Kovul (capparis spinosa L.) O`Simligining kimyoviy xossasi, ozuqaviy qiymati va xalq tabobatidagi ahamiyati
Download 0.5 Mb.
|
KOVUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
KOVUL (CAPPARIS SPINOSA L.) O`SIMLIGINING KIMYOVIY XOSSASI, OZUQAVIY QIYMATI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI Kovul (Capparis spinosa L.) - Capparaceae oilasiga mansub koʻp yillik endemik buta hisoblanadi. O`rta yer dengizi bo`yidagi mamlakatlarda uchraydi. Kovul tarkibida flavanoidlar, alkaloidlar, vitaminlar va antioksidantlar mavjud bo`lib, juda yaxshi ozuqaviy qiymatga ega o`simlikdir. Bundan tashqari kovul o`simligi tarkibida ekstraktlar ham mavjud va bu ekstraktlar xalq tabobatida antibakterial, og`riq qoldiruvchi, antioksidant va yalig`laanishga qarshi ishlatiladi. Maqolaning maqsadi quyidagicha: Kovul o`simligining fitokimyoviy va farmakologik xususiyatlarini aniqlash, xalq tabobatida foydalanilishi va o`rganilmagan jabhalarini organishdir. Kalit so`zlar: capparaceae, diabetga qarshi, gepatoprotektiv, flavanoidlar, glyukozinolatlar, indollar, kapari tupi, atirgul. KIRISH Ziravorlar turli tuman ovqatlar tayyorlashda qimmatli ingradient hisoblanadi. Ularning yer yuzida tarqalishi ovqatlarning xilm-xillashuviga olib keladi. Ziravorlar issiq, sho'r, shirin va o'tkir hazm sekretsiyasini qo'zg'atadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, sovuq urishini oldini oladi va ko'ngil aynishi va qusishni oldini oladi. Ziravorlarning aksariyati xalq tabiblari tomonidan saraton, mikrobial infektsiyalar va oshqozon-ichak kasalliklarini davolash uchun ham qo'llaniladi. Kovul (Capparis spinosa L.) - katta qalin barglari va pushti-oq rangli gullari bo'lgan Capparaceae oilasiga mansub ko'p yillik tikanli buta hisoblanadi. Kovul o`simligi issiq va quruq havoga va qurg`oqchilikga chidamli bo`lib, boyi 4m gacha ba’zan 6-10 m gacha boradi. O`simlik O`rta Yer dengiz bo`yidagi davlatlar, Evropa, Shimoliy va Sharqiy Afrika, shu jumladan Madagaskar, Janubiy-G'arbiy va Markaziy Osiyo, Indoneziya, Avstraliya, Yangi Gvineya va Okeaniya kabi joylarda o`sadi. Kovul o`simligi haqida juda ko`p ilmiy ishlar qilingan bo`lib, internet saytlarida u haqida ma`lumotlar bazasi juda ko`p. Internet bazalarida 22 xil nom bilan chiqishi, so`zimizning isbotidir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling