Kpss XXVII syezdi: “


Download 73 Kb.
bet1/10
Sana18.07.2023
Hajmi73 Kb.
#1660903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987


I tom
KPSS XXVII syezdi: “Adabiy-badiiy tanqid xotirjamlik va mansabiga qarab baho berish illatini uloqtirib tashlashi, asarlarga baho berishda aniq estetik va sinfiy mezonlarga amal qilishi, g‘oyasizlik va dabdabali bayonchilikka, turmushdagi ikir-chikirlar bilan o‘ralashib qolishga, tuturiqsizlikka va tor amaliyotchilikka qarshi aktiv ish olib borishi lozim
Shuningdek bu syezd bundan keyin tez rivojimizda ijtimoiy fanlarning, san’at va adabiyotning katta rol o‘ynashi lozimligini uqtirib o‘tdi.
Sovet Ittifoqi Komunistik partiyasining Programmasida qayd qilinishicha, “Partiya mamlakatni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish uchun markscha-lenincha ideyalogiyaning o‘zgartiruvchi kuchidan to‘la-to‘kis foydalanish, sovet kishilarini g‘oyaviy-siyosiy, mehnat bilan axloqiy tarbiyalash, o‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy mukammallikni mujassamlashtirgan, har tomonlama kamol topgan, ijtimoiy jihatdan faol shaxsni shakllantirish yo‘lida sobitqadam ish olib borish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi”
V.I.Lenin aytadi:
Adabiyot partiyaviy bo‘lishi kerak. Burjua axloqiga qarshi, burjuaziyaning ta’magir, sotqin matbuotiga qarshi, adabiyotda burjua shuhrastparastlariga va shaxsiyatparastlariga qarshi, sotsialistik proletariat adabiyot partaviydir degan prinsipni olg‘a surishi, bu prinsipni kengaytirishi va uni mumkin qadar to‘la hamda yaxlit formada amalga oshirishi kerak.
Partiyaviy adabiyotning bu prinsipi nimadan iborat? Shundan iboratki, adabiyot ishi sotsialistik proletariat qo‘lida ayrim shaxs va gruppalarning boyish uchun qurol bo‘lolmasligidan tashqari, umuman adabiyot ishi umumproletar ishiga bog‘liq bo‘lmagan xususiy ish bo‘lishi mumkin emas. Bitsin partiyasiz adabiyotchilar! Bitsin o‘zini kishilardan yuqori tutgan adabiyotchilar! Adabiyot ishi – umumproletar ishining bir qismi bo‘lishi kerak
Bu adabiyot butun insoniyatning revolyutsion fikrining eng so‘nggi ijodini sotsialistik proletariat tajribasi va jonli ishi bilan boyitib, unga hayot baxsh etadigan, o‘tmish tajribasi bilan hozirgi zamon tajribasini doim bir-biriga bog‘laydigan adabiyot bo‘ladi.
Hech shak-shubha yo‘qki, adabiyotni shunchaki bir andozaga, bir qolipga solib baravarlash, unda ozchilikni ko‘pchilikka bo‘ysundirish hammadan qiyin. Bu ishda shaxsiy tashabbusga, shaxsiy qobiliyatga, fikr va hayolga, forma va mazmunga keng maydon ochib berish mutlaqo lozimligida ham shak-shubha yo‘q.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling