® o’zbekiston tarixi 10
|
1-5 MAVZU
|
1. Bolsheviklar sovet hokimiyatining dastlabki davri oralig’ida sodir bo’lmagan voqeani aniqlang.
A) Turkiston Kommunistik partiyasining II syezdida o’lka Musulmonlar Byurosi tashkl qilindi
B) Farg’ona vodiysida sovet rejimiga qarshi qurolli istiqlolchiliuk harakati boshlandi
C) RKP (b) X syezdi oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig’I bilan almashtirish to’g’risida qaror qabul qildi
D) Markazga tashib ketilayotgan non mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori bir necha marta ko’paydi
2. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1. Toshkentda Turkiston bolshevistik tashkilotlarning tashkiliy o’lka syezdi bo’lib o’tdi va unda Turkiston Kommunistik partiyasi tuzildi
2. Qo’qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan tinchlik shartnomasi imzolandi
3. Turkiston Muxtoriyati tashkil topdi
4. Turkistonda Yangi iqtisodiy siyosat qo’llana boshlandi
A) 3, 2, 1, 4 B) 3, 1, 4, 2
C) 2, 4, 1, 3 D) 2, 4, 3, 1
3. Quyidagilardan tarixiy haqiqatga muvofiq kelmaydigan javobni aniqlang.
A) Yer-suv islohoti dastlab Yettisuv, Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand viloyatlarida amalga oshirilgan
B) 1921-yil avgust oyida Turkiston Kompartiyasining VI syezdi o’tkazildi
C) Pud 16, 38 kg ga, desyatina esa 1, 09 gektarga teng o’lchov birligi
D) 1920-1921-yillarda Turkistondan Rossiyaga 4,4 mln pud g’alla jo’natilgan
4. 1918-yil 20-noyabrda Turkiston ASSRda kimning raisligida ocharchilikka qarshi kurash Markaziy Komissiyasi tuzilgan?
A) A. Muhitdinov B) T. Risqulov
C) N. Xo’jayev D) U. Xo’jayev
5. 1919-yil mart oyida tashkil etilgan Musulmonlar Byurosi tarkibiga quyidagilardan kimlar kiritilmagan edi?
1. A. Muhitdinov 2. Y. Agayev
3. M. Cho’qayev 4. O. Mahmudov
5. N. Xo’jayev 6. U. Xo’jayev
A) 3, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5
6. Turkiston Muxtoriyati tarkibidagi lavozimlarini ular egallagan shaxslar bilan to’g’ri muvofiqlashtiring.
1. Obidjon Mahmudov 2. A. O’rozayev
3. M. Cho’qayev 4. Ubaydulla Xo’jayev
a) harbiy vazir
b) ichki ishlar vaziri o’rinbosari
c) tashqi ishlar vaziri
d) oziq-ovqat vaziri
A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
7. Quyidagilardan xronologik xato javobni aniqlang.
A) 1917-yil 1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari imzolagan maxsus Murojaatnoma elon qilindi
B) 1917-yil 15-22-noyabrda Sho’royi –Ulamo tashkilotining tashabbusi bilan turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi o’tkazildi
C) 1918-yil 19-26-yanvarda Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatish haqida qaror qabul qilindi
D) 1917-yil dekabrda Toshkentda 60 ming kishi ishtirok etgan miting o’tkazildi
Hurmatli Repetitorlar, o'qituvchilar, abituriyentlar. Men, Rahmatjon Niyozmetov sizlarga quyidagilarni taklif qilaman.
© 6-sinfdan 11-sinfgacha
Mavzulashgan Testlar
Boblashgan Murakkab Testlar
Umumiy Nazorat Testlar
Savol-javoblar
Xronologiyalar
Shuni bilingki, biz tuzayotgan test va qo'llanmalarimiz sifatiga alohida etibor beramiz. Ishoning biz sizga eng sara mahsulotlarni taklif etamiz. Sifat sizlarni bizga qayta bog'lanishga majbur qiladi.
SIFAT va QULAY NARX sizni qiziqtirsa biz bilan bog'laning.
Murojaat uchun: @NR_prod
☎ +99 893 755 22 91
https://t.me/joinchat/VVuDENGajGPvgZaF
Do'stlaringiz bilan baham: |