Kosmonimlarning ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi xususiyatlari ibragimova Dilbar Atxamovna


Download 69.5 Kb.
bet4/5
Sana14.02.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1196513
1   2   3   4   5
Bog'liq
KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XUSUSIYATLARI

Ilmiy muammoning tahlili. Kosmik ob'ektlarning nomlari nom jihatdan juda murakkab xolatni yuzaga keltiradi. Ba'zi bir nomlar aynan bir millatga tegishli bo‘lgan va aynan ulargagina tushunarli bo‘lgan so‘z bo‘lishi mumkin, misol uchun, yulduzlar turkumidagi burjlarining nomlari: Leo, Лев, Arslon; The Balans, Весы, Tarozu; Twins, Близнецы, Egizaklar; lekin ba’zilari umuman tushunarli bo‘lmasligi mumkin, chunki ular arab, yunon, lotin tillaridan tarjimasiz olingan, misol uchun, Deneb - “Quyruq”(arab.), Mira – “Ajoyib” (lotin.) kabi yulduzlarning nomlari [2]. Ba'zi yulduzlarda esa yunoncha (Arcturus, Antares, Sirius) va lotin nomlari bor (Polaris, Chapel, Regulus), ammo bu nomlarning aksariyati arab tilidan kelib chiqqan - Dubhe, Aldebaran, Denebola, Akrab, Alkaid, Metzar. Buning sababi, O‘rta asrlarda ilg‘or fan va ilm tili arab tili bo‘lgan va ilm-fan markazi Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari bo‘lgan. Asosiy arab tilidagi nomlar Aleksandriya astronomi Klavdiy Ptolemey (II asr) "Almagest" asaridan olingan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yulduzlar nomining asosiy qismi yulduzlar turkumidan kelib chiqadi, misol uchun, Katta Ayiq turkumidagi eng yorqin yulduz arabchada Dubge – the Bear, Медведь, Ayiq; Qarg‘a yulduz turkumidagi Algorab (arab.) – the Raven, Ворон, Qarg‘a. Ba'zi yulduzlar nomlari ularning joylashgan o‘rnilariga emas, balki koinotdagi atrof muhitdan kelib chiqib nomlangan, misol uchun, Gidra yulduz turkumidagi Alphard yulduzi – the Solitary one, Одинокая, Yolg‘iz deb nomlanadi, chunki samoning o‘sha qismida boshqa yorqin yulduzlar yo‘q. Samodagi joylashgan joyiga ko‘ra eng mashhur yulduzi bu Polaris - the Polar Star, Полярная звезда, Qutb yulduzi [3,5]Ushbu yulduzning ilmiy nomi uning Qutbda harakatsiz turishidan dalolat beradi. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi yulduzlarning asosiy qismining nomlari arab, yunon va lotin tillaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (tarjimasiz) kirib kelgan. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi xollarda bunday nomlashlar so‘zlar ortasida tafovutni yuzaga keltiradi, ammo bu yo‘sindagi yulduz nomlarining talqini oz bo‘lsada uchraydi, misol uchun, rus tilidagi (Andromeda yulduz turkumidagi) Almak yulduzining rus tilidagi ekvivalenti “Сандалия” bo‘lib (Ptolomeyning “Almagest” asarida bu yulduzni “chap tovondagi yulduz” deb nomlagan), bu nom uning yulduzlar turkumidagi joylashgan joyiga nisbatan qo‘yilgan, ammo Almak so‘zi arab tilida sut emizuvchilar turkumining susarsimonlar oilasiga mansub xayvon nomi bilan bog‘liq , ayni paytda ingliz tilida yulduzlarni nomini silovsin xayvoni bilan bog‘lash odat tusiga kirgan (the Desert Lynx) va bu xolat zamonaviy yondashuv xisoblanadi [8,9,10].
“Теория и методика ономастических исследований” jamoaviy monografiyasi mualliflarining ta’kidlashlaricha, samoviy jism va obektlarga nom tanlashda ularning yuzasini inobatga olgan xolda amalga oshirish juda ham ko‘p uchraydigan va ommalashgan xolat xisoblanadi, chunki ming yillar davomida insoniyat samoga o‘z bilgan va anglagan barcha bilimlarini o‘rnatib bo‘lgandi [7].



Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling