Kpss XXVII syezdi: “


KPSS Markaziy Komiteti 1972-yil yanvarda


Download 73 Kb.
bet8/10
Sana18.07.2023
Hajmi73 Kb.
#1660903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987

KPSS Markaziy Komiteti 1972-yil yanvarda “Adabiy-badiiy tanqidchilik haqida” maxsus qaror qabul qildi. Adabiy tanqid haqida KPSS rahbarligining maxsus qaror qabul etishining o‘zi ijodiy faoliyatning bu sohasiga juda baland baho berilishining dalili edi. Bu qarorda qisman bunday deyilgan edi: “Tanqidchilikning burchi – hozirgi zamon badiiy jarayonidagi hodisalarni, tendensiyalarni va qonuniyatlarni chuqur tahlil etib berishdan, lenincha partiyaviylik va xalqchillik prinsiplarining mustahkamlanishi har taraflama ko‘maklashishdan, sovet san’atinining yuksak g‘oyaviy-estetik saviyasi uchun kurashdan, burjua mafkurasiga qarshi izchillik bilan kurash olib borishdan iboratdir”.
“Tanqidchilikning ahvoli kommunistik qurilishda badiiy madaniyatning roli o‘sib borishi bilan belgilanadigan talablarga hali to‘la-to‘kis javob bermayotir… Sovet adabiyoti va madaniyatining rivojlanish jarayonlari, sotsialistik millatlar madaniyatlarining bir-birlarini boyitishi va o‘zaro yaqinlashuvi yetarli darajada chuqur tahlil qilib berilmayotir… Ko‘pgina maqolalar, obzorlar, taqrizlar yuzaki bo‘lib, falsafiy va estetik jihatdan yuqori saviyada emas.”
“Tanqidchilikda g‘oyaviy va badiiy jihatdan hom-hatala asarlarga nisbatan murasasozlik, subyektivizm , oshna-og‘aynigarchilik va tarafkashlik bilan munosabatda bo‘lish hollari ham ko‘rinmoqda”
“Sotsialistik realism san’atining revolyutsion, insonparvarlik ideallarni mustahkamlashda, “burjua ommaviy madaniyati” ning va dekadentlik oqimlarning reaksion mohiyatini fosh etib tashlashda, adabiyot va san’atda markscha bo‘lmagan qarashlarga qarshi, revizionistik estetik konsepsiyalarga qarshi kurashda tanqidchilik hali ham yetarli darajada faol emas”
“Redaksiyalar tanqidiy materiallarning janr jihatidan rang – barang va ommabop bo‘lishiga yetarli e’tibor bermayotirlar”
KPSS Markaziy Komitetining adabiy tanqid haqidagi tarixiy qaroridan so‘nggi o‘zbek tanqidchiligi san’at asarida g‘oyaviy va badiiylikning uzviy aloqasi masalasini avvalgidan ortiqroq teranlik bilan tushundi va tushuntirdi, “ badiiy asar avvalo badiiy bo‘lishi kerak ”, “g‘oyaviy ta’sir badiiy ta’sirchanlikka suyanishi lozim” degan talablarni kun tartibiga yanada qat’iyroq qilib qo‘ydi, yuksak g‘oyaviy – estetik saviya uchun, g‘oyaviylik va badiiylikning mushtarak birligi uchun izchil kurash olib borib, ijodiy metod va adabiy iste’dod masalalarini ham anashu nuqtaiy nazardan yoritishga intildi.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling