Ko’tarilmоqda. O’zbek musiqasi ham jaxоn uzra yuz оchib, keng qulоch yoymоqda
Download 7.01 Mb.
|
2 5319167557003903415
- Bu sahifa navigatsiya:
- XOR TEXNIKASI DIKSIYA
DINAMIK TUSLAR – NYUANSLAR. Musiqa asarlarida “p” - piano – yopiq bosiq, “f” – forte – kuchli, “pp” – pianissimo – eshitilar eshitilmas yopiq bosiq, “ff” – fortissimo, – kreshendo - tovushning asta-sekin kuchayib borishi, – diminuendo – tovushning sekin asta kuchsizlanib borishi, subito piano – qo‘qqisdan kuchsiz ovoz, sfortsiando – qo‘qqisdan zarb, aktsent – zarb kabi tovush kuchini bildiradigan dinamik tuslar yoki nyuanslar uchraydi.
Mana shu tovush kuchining asarning boshidan to oxirigacha taqsimlanishi uning dinamikasi deyiladi. Asarning ma’lum joyida ovoz kuchining o‘zgarishi uning mazmuniga qarab sodir bo‘ladi. Asarning badiiy-g‘oyaviy mazmunini ochishda badiiy ifoda vositalari – ifodali ijro, musiqiy jumlalash, asarning asosiy kuyining ravonligiga erishish katta ahamiyatga ega. Badiiy ifodali ijroga erishish uchun xorda nyuanslar ustida ko‘p mashqlar olib borish talab qilinadi. Agarda muallif tomonidan ushbu nyuanslar yetarli darajada qo‘yilmagan bo‘lsa, rahbar asarni tahlil qilish jarayonida musiqa tilini yaxshi aniqlash, tabiiy logik urg‘ularini sezgan holda har bir musiqiy jumladagi musiqaviy fikrni seza bilish va xonandalarga uni o‘rgata olish kabi nozik hamda eng muhim vazifalar yuklatiladi. XOR TEXNIKASI DIKSIYA – asarning adabiy matn so‘zlarini tinglovchilarga yetkazib berish vositasidir. Diksiya asarning g‘oyaviy mohiyatini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Agar so‘zlar poetik fikrni aniqlashtirsa, musiqa ularni atroflicha emotsional bo‘yoqlar bilan to‘ldiradi, chuqurlashtiradi. Chunki vokal-xor musiqasida so‘z va musiqa bir-birini to‘ldiradi va badiiy mazmun yaratadi. Asarning matnini to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish uchun so‘zlardagi mantiqiy urg‘ularga, orfoepiya – so‘zlarning jonli tildagi talaffuzi qoidalariga ahamiyat berish zarur. Bu borada ish olib borilganda, avvalo qo‘shiq matni mazmunini, undagi badiiy mazmunlarni xonandalarga tushuntirish va ifodali o‘qib berishdan boshlash hamda to‘g‘ri so‘z talaffuzi ustida ko‘p vaqt sarflamasdan, balki uni qo‘shiq aytish bilan birga ko‘rsatib borish yaxshi natija beradi. So‘z va kuyni bir vaqtda o‘zlashtiradi. Unli tovushlar talaffuzini shakllantirishda undosh tovushlarning aniq talaffuzi katta ahamiyatga egadir. Masalan: “Toshkent” so‘zida “t sh k n t ” tovushlar aniq aytilib, unli tovushlar tushirilib qoldirilganda ham bu so‘zni tushunish mumkin. Shu mashq orqali undosh tovushlarni qattiq va unlilarni past ovoz bilan aytib undoshlar talaffuzini yaxshilash mumkin. Rahbar qo‘shiq aytish va mashq kuylash paytida xonandalardagi og‘iz holatining to‘g‘ri va noto‘g‘riligini kuzatib turishi va o‘zi ko‘rsatib berishi kerak. Lab, til, tanglay, ovoz pardalari, jag‘lar, tishlar nutq yoki artikulatsiya apparatini tashkil qiladi. Aniq so‘z talaffuzi mana shu apparatning yaxshi ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. So‘z oxiridagi undoshlarning to‘g‘ri va aniq talaffuz etmaslik, so‘zning ma’nosini anglashga xalaqit beradi. Ko‘p hollarda so‘z oxiridagi undoshlarning barobar ijro etmasligi tajribada aniqlangan. Bunday hollarda musiqiy jumla oxirida xonandalarning barobar va aniq talaffuz etishiga erishish kerak. NAFAS. Vokal-xor texnikasining asosi – to‘g‘ri nafas olish hisoblanadi. Xonandalarni to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatish ancha murakkab bo‘lib, bu jarayon uzoq davom etadi. Nafas olish tugashi bilan qo‘shiq aytish boshlanadi. Nafas olish qo‘shiq aytishga tayyorgarlik vazifasini o‘tasa, nafas chiqara boshlash qo‘shiq aytishni boshlash paytiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham nafas olinganda u ushlab turilmaydi, balki tejam bilan sarflanadi. To‘g‘ri nafas olish uchun gavdani, bo‘yinni to‘g‘ri va erkin tutish, kiftlarni ko‘tarmaslik kerak. O‘tirib ashula aytganda qo‘llar tizzalarga qo‘yilishi va turganda pastga tushirilishi kerak. Nafas asarning tepmiga, musiqiy jumlalarning katta-kichikligiga qarab tez va sekin hamda chuqur olinadi. Nafas pastki qovurg‘a-diafragma usulida olinadi. Bu usulni xonandalarga avval tushuntirib va ko‘rsatib berish kerak. Nafas bir yo‘sinda burundan yoki yarim ochiq og‘izdan olinadi. To‘g‘ri nafas olib kuylashda, eng avvalo noto‘g‘ri nafas olib kuylashni, ya’ni shoshilib nafas olishni, nafas olganda yelka, ko‘krakning ko‘tarilishi, noto‘g‘ri o‘tirishni bartaraf qilishdan boshlash kerak. Nafasni ko‘krak qafasiga olish va qo‘shiq aytish zararlidir. To‘g‘ri nafas olishni va uni tejamkorlik bilan sarflash usullarini xor rahbari faqat tushuntirmasdan, balki uni xonandalarga amalda ko‘rsatib berishi, ularning nafas olishini kuzatib turishi lozim. To‘g‘ri nafas olish va uni tejamkorlik bilan sarflash usullarini mashqlar orqali o‘rganishda o‘rta registrda – zo‘riqmasdan, kuylashga qulay – primar tovushlardan boshlash tavsiya etiladi. Xor asarlarida zanjirband nafas usuli ham keng qo‘llaniladi. Zanjirband nafas olish kerakli holda xonandalar birdaniga nafas olmaydilar. Agar nafas olinsa, kuy bir tekis yangramay, bo‘laklarga bo‘linadi. Shuning uchun xonandalar navbatma-navbat uzluksiz nafas oladilar. Bunda bir xonanda nafas olganda yonidagi sherigi qo‘shiq aytishni davom ettiraveradi. “Vokal-xor mashqlari” mavzusida zanjirsimon nafas olishga oid mashqlar berilgan. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling