Kpss XXVII syezdi: “
Akmal Ikromov O‘zbekiston Yozuvchilarining 1934-yil 7-11 martda
Download 73 Kb.
|
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987
- Bu sahifa navigatsiya:
- VKP (b) Markaziy Komitetining 1932-yil 23-aprelda chiqargan “Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta qurish to‘g‘risida”gi qarori
- ” (R.Majidiy) O‘zbekiston KP XI syezdi 1952-yil, sentabr rezolyutsiyasida
- KPSS XX syezdi
Akmal Ikromov O‘zbekiston Yozuvchilarining 1934-yil 7-11 martda bo‘lib o‘tgan birinchi qurultoyida so‘zlagan sermazmun nutqida adabiy tanqidga katta o‘rin tutadi. Adabiy tanqidning maqsadi ur-yiqitchilik emas, balki ijodkorning g‘oyaviy-estetik jihatdan davr talabiga javob beradigan asar yaratishga ko‘maklashish, ilg‘or pozitsiyalarga o‘tishga da’vat etish, klassiklardan o‘rganishni tashviq qilish ekanini alohida ta’kidladi.
VKP (b) Markaziy Komitetining 1932-yil 23-aprelda chiqargan “Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta qurish to‘g‘risida”gi qarori “ tamom partiyaviy bo‘lgan adabiyot va teatr tanqidining o‘sishi uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni tug‘dirdi. Markazkomning qaroridan keyin o‘tgan yillar ichida tanqidchi kdrlarning asosiy kuchlari to‘plandilar” (R.Majidiy) O‘zbekiston KP XI syezdi 1952-yil, sentabr rezolyutsiyasida - O‘zbek milliy ijodiy kadrlarni ko‘tarish va tarbiyalash ishini yaxshilash, asosiy diqqat-e’tiborni yosh o‘zbek yozuvchi va shoirlari, dramaturg va kompozitorlari, musiqa va adabiy tanqidchilari, kino san’ati hodimlariga g‘oyaviy-nazariy va ijodiy o‘sishlari borasida har tomonlama yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi. Xuddi shu yerda “ularning badiiy mahoratini oshirishga erishuv” zarur masala sifatida qayd etildi . II tom
“Syezd partiya hayotining lenincha normalarini tiklash,partiya ichki demokratiyasini rivojlantirish, markscha-lenincha siyosatni o‘tkazish asosida kollektiv rahbarlik prinsiplarini joriy qilish, partiya ishlarining stil va metodlarini takomillashtirish sohasida Markaziy Komitet tomonidan qilingan katta ishlarni batamom maqullaydi… Markaziy Komitet sanoat va qishloq xo‘jaligiga rahbarlikni yaxshilashni ta’minladi, sotsiolistik qonunchilikni buzishga yo‘l qo‘yilganligini ochib tashladi va buni tuzatmoq uchun zarur tadbirlarni ko‘rdi hamda butun partiyani partiyali va partiyasiz barcha xodimlarimizni sovet jamiyatimizning rivojlantirish suratlarini jadallashtirishga, sovet xalqining moddiy farovonligini yanada yuksaltirishga safarbar etdi.” O‘zbek sovet tanqidchiligida KPSS XX syezdidan keyin paydo bo‘lgan xususiyatlardan biri – badiiy adabiyot va adabiy tanqidning nazariy masalalarini hal etishga intilishdir. KPSSning XX syezdidan so‘ng adabiy jarayon milliy adabiy merosni o‘rganishga ko‘proq ahamiyat bera boshladi, ayrim adabiy hodisa va shoirlar davr talabiga ko‘ra qayta baholandi, adabiy merosga nisbatan bo‘lgan nigilizm va biryoqlamaliklarga barham berila boshladi. Klassik asarlarni tahlil qilishdagi sxematiklik, vulgar-sotsiologizm, bayonchilik o‘rnini tarixan aniq g‘oyaviy-badiiy analiz egallay boshladi. I.Sulton KPSS XX syezdidan keyin yozuvchilar ijodiy faoliyatining oshganini qayd etadi. Bu davrda kitobxonlar va tanqidchilar ham saviya jihatidan o‘sishiga olib keldi. Kommunistik partiyaning shaxsga sig‘inishga qarshi kurash haqidagi qaroridan so‘ng chet ellik dushmanlar “sotsialistik realizmga qarshi yangi hujum boshlagan va bu hodisa mamlakatimizdagi nazariy jihatdan yetuk bo‘lmagan ba’zi san’at arboblarini gangita boshlagan edi. Sovet yozuvchilari, tanqidchilari… sotsialistik realizmning muqaddas prinsiplarini mudofaa qila oldilar”. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling