Kpss XXVII syezdi: “


-yil yanvar oyi O‘zbekiston Kompartiya XIII syezdi


Download 73 Kb.
bet4/10
Sana18.07.2023
Hajmi73 Kb.
#1660903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987

1956-yil yanvar oyi O‘zbekiston Kompartiya XIII syezdi:
G‘ofur G‘ulom ushbu syezdda so‘zlagan nutqini asosan tanqidchilik va adabiyotshunoslikka bag‘ishladi, tipiklik, badiiy mahorat masalalariga adabiy kadrlarning diqqatini tortdi: “Adabiy tanqidchiligimizning vazifasi, - dedi G‘.G‘ulom, - yozuvchilarni tarbiyalashda, ularga o‘z xato va kamchiliklarini tuzatishda yordam berishdan iboratdir. Faqat tanqidgina foyda keltirishi, adabiyotning kelgusida rivojlanishi uchun ta’sir ko‘rsatishi mumkin. ” Yuksak badiiy mahorat uchun, sovet estetikasi masalasini ishlab chiqish uchun, ayniqsa, adabiyotimizda tipiklikmasalasini ishlab chiqish uchun kurashish zarur”

1959-yil may oyi SSSR Yozuvchilar soyuzining III syezdi bo‘lib o‘tdi. KPSS Markaziy Komitetining syezdga yo‘llagan tabriknomasida yozuvchilarimiz erishgan katta yutuqlar qayd etildi va ularning oldida turgan ma’suliyatli vazifalar ham ko‘rsatib o‘tildi. “Kommunizm adabiyoti o‘z g‘oyaviy mazmunining boyligi jihatidangina emas, shu bilan birga, o‘zini badiiiy kamoloti jihatidan ham buyuk adabiyot bo‘lishi lozim. Yuksak ideyalar zo‘r mahoratni talab qiladi: Mahoratni kamolga yetkazish, asarlarning badiiy sifatiga bo‘lgan talabchanlikni jiddiy ravishda oshirish hozirgi sharoitda eng muhim vazifalarning biridir”.

Adabiyotni hayot bilan qiyoslab tahlil qilish – realistik tanqidning estetik xususiyatlari va janr spetsifikatsiyasini oshiruvchi eng zo‘r vositalardandir. Bu vositadan yozuvchilar, shoirlar juda keng va dadil foydalanadilar. A.T.Tvardovskiy 1961-yilda KPSS XXI syezdi minbaridan so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Agar yanglishmasam, Suvorov aytgan ediki, soldat faqat jangda ko‘rsatgan mardliklari bilangina emas, yo‘lda chekkan azob-uqubatlari bilan ham faxrlanadi.


Biz o‘z yozuv-chizuvlarimizda mo‘jizakor soldat xalqimizning mehnat zafarlari to‘g‘risida hikoya qilib kelamiz-u, ammo gap uning bu ulug‘ yo‘lda chekkan zahmatlari va qiyinchiliklariga taqilganda lol-mim demay o‘tamiz. Qiyinchiliklarni bartaraf qilib, ko‘zlagan maqsad cho‘qqilari sari og‘ishmay ko‘tarilib borayotgan insonning qonuniy iftixor tuyg‘ularini kamsitib qo‘yamiz. Holbuki, biz ulardagi ana shu his-tuyg‘ularni mustahkamlashimiz, ular ruhiga mardonavorlik, chidam, sabot va kerak bo‘lib qolganda jonni ham fido qilishga tayyor tura oladigan olijanoblik sifatlarini singdirishimiz kerak”

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling