Kpss XXVII syezdi: “


- yil 26 – dekabrda O‘zbekiston Yozuvchilar soyuzi


Download 73 Kb.
bet9/10
Sana18.07.2023
Hajmi73 Kb.
#1660903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987

1977 - yil 26 – dekabrda O‘zbekiston Yozuvchilar soyuzi va respublika Teatr jamiyatining O‘zbekiston SSSR madaniyat ministrligi bilan qo‘shma ijodiy plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenum “ Dramaturgiya va teatr hozirgi bosqichda ” degan masalani muhokama qildi.

KPSSning XXIV, XXV, XXVI, XXVII tarixiy syezdlarida belgilab berilgan konkret vazifalar, shu bilan birga, SSSR Yozuvchilarining V (1971), VI (1976), VII (1981), VIII (1986) hamda O‘zbekiston Yozuvchilarining VI (1970), VII (1975), VIII (1980), IX (1985) syezdlari, O‘zbekiston ijodiy soyuzlarining qo‘shma plenumlari, qardosh ittifoqdosh respublikalararo muntazam o‘tkazib kelinayotgan adabiyot va san’at, madaniyat o‘n kunliklari, haftaliklari ham adabiyotshunosligimiz taraqqiyotida muhim omil bo‘ldi. “Kommunistik partiya, eng yaxshi asarlarga xos bo‘lgan grajdanlik pafosini, kamchiliklarga nisbatan murosasizlikni, san’at jamiyatimiz hayotiga oid problemalarni hal etishga faol aralashayotganini tabrikladi”.

KPSSning XXIV syezdida: “Jahon maydonida kapitalizm va sotsializm kuchlarining bir-biriga qarshi kurashi, xuddi shuningdek xilma-xil revizionistlarning reolyutsion ta’limotni puchga chiqarish yo‘lidagi, sotsialistik va kommunistik qurilish praktikasini buzib ko‘rsatish yo‘lidagi urinishlari bizdan bundan buyon ham nazariya problemalariga, uni ijodiy rivojlantirishga katta e’tibor berishimizni talab qiladi. Eskirib qolgan formulalar yoshini yashab bo‘lgan joyda ularni takrorlay berish, yangi-yangi problemalarga yangicha yondashishga istamaslik – ana shularning hammasi ishimizga zarar yetkazadi, marksisizm-leninizmni revizionistcha soxtalashtirishning keng yoyilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bizning nazariyamiz va praktikamizga burjuacha va revizionistik hamla qilishni ishonarli tarzda tanqid qilish, ijtimoiy fanlarni, markscha-lenincha nazariyani faol va ijodiy rivojlantirishga tayangan taqdirda g‘oyat kuchli bo‘ladi”
KPSS sovet adabiyotshunoslari va tanqidchilarini makrsizm-leninizm ta’limoti bilan qurollantirdi, sovet jamiyati rivojining har muhim bosqichida yozuvchi va tanqidchilarga adabiyot va san’atning rivojlanish yo‘llarini tushuntirib beruvchi partiyaviy hujjatlar bilan madad berdi. Yozuvchilar, san’atkorlar va badiiy-adabiy tanqid kadrlari haqida kundalik g‘amxo‘rlik, ularning ijodiy ishlariga madad bera borish, adabiyot va san’atni kommunizm uchun kurashning ajralmas qismi deb baland baholash – KPSS faoliyatining xarakterli xususiyatidir.


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling