Kpss XXVII syezdi: “


KPSSning Yangi Programmasida deyiladi: “


Download 73 Kb.
bet2/10
Sana18.07.2023
Hajmi73 Kb.
#1660903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek sovet adabiy tanqidi tarixi 1987

KPSSning Yangi Programmasida deyiladi: “Adabiyot va san’at xalq manfaatlariga, kommunizm ishiga xizmat qilishi, millionlab kishilar uchun quvonch, ilhom manbai bo‘lishi, ularning irodasi, tuyg‘u va o‘y-fikrini ifodalashi, ularning g‘oyaviy barkamol bo‘lishi va ma’naviy tarbiyalanishiga aktiv yordam berishi zarur.
Xalq hayoti bilan aloqani mustahkamlash, sotsialistik voqelikni haqqoniy va yuksak badiiy saviyada aks ettirish, yangi, ilg‘or narsalarni jo‘shqinlik bilan yorqin ochib berish va jamiyatning olg‘a qarab harakat qilishiga xalaqit berayotgan barcha narsalarni extiros bilan fosh qilish-adabiyot va san’atni rivojlantirishdagi bosh yo‘nalishdir
KPSS Markaziy Komitetining XXIV syezdi:
Shubhasizki, agar bizning adabiy-badiiy tanqidchiligimiz partiyaning liniyasini yana ham aktivroq amalga oshira borsa edi, talabchanlikni takt bilan, badiiy boyliklarni maydonga keltiruvchilariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish bilan qo‘shib, yana ham ortiqroq prinsipiallik bilan maydonga chiqsa edi, sovet adabiyoti va san’atining yutuqlarini yana ham ortiqroq bo‘lar edi, kamchiliklari esa yana ham tezroq yo‘qola borar edi.
RKP(b) Markaziy Komitetining 1925-yil 18-iyunda “Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to‘g‘risida” qarori chiqdi. Unda:
“Shunday qilib, biz madaniy inqilob davriga kirdikki, bu kommunistik jamiyatga tomon bundan keying harakatning zaminini tashkil etadi ”
“Shunday qilib, bizda sinfiy kurash to‘xtamagani kabi, u adabiyot frontida ham to‘xtamaydi”
“Ittifoqimizning ko‘p sonli respublikalari va oblaslarida milliy adabiyotlarning taraqqiyotiga ham kuchli e’tibor berish zarur”
“Kommunistik tanqid adabiyotda buyruqbozlik rasmini mutlaqo chiqarib tashlashi kerak. Bu tanqid faqat o‘z g‘oyaviy ustunligiga suyansagina chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Marksistik tanqid o‘z orasidan kommunistikni pesh qilib, mag‘rurlanishning har qandayini, da’vosi baland va lekin chalasavod manmanlik ko‘rinishlarining har qandayini tamomila keskin suratda chiqarib tashlashi kerak. Marksistik tanqid o‘z oldiga o‘qish, o‘rganish shiorini qo‘ymog‘i lozim”
“Kommunistik tanqid kommunizm pozitsiyalarini bir minut ham qo‘ldan boy bermay, proletar ideyalogiyasidan zarracha ham chekinmay, turli adabiy asarlarning mazmunidagi obyektiv sinfiy ma’noni ochib berishga da’vat etilgani, proletariat bilan birgalikda bora oladigan va albatta boradigan adabiy tabaqalarning barchasi bilan muomalada nihoyatda ehtiyot bo‘lib, sabr-toqat ko‘rsatib, yotig‘i bilan ko‘rmog‘i kerak”
“..Ishchilar sinfi kapitalistik jamiyat doirasidayoq o‘zini g‘olibona revolyutsiyaga tayyorlagan… siyosiy kurashning juda yaxshi ideologik qurolini tayyorlab olgan edi. Ammo… madaniyat sohasida ezilib yotgan sinf bo‘lagidan o‘z badiiy adabiyotini, o‘z adabiyotining alohida badiiy formasini, o‘z uslubini chiqa olmagan edi. Proletariat qo‘lida hozirdayoq istagan bir adabiy asarning ijtimoiy-siyosiy mazmunini belgilaydigan bexato mezon bir bo‘lsa ham, lekin hali hozircha uning ixtiyorida badiiy formaga doir masalalarning barchasiga shunday aniq javob yo‘q ”

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling