Kracada online ish topish va ish berish platformasining ui
Download 23.69 Kb.
|
Dasturlash paradigmalar amaliy 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kracada
- 2.Dasturiy taminotni qurish uchun foydalaniladigan texnalogiyalar “Kracada
- Foydalanuvchi interfeysi elementlarini tanlash
- Dizaynni ishlab chiqish
- Test qilish va to’g’rilash
- 5.Foydalanilgan adabiyotlar
1-Topshiriq. Mavzu: Tanlangan obyektning dasturiy moduli uchun masalaning qo`yilishi ishlab chiqish. Reja: Kirish: Dasturning UI qismini qurish uchun foydalaniladigan texnologiyalar UI yaratishni boshlash bosqichlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.Kirish: “Kracada”- platformasi bu online ish topish platformasi bo`lib, bu yerda turli xil sohadagi kasb egalari ish topishlari va ishchi qidirishlari mumkin. Faqat interface jihatdan foydalanuvchiga qulaylik tu`gdirish maqsadida nisbatan soddaroq ishlab chiqilgan. Ushbu platforma barcha qurilmalar uchun moslangan. 2.Dasturiy taminotni qurish uchun foydalaniladigan texnalogiyalar “Kracada” platformasini ishlab chiqishda React.js, TailwindCss, Sass va boshqa qo’shimcha texnologiyalaridan foydalanilgan. Backend qismi uchun Node.Js texnologiyasidan foydalanilgan. 3.Dasturiy taminot uchun masalani qo`yilishi UIni ishlab chiqish uchun quyidagi bosqichlar amalga oshirishimiz kerak: 1. Maqsad va talablarini aniqlash: Ish topish platformasining UI qismini yaratishdan oldin, platformamizning maqsadini va foydalanuvchilarning qanday talablari bo'lishi kerakligini aniqlashimiz kerak. Bu talablarni qisqa va to'g'ri tariflash juda muhimdir. 2. Prototip yaratish: Platformamizning UI qismini ishlab chiqishdan oldin, prototipni o'rnatish juda foydali bo'ladi. Bu prototip orqali interfeysning umumiy ko’rinishi, funktsiyalari va funksiyalarining ishlash tartibini aniqlay olamiz. Prototipni qog'ozda yoki online prototip qurilmalari (masalan, Figma, Sketch, Adobe XD) yordamida yaratish mumkin. 3. Foydalanuvchi interfeysi elementlarini tanlash: Saytlar, ilovalar yoki o'yinlarning UI'larida ko'p xil elementlar (knopkalar, matn qatorlari, menyu, rasm, video oynasi, jadvallar, grafikalar, grafikalar, animatsiyalar va boshqalar) ishlatiladi. O'zimiz uchun kerakli elementlarni tanlashimiz kerak. 4. Maket tuzish: UI qismini tuzishda boshqaruv tizimini (masalan, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Sketch yoki Figma) ishlatish tavsiya etiladi. Bu orqali o'zimizning maketni tayyorlashni boshlaymiz. Biz tanlagan maket dizayni uchu havola https://www.figma.com/file/TgAMv4iQfmPmup0fcBR8FT/Kracada-(Community)?type=design&node-id=0-1&mode=design&t=ruSKZqiKP1AmZdHO-0 5. Dizaynni ishlab chiqish: Elementlarni dizaynini ishlab chiqishimiz va o'zgartirishlarini qo'shishishimiz kerak. Ranglar, matn o'lchamlari, grafikalar, fontlar, va boshqa xususiyatlarni qo'shishimiz kerak. 6. Responsive dizaynni o'ylash: Platformamizni barcha qurilamalar uchun moslashuvchan qilishimiz kerak. Turli xil qurilmadan platformaga kirilganda UI qismidan buglar chiqmasligi uchun. Biz TailwindCssdagi o’lchamlardan foydalanamiz. 7. Test qilish va to’g’rilash: Ishlab chiqilgan UI prototipini va dizaynini test qilish zarur. Foydalanuvchilarning fikrini, savollarini qo'llab-quvvatlovchi, muvofiqlarini aniqlash va to'g'rilash. 8.Monitoring va yangilanish: UI yaratgandan so'ng foydalanuvchilarning qanday ishlatishlarini kuzatib borish juda muhimdir. Feedbacklarni ko’rib chiqib, o’rganib, ulardan xulosa chiqarib platformamizdagi kamchiliklarni to’g’irlab borish va platformaga userlar tomonidan berilgan qo’shimchalarni qo’shib boorish zarur. UI yaratish o'sishni, feedbackni qo'llashni va tajribani oshirishni talab qiladi, lekin bu qadriyatli va oson amalga oshiriladigan jarayon bo'lishi mumkin. 4. Xulosa Bu sayt modulini yasash uchun masala qo’yilishida va ish jarayonini ketma ketligini tuzishda bir nechta kutubxonalardan foydalanishga to’g’ri keldi . Kamchilik va to’girlashlarni yaratilgan sayt ish jarayonida yana to’g’irlab va yangilab borish zarur ekan 5.Foydalanilgan adabiyotlar Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar : https://www.figma.com/ https:// tailwindcss.com/ https://www.figma.com/file/TgAMv4iQfmPmup0fcBR8FT/Kracada-(Community)?type=design&node-id=0-1&mode=design&t=ruSKZqiKP1AmZdHO-0 Download 23.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling