Kosmonimlarning ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi xususiyatlari ibragimova Dilbar Atxamovna


Ilmiy muammoning bayoni va uning ahamiyati


Download 69.5 Kb.
bet3/5
Sana14.02.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1196513
1   2   3   4   5
Bog'liq
KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XUSUSIYATLARI

Ilmiy muammoning bayoni va uning ahamiyati. Astronomiya va kosmonika, onomastikaning kosmik ob'ektlari nomi bilan bog‘liq bo‘lgan ikka muhim yo‘nalishini anglatadi. Astronomiya tadqiqotlari osmon jismlarining nomlari, ya'ni sayyoralar, ularning yo‘ldoshlari, asteroidlar va meteoritlarning nomlarini o‘rganadi. Kosmonimika esa samoviy jismlarning fazoviy birlashmalarining nomlarini, ular yerga qanday ko‘rinishini o‘rganadi, ya’ni burjlar, yulduz klasterlari, galaktikalar. Astronomiyaning yana bir bo‘lagi bo‘lgan Mastika tarkibiga Astrotoponimiya kiradi – u sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari yuzasida ob'ektlarni belgilash va nomlash bilan shug‘ullanadi (Yerdan tashqari) [4].
Til tizimining tarkibiy qismi sifatida kosmonik lug‘atlar ushbu fan va uning sohalari qonunlariga to‘liq bo‘ysunadi va o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir qator jihatlarga ega. Onomastik tadqiqotlar tilshunoslar uchun alohida qiziqish uyg‘otadigan sohalardan biridir. Bu borada asarlari muhim o‘rin tutgan taniqli olimlarni alohida ta’kidlab o‘tish zarur: A.V. Superanskaya, V. D. Bondaletov, V. A. Nikonov, N.V. Podolskaya, E. S. Otin va boshqalar. Kosmonimlar jadal kengayib borayotgan soha bo‘lishiga qaramay, kosmik fazoviy birliklarning lug‘ati, leksik-semantik jihatlari o‘shandan beri deyarli o‘rganilmagan. Kosmonik lug‘at va fazoviy jismlarga bag‘ishlangan asarlari bilan mashxur bo‘lgan Yu. A. Karpenko, M. Rut, F. Yu. Sigel, D. I. Ermolovich, V. P. Tsesevich, V. A. Zvegintseva va boshqalar alohida ajralib turadi.
Uzoq vaqt davomida kosmonika faqat astronomiya fanining o‘rganish ob'ekti bo‘lib keldi. Hozirgi vaqtda kosmik ob'ektlarning nomlari onomastik fazoning sezilarli qismini tashkil etadi va u hali ingliz va o‘zbek tillarida tizimli ravishda o‘rganilmagan. Kosmonimika mavzusidagi lugaviy asarlarning deyarli barchasi asosan samoviy sfera voqeliklarining rus nomlarini o‘rganishga qaratilgan. Zamonaviy ingliz, rus va o‘zbek tillarda yulduz nomlari haqida bilimlarning etishmasligi ushbu sohadagi leksik-semantik xususiyatlari jihatidan to‘liq o‘rganilmagadandir. Bu tadqiqot avvalambor, kosmik birliklarni turli strukturaga ega tillardagi leksik-semantik jihatlarini tasniflash bilan boshlanadi. Ushbu maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, bu tadqiqot o‘zbek tilidagi o‘z yo‘nalishidagi ilk ilmiy ish bo‘lib, yulduzlar nomlarining leksik xususiyatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan va ilk bor kosmik ob'ektlarning nomlarini uch hil strukturaga ega tillar ortasida qiyosiy tahlil qilish amalga oshiriladi. Tadqiqot ob'ekti kosmik jismlarning nomlarini ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi leksikografik manbalaridan uzviy ravishda foydalanilgan holda amalga oshirilgan [6].

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling