Xulosa va Tavsiyalar
To’plangan ma'lumotlarning cheklanganligi sababli bizning xulosamiz mutlaqo taxminiydir. Lekin
muhokamalarimiz va tahlillarimiz natijasida ijodiy iste'dodning ulkan resursi, boy
madaniy merosi
va kreativ sektorning salohiyatini o'z ichiga olgan hukumat haqida aniq tasavvur paydo bo'ldi.
Agar bizdan kelajakdagi harakatlar uchun uchta asosiy
tavsiyani aniqla
shni so’rasalar, ular
quyidagilar bo'ladi:
Butun mamlakat bo'ylab kreativ tadbirkorlik faoliyati va unga asos bo'ladigan
ma'lumotlarni to'liqroq xaritalash zarurati.
Tadbirkorlik, ishlab chiqarish, vositachilik, marketing va biznesni rivojlantirish kabi
biznes ko'nikmalariga bo'lgan ehtiyoj.
Sanoat va hukumat o'rtasida yanada tizimli hamkorlik qilish zarurati.
Batafsilroq, biz xulosalarimizni uchta komponentga ajratdik:
Siyosat masalalari
O‘zbekiston hukumati tomonidan kelishilgan/qabul qilingan “kreativ industriyalar”
deganda nimani anglatishini, mamlakat faoliyati va ustuvorliklarini aks ettiruvchi, lekin
iloji boricha kelishilgan xalqaro ta’riflarga mos keladigan ta’rifga to’xtash.
Kreativ sektorni tashkil etuvchi turli sohalardagi faoliyatni, jumladan, sohaning YQQ
(Yalpi qo’shilgan qiymat - GVA) ga qo‘shgan hissasi, mintaqaviy
tarqalishi, xalqaro
profili, ishchi kuchi tarkibi va malakasini qamrab olish uchun
to’liq ma’lumotlar.
Hukumat va kreativ soha vakillari imkoniyatlar va muammolarni muhokama qilishlari
mumkin bo'lgan forum. Bunday tashabbus uchun shablonni taqdim etish uchun butun
dunyo bo'ylab yaxshi amaliyotlardan ko'plab misollar mavjud.
Kelajakda sohaga aloqador muhim ko'nikmalarga bo'lgan ehtiyojni yaxshiroq tahlil
qilish va kreativ sanoat birlashmalarida martabaga jalb qilinishi mumkin bo'lgan
yoshlar uchun yaxshi professional ma'lumotlar.
Turli mintaqalar va shaharlarning kuchi va an'analarini aks ettiruvchi o'ziga xos
markazlar va klasterlarning shakllanishiga va taraqqiyotiga yordam berish uchun
milliy, mintaqaviy va mahalliy ma'muriy tuzilmalar o'rtasida integratsiyani
takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: