Kreativ shaxs bo`lishning afzalliklari Ijodkor shaxsning xususiyatlari Kreativ shaxs bo`lishning afzalliklari


Download 37.43 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi37.43 Kb.
#1633069
Bog'liq
Iqtisodiyotda kreativ fikrlashning o`rni


Mavzu: Iqtisodiyotda kreativ fikrlashning o`rni
Reja:

  1. Kreativ shaxs bo`lishning afzalliklari

  2. Ijodkor shaxsning xususiyatlari

  3. Kreativ shaxs bo`lishning afzalliklari

SHaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy etuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi - tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.


Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining etarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi.
So‘nggi yillarda etakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmokda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin. Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqdarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqushavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora- tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida etishmayotgan omil - kreativlik sanaladi. SHaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik - o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; SHternberg, 1985 y.). SHarqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. YA’ni, topshiriqni bajarish, masalani echishda talaba echimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri echimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
YUqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xosorginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim.
Talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta’lim olayotgan talabalarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega o‘qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo‘ladi. Kreativlik xarakteridagi o‘quv-bilish muhiti talabalarda ta’lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko‘nikmasining rivojlanishiga olib keladi.
Kreativ tafakkurga ega talabalar:
boshqa talabalarning xayoliga kelmagan g‘oyalarni bildiradi;
o‘zlarini ifoda etishning o‘ziga xos uslubini tanlaydi;
ba’zan mavzu aloqasi yo‘q yoki g‘ayrioddiy savollar beradi;
echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi;
g‘oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko‘radi;.
SHaxs kreativligini rivojlantirish jarayonida
“tabaqalashtirish”, “davrlashtirish” tushunchalarining muhim ahamiyati
Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon yaratish muhim.
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo‘ldi. Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi.
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan,
hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar aniqlanadi; sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat bildiriladi; ko‘k — ish xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi, kamchilik va bo‘shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, qanday samara berishi izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi.
PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. 13. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi tomonidan taklif etilgan taʼrifga mosdir (IHRT, 2017 [3]).2 Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va mu nosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi.
Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng, ammo ich-ichidan bog‘liq kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Plucker, Beghetto va Dow (2004 [5]) ushbu konsepsiyaning koʻp qirraligi va ijtimoiy mohiyatini hisobga olgan holda taklif etgan taʼrifiga koʻra, kreativlik – layoqat, jarayon va strategik konsultativ guruh ijodiy fikrlashni «...yangi gʻoyalarni ishlab chiqish jarayoni. U muayyan bilim, koʻnikma va yondashuvni talab etadi. Uning ichiga mavzular, nazariya, sohalar va uslublararo bogʻlanishlarni qurish kiradi», deb ta’riflagan. muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masa lan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi (Kaufman va Beghetto, 2009 [26])) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va taʼlim orqali takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir. Demak, tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
Endilikda mutaxassisning aqliy va kasbiy salohiyati uning qayerda va qancha vaqt o’qiganligi bilan emas, balki ta’lim jarayoni yakunida ma’lumotlarni qanchalik o’zlashtirganligi va olgan bilimlarini qay darajada amalda qo’llay olishi bilan belgilanadi. Kreativ fikrlaydigan avlodni tarbiyalashda ma’lumotni o’rganish va talqin qilish qobiliyatini egallash yetarli emas, ularni yangi bilimlarga aylantirish va hayotda qo’llay olishlari muhimdir. Zamonaviy rivojlangan muhit bizni yangi sifatda qayta tarbiyalamoqda: insonni eng yuksak qadriyat deb tan olib, uning taqdiri, boshqalarning taqdiri, shaxsning ongini o’zgartirish, har bir olayotgan axborotini tabiat, jamiyat va o’z-o’ziga bo’lgan munosabati orqali idrok etishi olinayotgan bilimlarning ahamiyati va xotirada qolish jarayonida muhim omil sanaladi. Bularning barchasi nafaqat ta’limning mazmuni va shakllarini qayta ko’rib chiqishni, balki ushbu sohada ko’plab qadriyatlardan voz kechishni, ularni zamonga va kishilarning yangicha dunyoqarashiga moslashtirishni taqozo etmoqda. Umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlar orasida kimyo fani anchayin murakkab sanalgan, o’quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda va kelajak hayotlarida tadbiq qilishlari uchun yetarlicha nazariy bilimga ega bo’lishlari zarur hisoblangan fanlar sirasiga kiradigan fandir. Kimyo darslarini sifatli tarzda tashkil qilishda har bir o’quvchining darsdagi yutuqlarini namoyish qilish, kerak bo’lganda o’quvchini maqtash orqali rag’batlantirish, biroz xafa bo’lsada, unga o’z vaqtida bilimlaridagi bo’shliqlarini bildirish va to’ldirishga imkon berish, dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi orasida qulay psixologik muhitning yaratilishini ta’minlash muhimdir. O’quvchilarni kimyo darslariga qiziqishini oshiradigan ko’plab zamonaviy o’qitish usullari bo’lib, ulardan yetarlicha xabardor bo’lgan o’qituvchining darsi muvaffaqiyatli va qiziqarli bo’ladi. O’quvchilar kimyo darslarida olgan bilimlarini kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida va kundalik hayotlarida qay darajada zarur bo’lishini anglab yetsalar, ushbu bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqlari yanada ortadi. Darsda o’quvchilarning ham aqliy, ham jismoniy faol bo’lishlariga yordam bera oladigan didaktik o’yinli texnologiyalardan foydalanish esa ularning o’qishga bo’lgan ishtiyoqini va motivatsiyani oshirishga yordam beradi. Kimyo darslarida belgilangan vaqtni samarali sarflash uchun mavzudan kelib chiqqan holda didaktik o’yinlardan o’tilgan va yangi mavzuni mustahkamlash, mavzuni tushuntirish qismlarida qo’llash mumkin. Aynan mavzuga mos bo’lgan, o’quvchilar yoshiga mos keladigano’yinlarni tanlash va qo’llash orqali ijobiy natijalarga erishish o’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’ladi. O’quv jarayonida foydalaniladigan didaktik o’yinlar sinfda guruh a’zolari yoki individual ishtirokchilar o'rtasidagi raqobatni rivojlantirishga va bu orqali darsga bo’lgan qiziqishni oshirishga yordam beradi. Didaktik o’yinli metodni guruhlarga bo’lgan holda amalga oshirish va buning natiijasida o’yin ishtirokchilari orasida yuzaga kelgan sog’lom raqobat ularda liderlik qobiliyati, muammoning yechimini topishda eng samarali usulni tanlash, yechimlar orasidan eng samaralisini tanlash imkonini beradi.
Ma’lumotlarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning yechimini topishga intilish kreativ potensial bilish jarayonida yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogning kreativ potensiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Tafakkurning tezkor va egiluvchanligi.
2. Yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati, bir qolipda fikrlamaslik.
3. Tashabbuskorlik-o‘ziga xoslik.
4. Noaniqlikka toqat qilish.
5. Zakovatli bo‘lish.
Kreativlik “turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lib pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi”. Yuqorida bildirilgan kompetentlik va kreativlik tushunchalari ta’lim tizimida qanday tizim sifatida tashkil etilganligi haqida fikr yuritamiz. Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsiya va yangiliklar, barkamol avlodni tarbiyalash mazkur tizimda faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchi murabbiylar oldiga ko‘plab vazifalarni hal etishni dolzarb masala sifatida belgilab qo‘ymoqda. Jumladan oliy ta’lim tizimida ham faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilarda ham o‘z faoliyatlarida yosh avlodni tarbiyalashda kompetentlik va kreativlik sifatlari talab etilmoqda. Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham jamiyatda ro‘y berayotgan modernizatsiya jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar. Ko‘plab professor-o‘qituvchilar ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodni tarbiyalashda faol qatnashmoqdalar. Shu bilan bir qatorda, xalq ta’lim tizimida ham ko‘plab tajribali kompetentli o‘qituvchilar zamon talablari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Surxondaryo viloyati xalq ta’limi tizimida ko‘pgina maktablarda fidoyilik bilan o‘z kasbiga sodiq, pedagogik kompetentlikka ega o‘qituvchilar kreativlik asosida o‘quvchilarga bilim berilmoqdalar.
Bugungi o‘qituvchida intuitsiya, refleksiya va intellekt yuqori darajada shakllangan bo‘lsa, o‘z oldiga qo‘ygan har qanday nostandart vaziyatlardan chiqa oladi. Yuqorida qayd etilgan maktab o‘qituvchilar o‘z darslarida o‘quvchilarni interfaol usullar orqali erkin muloqat qilishga, muammoli vaziyatlar yechimlarini topishga, dars davomida savol-javoblar tariqasida, mantiqiy fikrlash asosida o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘qituvchi o‘zining ko‘p yillik pedagogik tajribasiga tayanib bugungi o‘qituvchilarga kreativlik asosida quyidagilarni tavsiya etadi: – o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish uchun o‘quvchilar yoshiga mos til va adabiyot bo‘yicha tanlovlar tashkil qilish; – to‘garaklarda turli audio eshittirishlar asosida o‘quvchilar muloqotini tashkil qilish; – o‘quvchilarda tabiat bilan bog‘liq matnlarni o‘qitish orqali ularda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish; – rus klassikalari asosida turli sahna asarlarini sahnalashtirish; – yuqori sinf o‘quvchilarida erkin mavzular yuzasidan insholar yozish; – turli kecha va tadbirlar, konferensiyalar tashkil qilib o‘quvchilar faolligini oshirish va hokazolar. Yuqorida ta’kidlangan nazariy va amaliy tavsiyalarga tayanib kasbiy kompetentlikning 3 ta bosqichini ko‘rsatish mumkin:
o‘z-o‘zini tahlil qilish va o‘zini anglash zaruriyati;
o‘z-o‘zini rivojlantirish rejasiga ega bo‘lish (maqsad vazifa va uni amalga oshirish yo‘llari)
o‘zini ko‘rsatish, tahlil qilish va kamchiliklar ustida ishlash.
Kasbga oid kompetentlikning shakllanishi uzluksiz jarayon. Pedagogning kasbiy kompetentligi shakllanishi o‘z kasbiy qobiliyatini rivojlantirish dasturiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatini tahlil qila oladigan, kamchiliklarni tugatish ustida tinimsiz izlanadigan davrdan boshlanadi.
Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiylik kasb etayotgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo'lgani, aql-idrok samarasi o'laroq yaratilgan. G'ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda kulayliklar yaratadi, og'irimizni yengil, uzog'imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo'lagiga aylangan. Har bir sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Olim, muhandis, professor-o'qituvchi, shoir, yozuvchi, rassom, aktyor, me'mor, muharrir, dizaynerlargina emas, hatto bajaruvchilikka asoslangan kichik mutaxassislarga ham ijodkorlik zarurati seziladi.
Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqarish kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g'oya so'raladi. Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta'lim jarayonida o'quvchi-talabalarning mazkur qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta'lim tizimida ko'plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya'ni berilgan ma'lumotni to'g'ri tushunib, to'g'ri yetkazib bera olishga, nari borsa, berilgan bir necha axborotlarni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo'naltirilgan.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining mazmunini aniqlash talab etiladi. Kreativlik so'zi inglizcha “create”dan olingan bo'lib, yaratish ma'nosini beradi[1]. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan qaray olishni anglatadi.
Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Ya'ni berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo'lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g'oyaning paydo bo'lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so'zlarni yodlab, grammatik qoidalarni “suv qilib ichib” yuborgan bo'lsangiz ham, insho yarata olmasangiz, barchasi samarasizdir. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. Albert Eynshteyn “tasavvur bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko'pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun avvalo inson fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim.
Qoliplardan voz kechamiz. Inson miyasi o'z ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon va stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma'lum bo'lgan va umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g'oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo'lgan ijtimoiy fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko'rinishlar ham yetakchi o'rin tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtai nazaridan hammaning fikriga qo'shiladi. Qolaversa, “oqim bo'ylab suzish” mustaqil fikrlashdan ko'ra oson tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo'yicha inson onggiga “so'rov” berilganida odatiy ma'lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, “yangi yil” deganda to'kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar, archa va h.k.larni tasavvur qilish, bobo obrazida qo'lida hassa tutgan, ko'zoynakli cholni ko'rish qolip asosida fikrlashning ko'rinishi. Kreativ fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o'zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech kim ilg'amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yarata oladi. Eng ajablanarli jihati ta'lim-tarbiya jarayoni ham bolalarni bir xil qolipda fikrlashga o'rgatib qo'yar ekan. Hatto mashhur ixtirochi va kashfiyotchi olimlarning aynan maktabdagi ta'lim jarayonidagi bir xillikka ko'nika olmagani, qoliplarga sig'maganini ko'rishimiz mumkin. Masalan, Albert Eynshteynning maktabdan haydalishi yoki Dmitriy Mendeleyevning kimyo fanidan “uch” olishi bunga misol bo'la oladi. Ken Robinson tomonidan tayyorlangan va YouTube saytida 5 million marta tomosha qilingan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavha ham mana shu xususida fikr boradi. Harf o'rganish jarayonidayoq bolalarning belgilangan chiziqlar bo'ylab qalam tortib yozuv yozishi, topshiriqlar bajarishda namunalar orqali ishlash, adabiyot darslarida asarni qanday tushunish kerakligi to'g'risida ma'lumotlar berilishi, pedagoglarning yaxshi bajaruvchilarni yaxshi baholashlari natijasida bolalar qoliplar doirasida fikrlay boshlaydi. Oqibatda ko'plab yoshlar topshiriq berilsa, namuna bormi deb so'raydigan holga kelgan. Bu oldin mavjud bo'lgan modellar asosida ishlashga o'rganib qolish natijasi.
Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun o'quv jarayonida ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashga ahamiyat qaratilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o'quvchilarga “sizga bir kunda 86400 AQSh dollari berilsa, uni nimalarga sarflagan bo'lar edingiz”, kabi noodatiy savollar berilishi mumkin. Bu savol o'quvchidagi topqirlik, bilag'onlik, ijodkorlik, masalaga turli nuqtai nazardan qaray olish, yashirin jihatlarini ochish kabi xislatlarni rivojlantiradi. Sababi 86400 soni bir kundagi soniyalar miqdorini anglatadi. Savol orqali o'quvchiga har bir soniya
qimmati anglatiladi, uni behaduga sarflamaslik uqtiriladi. Agar o'quvchi savol tagidagi asl mohiyatni anglamasa, unda kreativ va evrestik sifatlar past hisoblanadi. Qolip va stereotiplar asosida fikrlashning bir necha ko'rinishlari bor. Masalan, qutbli tafakkur — hamma narsani ikki shaklda yaxshi yoki yomon deb qabul qilish, dunyoni oq va qora rangda ko'rishdir. Aslida yaxshi yoki yomon narsaning o'zi mavjud emas, uni bizning fikrlarimiz shundayga aylantiradi. Har bir holat va jarayonning ijobiy va salbiy jihatlari bor. Bir tomonlama yondashuv, asoslanmagan xulosalar ham stereotiplar asosida fikrlashning ko'rinishlaridir. Ijodkorlikni yuzaga keltirish uchun stereotiplarning ong osti darajasida ijoddan cheklovchi funktsiyasi, shablonlardagi to'siqni anglash, qoliplardan voz kechish zarur. Kumir, brend va modaga ergashish — mustaqil fikr kushandasi hisoblanadi. Kiyinish, o'zini tutish, kasb tanlash, hatto fikrlashda taqlid bunyodkorlik faoliyatidan cheklashi mumkin. Shuning uchun nega aynan shu kiyimni tanladim, nima uchun shu ichimlikni xarid qilyapman, deb OAV, reklama orqali insonni onggiga majburan singdirilayotgan ta'sirlardan voz kechish o'zining mustaqil qarorini qabul qilishga, media izolyatsiyasidan chiqishga sabab bo'ladi. Shunga o'xshagan kichik narsalardan boshlab keyin ijodiy jarayonlarda ham o'zgalar ta'siridan chiqishga o'rganish, o'zining ijodiy namunasini taqdim etish imkoni yaratiladi. Bunda “Predmetni boshqa sohada qo'lla”(“Stulni yana qaysi o'rinda qo'llash mumkin?”), “Belgilangan so'zlar ishtirokida gap”(“Tovuq”, “poyabzal”, “go'zallik” so'zlari bitta gapda ishtirok etsin, gap grammatik, stilistik jihatdan til qoidalariga javob bersin, mazmun anglashilsin”), “Aksi”(“Muammoning teskari tarafida nima yotibdi?”) mashqlari qo'l keladi.
Tomas Edison “kreativlik g'ayriixtiyoriy jarayon” deydi. Lekin har kuni ko'plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topish zaruriyati bilan duch keladi. Ular mana shu g'ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yaratuvchi “sehrli tayoqcha” yo'q, biroq har qanday mutaxassisni kreativ bo'lishiga ko'maklashadigan ko'plab usullar mavjud. Buning uchun ijodkorlik uchun vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglashingiz lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: "Ko'pchilik yiliga ikki-uch marta o'ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi haftada bir yoki ikki marta o'ylaganim". Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e'tiborsiz qoldirmaslik, o'ylash uchun imkon yaratish muhim. Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O'zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb so'rang. Keyin “Muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur qiling.
Oddiy va hayratlanarli yechim o'rtasida interva – sizga ijodiy maydon paydo bo'ldi. Endi yangi g'oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi. SCAMPER(Substitute Combine Adapt Modify Put Eliminate Reverse) usuli[2]. Bunda “substitute” – almashtirish ma'nosini bildiradi, masalan, natyurmort ustida ishlayotgan bo'lsangiz, stol ustidagi vazaga olmani boshqa sitrus meva yoki sarimsoqpiyozga almashtirasiz. “Combine”(birlashtirish) bosqichida natyurmort va portretni kombinatsiyalash mumkin. “Adapt” yangi funktsiyalar, elementlar qo'shiladi, masalan, stol ustiga noutbuk qo'yilishi mumkin. “Modify”(o'zgartirish)da hajm, shakl, rang o'zgartiriladi. Masalan, odatiy hajmdagi olma emas, juda katta yoki kichik olma, ko'k yoki qizil emas, pushti rangli navni tasvirlaysiz.
Download 37.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling