Kreativ pedagogika


Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari


Download 19.1 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi19.1 Kb.
#1817394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6jKKGfWvfgS9aJAseBC0OtbY3-oF-dWn

Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari.

  • Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari.

Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga ehtiyoj sezadi.Ushbu loyihani amalga oshirish quyidagilami amalga oshiriladi:
1.O’qituvchilarni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish sistemalami tadbiq
etish;
2.Pedagogik kadrlami attestatsiyadan o’tkazishda qo’yiladiagan talablami
yangilash;
3.Ularning malakasini oshirish;4.Eng yaxshi o’qituvchilarning tajribalami keng ommalashtirish.
Yangi, hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o’qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o’z ishiga ijodiy yondashishni talab qiladi. O’qituvchining kreativligi o’z tajribasini qayta ko’rib chiqishi va yaxshilash hammaga ma’lum narsalami o’zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklami yaratish juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.

Bo’lajak o’qituvchilarning kreativ sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari

  • Bo’lajak o’qituvchilarning kreativ sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari

Jahondagi globallashuv va ta’limning integratsiyalashuvi jarayonlarida bo‘lajak o’qituvchilarning kasbga tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. O‘zbekistonda ta’lim tizimini sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasida o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi. Bugungi kunda jahonda ta’limga kreativ yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ sifatlarini rivojlantirish orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta’minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo‘naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek oliy ta’limning ta’lim sifatini ta’minlash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb yo‘nalishlardan biri sifatida tadqiq etilmoqda. Ana shu nuqtai-nazardan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o‘rin tutadi.

Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling