Mavzu: Osmon jismlarining massalarini aniqlash. Oy harakati va fazalari. Quyosh va oy tutilishlari.
Reja:
Osmon jismlarining massalarini aniqlash.
Oy harakati va fazalari.
Quyosh va Oy tutilishlari.
Osmon jismlarining asosiy fizik xarakteristikalaridan biri — ularning massalari bo'lib, uni aniqlashda Keplerning Nyuton tomonidan umumlashtirilgan (yoki aniqlashtirilgan) ushbu III qonunidan foydalaniladi:
bu yerda T1, va T2 - Quyosh atrofida aylanuvchi ixtiyoriy ikki planetaning siderik davrlarini (ya’ni Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlarini), M - Quyosh massasini, m1, va m2 – eslatilgan ikki planetaning massalarini, a1 va a2 lar esa ularning orbitalari katta yarim o'qlarini ifodalaydi. Bevosita o'lchashlar asosida planetamiz — Yerning massasini topish mumkin. So'ngra shu asosda boshqa biror planetaning massasini aniqlash uchun esa Keplerning aniqlashtirilgan III qonunidan foydalaniladi. Bunda massasi topilishi mo'ljallangan planetaning yo'ldoshi bilan Yer yo'ldoshining harakati (davrlari va orbitalarining katta yarim o'qlari) solishtiriladi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |