Kpss XXVII syezdi: “


Download 73 Kb.
bet5/10
Sana18.07.2023
Hajmi73 Kb.
#1660903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987

KPSS XXII syezdida qayd etilganidek, yangi davrdagi badiiy taraqqiyotning bosh yo‘li “xalq turmushi bilan aloqani mustahkamlashdan, sotsialistik voqelikning boyliklari va rang-barang tomonlarini haqqoniy va yuksak badiiylik bilan aks ettirishdan, yangi, chinakam kommunistik voqelikni ilhom bilan va yaqqol gavdalantirishdan hamda jamiyatning olg‘a harakat qilishiga to‘sqinlik qiluvchi hamma narsani fosh etib borishdan iborat”.
KPSSning 1963-yili 18-iyunda mafkura masalasini ko‘rgan Plenumi hozir ikki ideologiya kurashi “g‘oyat keskin tusga kirdi” deb uqtirdi. Impealizm “ideyalar urushi”, “psixologik urush” e’lon qildi, “o‘z propaganda mashinasini takomillashtirdi” va ideologiya sohasida qo‘porovchilik yo‘liga o‘tdi, antikommunizm burjua propagandasining bosh yo‘li bo‘lib qoldi.
Plenum ko‘rsatdiki, shaxsga sig‘inishga qarshi kurash partiya rahbarligini shubha ostiga olishni anglatmaydi, adabiyot faqat rad etuvchi sohagina emas, balki yaxshi narsalarni tasdiqlovchi soha hamdir, dushman foydalanishi uchun imkoniyat yaratib bermaslik lozim, tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar bilan tinch-totuv yashash mumkin, lekin ular bilan ideologiya sohasida bunday qilib bo‘lmaydi.
K.Fedin Plenumdagi so‘zida sotsiolistik realizm asoslarining mustahkamligini tasdiqlaydi, dediki, sovet adabiyotiga hujum kuchaydi. “G‘arb modernistik tanqidi yosh sovet shoirlarini aldashni nazarda tutib, provokatsion ruhdagi “Sovet avangardizmi” degan shov-shuvni o‘ylab chiqardi; realizmni umri- o‘tgan, traditsiyaga amal qilish konservatizmdir, - demoqda”.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Plenumi ham 1963-yili ideologiya ishini muhokama qildi, san’at va adabiyotning respublikadagi rivoji yo‘llarini belgilab berdi. O‘zbek adabiyotida keskin burilish yuz berdi. Davr shu vaqtgacha orqada qolib kelgan prozaning poyeziga nisbatan yuksak taraqqiy etishi, poyeziyaning ham ortda qolmasligi, bolalar adabiyoti va dramaturgiya sohasida ham sezilarli siljishlar ro‘y berganligi bilan xarakterlanadi. Bunga eng kami uchta omil sabab bo‘ldi.Bu omillarning birinchisi- KPSSning adabiyotni ravnaq toptirish uchun uning g‘oyaviy-badiiy kamoloti to‘g‘risida tinimsiz g‘amxo‘rlik qilishidir; ikkinchisi- mamlakat ekonomikasi va madaniyatining tez taraqqiy etishi, rivojlangan sotsializm davriga o‘tish va kommunistik qurilishning avj oldirilishidir; oxirgisi- o‘zbek yozuvchilari bilan SSSR, ayniqsa rus yozuvchilari o‘rtasidagi adabiy aloqalarning har qachongidan ham kuchayishi, ularning bir-birlarini boyitishidir. Sotsialistik sistema mamlakatlari va jahon progressive yozuvchilari bilan sovet yozuvchilari aloqasi rivojlandi.


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling