Kreativ mahsulot tushunchasi, xususiyatlari va elementlari


-Mavzu: Tasvirlash. Kreativ shaxs tavsifi


Download 1.63 Mb.
bet36/85
Sana18.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1555973
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Bog'liq
kreativ

7-Mavzu: Tasvirlash. Kreativ shaxs tavsifi
Reja:
7.1. Tasvirlash va ta’riflash tushunchalari mazmuni
7.2. Tushunchalar ustida bo`ladigan mantiqiy amallar
7.3. Ta'rifni shakllantirishning turli xil usullari
7.4. Xotirani mustahkamlash usullari


7.1. Tasvirlash va ta’riflash tushunchalari mazmuni

Ta'riflar ma'noni tushuntirish tasvirlashda juda foydali hisoblanadi. Odatiy ta'rif ikki qismdan iborat. Odamlar ta'rif berishda tenglik belgisidan ko'pincha quyidagi jarayonlarda foydalanadilar masalan:


Bo`ydoq = bu turmush qurmagan erkak.
Atama ta’rfi - bu atama nimaligini anglatadi. Everestr so’zi bizga tog’ bilan bo’g’liq so’z ekanligini anglatadi. Ammo 8848 (everest cho’qqisining uzunligi) kabi boshqa atamalar ko'proq mavhum narsalarni anglatadi.
Tushunchalarni ta'riflash. Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash ((definition) definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “O’zbekiston ” aniqlanuvchi qism, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud.
Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi.
Ta'riflashning quyidagi qoidalari mavjud:
a) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha;
b) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga muhtoj;
c) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta'rif  aylanma shaklda;
d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, “E'tiqodsiz – ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling