor maxsulot xoliga keltirishga mupjallangan. Bo’lim­li usulning muxim xususiyatlaridan biri shundaki, unda xar bir tsexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning xar bir bo’limli boskichi buyicha aloxida hisobga olinib, bu xara­jatlar hisobi maxsulotning ayrim turlari yoqi guruxdari kal­kulyatsiya moddalari buyicha yuritiladi.
Buyurtmali usulning moxiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari buyicha, xar bir ishlab chiqarish buyurtmasi buyicha aloxida hisob qili-nadi. Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan maxsulotning ma’lum turlarini ishlab chiqarish uchun beriladi. Boshqa xa­rajatlar esa tsex yoqi korxona buyicha hisob qilinadi, ay­rim ishlab chiqarish buyurtmalarining tannarxini kalkulyatsiyalashda ularning tannarxi bironbir kursatkichga mu-tanosib ravishda taqsimlash yuli bilan o’tkaziladi. Demak, kalkulyatsiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash ob’ekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmala­ri hisoblanadi. Buyurtmaning xaqiqiytannarxi buyurtma tayyor bulgandan keyin aniqlanadi. Usul asosan murakkab maxsulot turlari ishlab chiqarishga muljallangan, ishlab chiqarishning individual xiliga mansub korxonalarda hamda maxsus asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tuzatish va tajri-ba ishlarini bajarishga muljallangan yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida qullaniladi. Buusulda xar bir kabul qilin-gan buyurtma uchun aloxida varaka ochiladi. Kabul qilingan buyurtma maxsus kitoblarda ruyxatga olinadi va unga navbat-dagi rakam biriktirilib, ushbu rakam buyurtma tayyor xolga keltirilgunga qadar uning shifri bulib turadi. Buyurtma bajarilishi davomida rasmiylashtirilgan hamma dastlabki hujjatlarda ana shu shifr quyib boriladi. Bu narsa buyurtma tannarxini kalkulyatsiyalashda, u yoqi bu xarajat moddasini buyurtma tannarxiga qo’shishda muxim ahamiyatga ega. Buyurtma maxsulot tayyor xolga keltirilgandan keyin varaka yopiladi.
Undagi ma’lumotlar asosida buyurtmaning xaqiqiytan­narxi aniqlanadi. Kalkulyatsiyalashning buyurtmali usulida kalkulyatsiya ob’ekti tayyor xolga keltirilgan buyurtmadir. Agar hisobot oyi oxirida buyurtma tugallanmay qolsa u xolda tugallanmagan buyurtma buyicha xarajatlar balansda tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kursatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning normativ usuli asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmogi bulmish mashinasoz-lik hamda metallni qayta ishlash korxonalarida kullaniladi. Bu usulning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
1. Maxsulotning me’yordagi tannarxi aniqdanadi, buninguchun normativ kalkulyatsiyasi tuziladi. Maxsulotning normativ tan­narxi material, yoqilgi, ish xaqi va boshqa asosiy xarajatlar-ning xarakatdagi me’yori hamda umumishlab chiqarish xarajatla-riningtasdiklangan chorakli smetalari asosida aniqlanyadi.
2. Hisobot oyi davomida asosiy ishlab chiqarish xara-jatlarining (xom ashe va yordamchi materiallar, ish xaqi) xaqiqiysummasi emas, balki xaqiqiysummasi bilan me’yorlashtirilgan summasi urtasidagi farq ya’ni me’yordan chetga chiqish hisob qilinadi.
Me’yordan chetga chiqish tsexlar va ayrim korxonalarning maxsulot guruxi, mag’sulot turi va xarajat moddalari buyi­cha hisobga olinadi. Agar me’yordan chetga chiqish ortikcha xa­rajat bulsa, u xolla rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatda uning kelib chiqish sababi va aybdori kursatiladi. Bu borada hisobning asosiy vazifalaridan biri me’yordan chet­ga chiqish xususidagi ma’lumotlarni tsex boshligi va korxo-na ma’muriyatiga ma’lum qilishdir. Buning uchun belgilan-gan muddatda (xar 5 yoqi 10 kunda bir bor) me’yordan chetga chiqish xollari xususida ma’lumot berib boriladi. Bu esa yul quyilgan ortikcha xarajatlarning kelib chiqish sabablarini urganib, keyinchalik bu xatolar qaytarilmasligi uchun tegishli chora-tadbirlar kurish imkonini beradi.
3. Xarakatdagi me’yorning uzgarishi hisob qilinadi.
4. Normativ usulda maxsulotning xaqiqiytannarxi nor­mativ tannarxga me’yordan chetga chiqish va me’yordagi uzgarishni qushish yoqi ayirish yuli bilan aniqlanadi.
Misol. Mashinasozlik zavodida bir oyda A maxsulotdan 18 ta ishlab chiqariladi. Hisobot oyining oxirita 4 ta maxsulot ishlab chiqarish tugallanmay qoldi. Korxona bir xil maxsulot ish­lab chiqaradi, deb faraz qilaylik. A maxsulotning bir donasi me’yordagi tannarx xarajat moddalari buyicha quyidagicha;
Xom ashyo va asosiy material — 5000 sum
Ish xaqi va ijtimoiy sugurta — 8000 sum
Umumishlab chiqarish xarajati
(ish xaqining 200 foizi mikdorida) - 16000 sum
Jami 29000 sum.
Hisobot oyi davomida xarakatdagi material va mexnat normativlarida uzgarish sodir bulgan bulsa, maxsulotning xaqiqiytannarxini aniqlashda me’yordagi uzgarish ham hisobga olinadi- SHunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini-hisobga olish va maxsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning norma­tiv usulida me’yordan chetga chikih hisobot oyi davomida hisob olinadi. Bu esa ishlab chiqarishda yul quyilgan ortikcha xarajatlarni uz vaqtida aniqlash, uning kelib chi^ish sa-bablarini taxdil qilish, urganish va buning oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlar kurish imkoniyatini beradi. Bir suz bilan aytganda, kalkulyatsiya qilishning normativ usuli ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazorat olib borish, korxona ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, ularni ihga solish imkoniyatini beradi. SHu jixatdan bu usul boshqa usullardan amcha ustup turadi va uni to’g’ri qullash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1. Normativ kalkulyatsiyasi tuziladigan detallar, tayyor max-sulotpar nomenklaturasini korxona mikyosida ishlab chiqish.
2. Asosiy itsrtab chiqarish xarajatlari (xom ashyo, asosiy va yordamchi material, ish xaqi) normativini ishlab chiqish.
3. Xarakatdagi normativlar uzgarishini uz vaqtida ras-miylashtirish va hisobga olish.
Kalkulyatsiyalashning boshqa usullari kabi bu usulda ham korxonada omborlar ishini to’g’ri tashqil qilish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moddiy boylik-larni ishlab chiqarishga sarflash buyichadastlabki hujjatlarni to’g’ri va uz vaqtida tuzish ustidatg nazorat olib borish, hisob ishlarini bajarishda hisoblash mashinalaridan keng foydalanish muxim ahamiyatga ega.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling