Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 28-umumiy o’rta ta’lim
Download 16.82 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'IBDO\' hisoboti
Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 28-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022 yil yanvar oyidan 2023 yil yanvar oyiga qadar amalga oshirilgan ishlar natijalari xaqida H I S O B O T Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 28- umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022 yilda 80 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda, ulardan 21 nafari oliy toifali, 25 nafari birinchi toifali,17 nafari ikkinchi toifali. Maktabda 1149 nafar o’quvchi 37 ta sinfda ta’lim olmoqda. Dars mashulotlari ikki smenada tashkil etilgan. Maktabda 2022 yil yanvar- dekabr oylarida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha rejalashtirilgan quyidagi ishlar amalga oshirildi. 2022 yil avgust oyida barcha fan o’qituvchilaning o’quv yuklamalari bo’yicha taqvimiy mavzu rejalari, mavzuga doir tarqatma materiillar, ko’rgazmali qurollari DTS talablariasosida tuzilganligi tekshirildi va uslubiy maslahatlar berildi.Maktabdagi barcha fan xonalarining jihozlanishi ko’rib chiqildi. 2022- 2023 o’quv yili uchun pedagogic kengash tarkibini va uning ish rejasi tasdiqlandi. Metod birlashma raxbarlari saylandi. O’quv yili uchun dars jadvali tuzildi va tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 823, 572, 425, 345,140- sonli qarorlari, XTV ning 372, 406, 313, 205,- sonli buyruqlari yuzasidan o’quvlar tashkil etildi.Barcha o’qituvchilarni ushu yig’ilishda qatnashiahglari nazorat qilindi va reestrga imzo qo’ydirildi. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator ishlar belgilab olingan bo’lib, quyidagi ishlar amalga oshirildi: 2021-2022 oquv yilida Fan olimpiadasining viloyat bosqichida 6 nafar o’quvci ishtirok etib, 9- sinf o’quvchisi Abdug’opirov Zuljalol faxrli 3- o’rinni egalladi.2022 yil yanvar oyida iqtidorli oquvchilarni aniqlash va ularni rag’batlantirish maqsadida o’tkazilgan onlayn olimpiadalarda o’quvchilarimiz faol ishtirok etdilar. 7- sinf o’quvchisi Jabborova Mohidil matematika fanidan respublikada 1- o’rinni egallab, vazirlik tamonidan planshet bilan taqdirlandi. Tarix fani bo’yicha 10,11- sinf o’quvchilari ham Respublikada 1- o’rinni egalladilar. Tumanda o’tkazilgan “Al Xorazmiy izdoshlari” olimpiadasida 7- sinf o’quvchisi A. Abdusalomov 1-, 6- sinf o’quvchisi Sh. Sharofiddinov 3- darajali diplomga ega bo’ldilar. 2022-2023 o’quv yili asosiy fan olimpiadalarida maktabning 10 nafar o’quvchilari tumanda g’oliblikni qo’lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etdilar. O’quvchilarni tabiiy fanlarni o’zlashtirini aniqlash maqsadida “ Al Xorazmiy” fan olimpiadasida 8- sinf o’qyvchisi S. Qamariddinova tumanda 1- o’rinni egallab, viloyat bosqishida ishtirok etdi. Tumanda “ Ibn Sino” olimpiadasida 8- sinf o’quvchisi I. Hoshimjonova va 9- sinf o’quvchisi A. Muhiddinov g’olib bo’ldilar. 2022 yil yanvar – dekabr oylarida jami 60 nafar fan o’qituvchilari malaka oshirish kurslaridan onlayn va oflayn o’qib, malaka sertifikatlarini oldilar. Maktab o’qituvchilari daslarni interfaol usullardan foydalanib o’tish bilan bir qatorda turli ko’rik tanlovlarda ishirok etdilar. Jumladan , 8 nafar fan o’qituvchisi “ Eng yaxshi videodars” tanlovining g’olibi bo’lib, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. O’qituvchi olimpiadasida kimyo fani o’qituvchisi D. Sodiqova tumanda 1- o’rinni egallab, viloyat bosqida faxrli o’rinni egalladi. Joriu o’quv yilida ilgor ish tsjribslar ommalashtirildi. Informatika fan o’qituvchisi X. Sattievning 9- sinflarda “ Python dasturlash tili imkoniyatlari” mavzisi Respublikada ommalashtirildi. O’quv yilida maktabimizning 3- nafar ingliz tili, 4- nafar rus tili fan o;qituvchilari,8 nafar o’quvchilar til bilish darajasi bo’yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo’lishdi. Informatika fani o’qituvch lari X. Sattiev va O. Boltaboevlar Google for edication sertifikatiga ega bo’di. 2022 yil sentyabr oyida maktab direktori Sh. Sharipov Mustaqillikning 30 yilligi , informatika fani o’qituvchisi X. Sattiev, tarix fani o’qituvchisi J. Toshboevlar “ O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan mukofotlandilar. 2022 yilda attestatsiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy malaka toifasiga 6 nafar, birinchi toifaga 12 nafar, 5 nafar o’qituvchi mutaxassisdan 2- toifaga, jami 23 nafar pedagoglar malaka toifalarini oshirdilar. Download 16.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling