Kreativ fikrlash


Download 466.5 Kb.
bet3/32
Sana25.08.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1670247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Kreativ fikrlash

Domen tavsifi: taʼlim kontekstida kreativ fikrlash domenlarini tavsiflashda tegishli adabiyot taqrizi va mutaxassislar fikrini oʻrganish. Ushbu boshlangʻich qadam taʼlim sohasidagi mutasaddilar targʻib qilmoqchi boʻlgan ijodiy fikrlash koʻnikmasini, 15 yoshli oʻquvchining qoʻlidan keladigan kreativ yondashuv turlarini hamda PISA orqali mazmunli va ishonchli baholash mumkin boʻlgan kreativ yondashuv turlarini aniqlab beradi.
B. Konstrukt tavsifi: PISA testi aniqlashi kerak boʻlgan aniq konstruktni belgilash hamda ushbu sinov asnosida test qilinayotganlarning xususiyatlari haqida da’volarni aniqlashtirish. ITD terminologiyasida bu qadam, odatda, «ko‘nikmalarni aniqlash» yoki «o‘quvchi modeli» deb ataladi (Shute va boshqalar., 2016 [25]).
C. Isbotlarni aniqlash: test qilinuvchi haqidagi keyingi da’volarni qoʻllabquvvatlash uchun test natijasida olingan dalillarni taʼriflash (yaʼni, baholanayotgan qobiliyatlarni namoyish qiluvchi xatti-harakatlar, misol uchun o‘quvchi tanlagan, yozgan yoki yaratgan narsalar). ITD terminologiyasida bu «isbot modeli» deb nomlanadi. Ushbu qadamda vazifalarni baholash uchun hamda barcha vazifalar bo‘yicha baholarni jamlash uchun qoidalar ishlab chiqiladi.
D. Vazifani loyihalashtirish: PISA baholashining cheklovlari doirasida koʻzlangan dalillarni keltirib chiqaruvchi vazifalar turkumini aniqlash, nazariy asoslash hamda tatbiq etish. Ushbu bosqich ITD terminologiyasida «vazifa modeli» deyiladi.
E. Testni shakllantirish: vazifalarni talab qilingan davolarni yetarlicha isbot bilan qo‘llab-quvvatlaydigan test formatiga oʻtkazish. ITD terminologiyasida bu «shakllantirish modeli» deb ataladi. F. Madaniyatlararo validlikni ta’minlash: barcha sinov instrumentlari boshqa mamlakat va oʻzga madaniyatga ega jamiyatlarda ham ishonchli va taqqoslanishi mumkin boʻlgan dalillarni berayotganiga amin boʻlish. Bu bosqich, odatda, ITD yondashuvida muhokama qilinmaydi, lekin u PISA doirasida oʻta muhimdir.
G. Tahlil va hisobot: baholash natijalarini munosib, mazmunli va koʻrgazmali aks ettirish. 10. Validatsiya va tajriba-sinov tadqiqotlari ushbu dizayn siklining takroriy mohiyatini kuchaytirishi mumkin: masalan, baholash natijalari dalillarni tanlash va vazifalarni shakllantirishda yordam berishi mumkin.
11. Ushbu doira hujjatining tuzilishi ITD bosqichlarini qaytaradi. Birinchidan, ham umumiy, ham taʼlim jarayonidagi ijodiy fikrlash tavsiflanadi. So‘ngra, konstruktning elementlari va dalillarni aniqlashtirish uslubi bayon etiladi.

Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling