Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish


Download 159.32 Kb.
bet17/19
Sana22.06.2023
Hajmi159.32 Kb.
#1647703
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ilmiy ish oxirgi

XULOSA VA TAVSIYALAR
Vatanimizda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini rivojlantirish masalalari ijtimoiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqotimiz jarayonida ta’lim muassasalarida kouching asosida ta’lim berish tarixi va uslubiyati o‘rganar ekanmiz, ta’lim muassasalari kouching asosida darsligini zamonaviy ta’lim jarayoniga mosligini qiyosladik. 5-9 sinflarda kouching asosida o‘qitishning shakl va metodlarini baholadik. Kouching asosida darsligining amaliy-uslubiy mazmuni va didaktik xususiyatlarini tavsiflab, uning pedagogik jihatlarini yoritishga harakat qildik. Kouching asosida darsligidan foydalanish jarayonini o‘rganishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari tashkil qilar va o‘rganar ekanmiz, olingan natijalarga ko‘ra ijobiy samaraga erishishimizda quyidagilarni hisobga olish zarur bo‘ladi, deb hisoblaymiz:
1. O‘zbek xalqining allomalari va mutafakkirlari tarbiya hamda til o‘rganish va ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rniga ijobiy baho berganlar. Shunday ekan, boy tarixiy merosimizdagi manbalarga yana bir bor murojaat qilsak, kelajakda kouching asosida ta’lim berish va o‘rganish jarayonlarining nazariy asoslariga oid bilimlarimiz yanada mustahkamlangan bo‘lar edi.
2. Kouchingda chet tillari o‘rganishning o‘rni muhim bo‘lib, uning pedagogik xususiyatlarini tahlil etish pedagogika nazariyasi yo‘nalishida ta’limning zamonaviylik tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qilishini bilish o‘qituvchi yoki soha mutaxassisi uchun muhimdir.
3. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini nazariy jihatdan tahlil etish turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan murakkab uslubiy jarayon bo‘lib, unga nisbatan faqat ijobiy tarzda yondashish, nazarimizda, unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu holat tadqiqotchidan chuqur bilimga va yuqori uslubiy mahoratga ega bo‘lishni, shuningdek, uning shaxsiy qiziquvchanligi hamda ijodiy va tashabbuskorlik bilan yondashuv kabi xususiyatlarni o‘zida jamlagan kuchli bilimdon bo‘lishni talab etadi.
4. Mazkur tadqiqot jarayonida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kouching asosida o‘qitishning didaktik asoslarini tahlil qilish va ushbu asoslarning pedagogik imkoniyatlarini ilmiy jihatdan yoritish, shu bilan bir qatorda kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati mavjudligi aniqlandi.
5. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalari asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirish hamda mazkur jarayonlarning pedagogik mazmunini baholashda ularning didaktik xususiyatlarni aniqlash va bu borada darslikdan foydalanish yuzasidan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish tegishli pedagogik shart-sharoitlarni vujudga keltiradi.
6. O‘quvchilarga kouching asosidadan dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishda yangi va innovasion pedagogik texnologiyalardan, zamonaviy ko‘rgazmali-texnik hamda o‘quv vositalaridan foydalanish kouching asosida ta’lim berish jarayonining integrasiyalashuvi va uzviyligini ta’minlashda muhim bosqich bo‘lishini hisobga olish zarur.
O‘tkazilgan tajriba-sinovlar va xulosalardan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish masalalarini takomillashtirishga oid quyidagi pedagogik tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishda ularning mazmunini modernizasiyalash hamda uslubiy jihatdan takomillashtirishda fanlararo uzviylikni hisobga olgan holda amalga oshirish;
2. Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kouching asosida o‘qitishda sinfdan tashqari amalga oshiriladigan ishlarda quyidagi didaktik talablarni tizimli ravishda tashkil etish zarur bo‘ladi:
– ota-onalar bilan muassasa hamkorligini yanada rivojlantirish;
– ta’lim muassasalari o‘rtasida til o‘rganishni rivojlantiruvchi o‘zaro bahslar, o‘yinlar va ko‘rik-tanlovlar, lingvomadaniy tadbirlar tashkil etishning soni va samarasi oshishiga erishish;
– kouching asosida darslarida o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib borishni yanada kuchaytirish va bu jarayonni ommalashtirish.
3. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalaridan foydalanishda o‘quvchilar bilimining sifati va samarasiga oid ko‘rsatkichlar monitoringini yuritish va ularni darslikdagi mavzularga mos ravishda bilimining oshishini kuzatib borish;
4. Kouching asosida darslikning yangi avlodini takomillashtirish borasida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va didaktik materiallar ishlab chiqish, bundan tashqari, mazkur yo‘nalishda elektron darslik va dasturlar, multimedia majmualari, audio va videofilmlar takomillashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
5. Kouching asosida darslarida, shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda pedagogik, neyrolingvistik, innovasion va axborot texnologiyalaridan samarali hamda o‘z o‘rnida foydalanish ishlariga muntazam ravishda e’tibor qilish va zamonaviy texnologiyalarning ta’lim sifatiga xizmat qiluvchi omil ekanligini doimo e’tibor doirasida tutish.


Download 159.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling