Kreativ iqtisodiyot siyosatini rivojlantirish uchun grantlar ishlab chiqish va taqdim etishni qo'llab-quvvatlash


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/38
Sana31.01.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1819000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
mapping-uzbekistan-creative-industries-uzbek

Metodologiya 

Mavjud Siyosat va Dasturlar 

O‘zbekistondagi kreativ industriyasini xaritalash

Asosiy Natijalar

Tavsiyalar va Xulosalar 

Ilovalar 


 
Metodologiya 
Kreativ va madaniyat sohalar yoki kreativ iqtisodiyotning umume'tirof etilgan ta'rifi mavjud emas. 
Iqtisodiyot sektorlari yoki sohalari ular o'z ichiga olgan faoliyat turlarini belgilashda tegishli 
siyosatlarga ta'sir qilishi mumkin (masalan, moliyalashtirish, qo'llab-quvvatlash, soliqqa tortish
ta'lim sistemasi, xalqaro savdo, iqtisodiy rivojlanish, huquq va hokazo). Buyuk Britaniyaning 
Nesta Innovatsion agentligi buni shunday tushuntiradi: 
“To‘g‘ri siyosatni shakllantirishda aniq ta’riflar va ishonchli iqtisodiy statistika muhimligini 
ta’kidlash oson. Shunga qaramay, ushbu vositalarsiz siyosatchilar bandlik va o'sishning eng 
muhim manbalarini yo'qotish
da hatoliklarga qo’l urishi xavfi bor; izchil siyosat asosini saqlab 
qolish ancha qiyinlashadi va taraqqiyotni kuzatish imkonsiz bo'lib qoladi.

 5
 
Siyosatchilar ijodiy sohalarni tasniflash va belgilashda o'zlarining noyob holatlari va mavjud 
ma'lumotlarga asoslanib, o'zlarining yondashuvlarini qabul qildilar: ba'zilar uchun bunday ta'riflar 
san'at va madaniyat bilan chambarchas bog'liq (yoki hatto ular bilan cheklangan); boshqalar 
uchun ular oziq-ovqat, turizm, sport, madaniy meros, ta'lim, IT yoki 
“ko’ngilochar biznes”ni o'z 
ichiga olishi mumkin. Ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan ko'plab mahalliy madaniy amaliyotlar va 
an'analar mavjud. Misol uchun, "qo'g'irchoq teatri" ba'zi mamlakatlar tasnifida mavjud (masalan, 
Ukraina, Qozog'iston), lekin boshqalarga bu begona tushuncha (masalan, Buyuk Britaniyada). 
Buyuk Britaniya boy tarixga ega va kreativ davlat sifatida jahon miqyosida shuhrat qozongan. 
Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va mualliflik huquqini himoya qilish 
tizimiga ega. 1990 yillarda Buyuk Britaniya hukumatining Raqamli, Madaniyat, Ommaviy 
axborot vositalari va Q
o‘llab-quvvatlash departamenti (DCMS)
6
kontseptsiyani rasmiylashtirdi 
va sohani ko‘lami va iqtisodiy qiymati bo‘yicha baholadi; ko'plab mamlakatlar va tashkilotlar, 
jumladan UNCTAD 
7
va UNESCO 
8
madaniyat sohasiga aloqador statistikani yuritishda qolip 
sifatida ishlatib keladigan innovatsion harakatdir. 
Shu nuqtai nazardan, ushbu bo'lim O'zbekiston uchun qolip (model) sifatida ishlatiladi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling