“Kreativ Fikrlash”


Download 101.21 Kb.
bet2/5
Sana18.03.2023
Hajmi101.21 Kb.
#1283074
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.Kreativ fikrlash faniga kirish

Ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, ijodiy fikrlash qobiliyatlari fikr almashish, qaror qabul qilish, tahlil qilish va muammolarni hal qilinishi kerak bo‘lgan barcha kasblar uchun juda muhimdir. Shuning uchun ijodiy fikrlash umumiy fikrlash qobiliyati deb nomlanadi. Demak, ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’limning asosiy maqsadi bo‘lishi kerak.

2. 1.Kreativ fikrlash ko‘nikmalari

    • Ingliz tilida kreativlik ijodiy fikrlaydigan va konstruktiv odam sifatida gavdalanadi.
    • Ijodkorlik huddi jarayon kabi ma’noni beradi, kreativlik esa shaxsning o'ziga xos xususiyati sifatida qaraladi.
    • Kretivlik deganda shaxsning individual jihatlari, faoliyat mahsullari, hamda ularni yaratish jarayonlarida namoyon bo'ladigan ijodiy qobiliyatlari tushuniladi.
    • Kreativlik so'zi tarjimasining turli xil ma'no va mazmuni berganligi tufayli ko'pchilik ongida odamlar ijodiy va kreativga bo‘linadi:
    • Ijodiy shaxslar - bu rassomlar, haykaltaroshlar, yozuvchilar, shoirlar, fotosuratchilar - o'zlarining qobiliyatlarini ijodning turli yo‘nalishlarida amalga oshiradigan odamlar.

      • Kreativlik - bu, qoida tariqasida, ishbilarmon kishilarga xos xususiyat: dizaynerlar, reklama beruvchilar, sotuvchilar, brend menejerlar va boshqalar

2.2. Kreativ fikrlash ta’riflari

2.2. Kreativ fikrlash ta’riflari

    • Amerikalik biokimyogar Albert Szent-Dyerdi ta'rifiga muvofiq
    • "... ijodiy fikrlash hamma ko'rgan narsalarni ko’rish va hech kim o'ylamagan narsalar haqida o'ylashdan iboratdir" .

      Albert Szent-Dyerdi tomonidan taklif qilingan "kreativlik" toifasining ta'rifi qayta baholash kontseptsiyasiga asoslanadi, uning mohiyati nauqtai nazarni vaziyat bo‘yicha o‘zgartirish, unga boshqa koordinatalar tizimida qarashga urinishdir.

    • J. Uolles kreativlik jarayonning quyidagi bosqichlarini ajratib turadi:
    • tushunish - muammo yoki imkoniyatni izlash va shakllantirish;
    • tayyorgarlik - muammoni hal qilish uchun asoslar yaratiladi;
    • o‘ylab yurish - ko'pincha ushbu bosqichda ong osti fikrlash jarayonlari asosiy rol o'ynaydi;
    • tushuncha - ko'pincha to'satdan "Evrika!" shaklida bo'ladi;
    • tasdiqlash - bu bosqichda boshqa odamlar g'oyani qabul qilishadi
    • g‘oyaning hayotiyligini tasdiqlash (Wallas, 1926).

Download 101.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling