Kpss XXVII syezdi: “


Download 73 Kb.
bet6/10
Sana18.07.2023
Hajmi73 Kb.
#1660903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987

KPSS programmasidan: Xalqchillik va partiyaviylik prinsiplariga asoslangan sotsialistik realism san’atida turmushni badiiy ifodalashdagi dalil novatorlik jahon madaniyatining barcha progressiv traditsiyalardan foydalanish va ularni rivojlantirish bilan birga qo‘shiladi.
1961-1972 yillarda g‘oyaviylik va badiiy mahorat problemasi doimo kun tartibida turdi. SSSR yozuvchilarning IV(1967), V(1971), ; O‘zbekiston yozuvchilarining V (1965), VI(1971) syezdlarida qilingan dokladlar asosiga ham shu masala singdirilgan edi. K.A.Fedin SSSR yozuvchilarining IV syezdida adabiy meros va traditsiyani saqlash yangilik yaratishni taqozo etadi, yangilik esa dogmatizmga qarshi va mahorat bilan bog‘liqdir, dedi. Syezdda G.Markovning proza, M.Dudinning poyeziya, A.Salinskiyning dramaturgiya, S.Mixalkovning bolalar adabiyoti, L.Novichenkoning tanqid va adabiyotshunoslik haqidagi dokladlari tinglandi.Bu dokladlarda o‘zbek sovet adabiyoti va tanqidchiligining yutuqlari ham baland baho oldi. Syezdda yozuvchiga ko‘maklashish – tanqidchilikning burchi ekani ta’kidlandi.
G.Markov tanqidchilarga loqaydlikdan saqlanish va hayotni o‘rganishni taklif qildi, adabiy asarni tahlil qilishni yaxshilash va adabiy jarayon taqozo etgan dolzarb masalalarni kechikmay, o‘z vaqtida ko‘tarib chiqishga chaqirdi, tanqidchidan partiyaviylik va ilmiylikni talab qildi; mayda, taraqqiyparvar bo‘lmagan yozuvchilarni emas, balki demokratik va revolyutsion yozuvchilarni ko‘proq hamda chuqurroq o‘rganishga undadi, g‘oyaviy – estetik mezonni oshirishga e’tiborni tortdi. “Gap shundaki, - dedi u, - sovet jamiyatini rivojlantirish manfaatlari, kishilarni kommunistik ruhda tarbiyalash vazifalari, ko‘p millatli sovet adabiyotining ehtiyojlari partiya, xalq manfaatlarining murosasiz ifodago‘yi bo‘lgan badiiy tanqidchilikning rolini beqiyos darajada oshirishnni taqozo qilmoqda.” Syezdda SSSR adabiy tanqidchilari tanqidchilarning Xalqaro uyushmasida faol qatnashayotganliklari mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tildi.
Komil Yashin O‘zbekiston yozuvchilarining V syezdida mahorat avvalo sifat uchun kurashdir deb ko‘rsatdi va uni “bosh masala” deb atadi. U O‘zbekiston yozuvchilarining VI syezdida mahorat asarning hamma komponentlarini qamrab olishini aytdi. Uningcha, har bir janrning o‘z “siri” bor, bu “sir” yozuvchidan har gal alohida mahoratni talab qiladi.


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling