Krasvord marketing muhiti mavzusi doirasida tuzilgan
Download 18.6 Kb.
|
Tovarlar marketingi
KRASVORD
1………………..deganda korxona marketing xizmati xodimlaring mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o’rnatish va munosabatlarning saqlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi subyektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. 2. ………………..-bozor sharoitida raqobatni vanatijaga erishishni ta’minlovchi kompleks imkoniyatdir. 3. ……………….korxona ichida va nazorat qilinadigan umumiy marketing muhitining bir qismidir. 4.Ichki muhit bir nechta tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, har biri korxona elementlari va asosiy jarayonlar yig’indisidan iborat bo’lib, birgalikda uning nimasini belgilaydi? 5.Quyidagilar ichki muhitning nimalari hisoblanadi? Qo’laniladigan marketing strategiyalarining samaradorligi; Bozor ulushining taqsimlanishi; Korxonaning raqobatchilariga nisbatan egallagan o’rni; Tashqi muhit bilan aloqasi; Korxona imiji va ishlab chiradigan tovarlari; Korxona ishchilarining korxona faoliyatining muvaffaqiyati uchun qiziqishi; 6. Boshqaruvni tashkil etish tuzilmasi, mehnatning taqsimoti,funksional va iyerarxik tarzda,markazlashtirish, asosiy qarorlarni qabul qilish tartibi va usullari,qarorlarni bajarilishini nazorat qilish ,boshqaruv axborotlar tizimi,kommunikatsion jarayonlar,boshqarish turi,oliy menejment kasbiy mohiyati va darajasi, strategik rejalashtirish tizimlari qanday omil hisoblanadi. 7. Ishlab chiqarish bo’limlari,ijaraga olingan yoki o’zining ishlab chiqarish bazasi hozirgi holatiga qarab taklif etiladigan tovarlar hajmi,qo’llaniladigan texnalogiya turi,mijozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etilishi, Tovar sifatini nazorat qilish,tahdidsizlikni taminlanishi, ishlab chiqarish kuchi,xizmat ko’rsatishdagi to’g’ridan to’g’ri yo’qotishlar qaysi omilda kuzatiladi. 8……………………potensial – korxona aktivlari,o’zining va qarzga olingan kapitali,kredit imkoniyatlari, kapital aylanish tezligi va likvidligi,mablag’ni rejalashtirish, yalpi daromad,foyda va undan foydalanish. 9. ……………….- madaniyat xodimlar munosabatlari tizimini o’z ichiga olib, rahbar tomonidan korxonaning haqiqiy va boshqa qadryatlari,boshqarishning taqsimlanishi,boshqarish stili. 10. ………………-bu bir biridan mustaqil rivojlanuvchi ikki tarkibiy qismdan makro muhit va bevosita muhitlardan tashkil topadi. 11. ……………… bozorga ta’sir etuvchi, shu bilan birga har bir bozor subyektiga alohida ta’sir etuvchi kuch va omillar yig’indisidir. 12…………..-bu korxonaning aniq tovar ishlab chiqarishi uchun zazur bo’ladigan xom-ashyo materiallari,jihozlar va texnik vositalar bilan shartnomaga binoan ta’minlab turuvchi firmalar va ayrim shaxslardir. 13…………..-bu mahsulotlarni siljitish ,tarqatish va sotishda firmalarga yordam korsatuvchi bozor subyektlaridir. 14. …………. deganda ma’lum bir firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday mahsulotni sotishda ishtirok etayotgan korxonalar tushuniladi. 15…………..bular mazkur firma mahsulotining xaridorlari hisoblanadigan jismoniy va yuridik shaxslardir. 16.Aholini uning soni va zichligi nuqtai nazaridan o’rganadigan fan qaysi? 17.Qaysi tahlil usulini qo’llash orqali korxonaga xos bo’lgan kuchli va kuchsiz o’rtasida hamda tashqi tahdid va imkoniyatlar o’rtasida aloqa yo’llarini o’rnatishga erishiladi? 18.Jamiyatdagi qaysi muhitning ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi , aholining harid qilish qobilyati, shuningdek, infilyatsiya kredit stavkalari,soliq solish stavkalari,aholining joriy daromadlari, iste’mol savatining qiymati kabi ko’rsatgichlari bilan aniqlanadi. Download 18.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling