Kredit-axborot tahliliy markazi
Download 36.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqbank ishi
“Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi o‘z faoliyatini 2000 yilda O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasinig sho‘baa tashkiloti sifatida Kredit-axborot byurosi nomi ostida boshladi. 2004-yilda kredit byurosi hukumat roziligi bilan 4 dona katta banklarni ta’sischi sifatida qabul qilib o‘z faoliyatini MCHJ “Banklararo kredit byurosi” nomi ostida yurita boshladi. 2004 yilda Hukumat tomonidan tasdiqlangach kredit byurosi ta'sischilar sifatida respublikaning 4 ta yirik bankini o‘z tarkibiga qabul qildi va "Banklararo kredit byurosi " nomini oldi. 2011 yil 4 oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasining kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingach ta’sischilar safiga O‘zbekistonning barcha tijorat banklari teng ulushda qo’shilishdi, va Kredit byurosi o‘z faoliyatini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi sifatida boshladi.Kredit byurosining ustav kapitali 1 240,0 mln. So'mni tashkil etadi.1 oktyabr kuni mustaqil baholovchi Grant Thronton Valuation tomonidan Kredit byurosi bozor qiymatiga ko‘ra 4,301,028 (to'rt million uch yuz ming yigirma sakkiz) AQSH dollari yoki 12,946,955,300 (o'n ikki milliard to'qqiz yuz qirq olti million to'qqiz yuz ellik besh uch yuz) deb baholandi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 01.10.2016 yildagi kursi bo'yicha.Kredit byurosi tomonidan kredit axboroti almashiladigan ASOKI nomli avtomatlashtirilgan tizim yaratilgan bo‘lib u yurtimizdagi barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarni o‘z ichiga oladi. ASOKI ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi ishga layoqatli 27,8% aholisinig kredit tarixlari saqlanadi. 2017 yil 1 yanvar holatiga ko'ra ushbu ko'rsatkich 7 642 ming jismoniy shaxs, shu jumladan 589,7 ming yuridik shaxsni (tashkilot va korxonalarni) tashkil etdi . Ayni paytda KATM ASOKI lizing kompaniyalari, kommunal, soliq organlari, kadastr organlari, notariat axborot yetkazib beruvchilar sonining kiritish uchun loyihalarni amalga oshirmoqda. O'zbekistonda kredit byurosi, foydalanuvchilar, yetkazib beruvchilar va kredit axborotlari sub'ektlari o'rtasida kredit axboroti almashinuvini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratildi. Asosiy normativ hujjat Oliy Majlis tomonidan 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan va 2012 yil 1 yanvardan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida" gi qonunidir. Kredit byurosining faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ishtirokchilarning kredit axboroti almashinuvi tizimida o'zaro munosabatlar tartibi ham qabul qilindi. Kredit byurosi zimmasiga mikrokreditlar taqdim etishda qulaylik yaratish hamda avtomatlashtirilgan tarzda mikrokredit bo‘yicha qaror qabul qilish kredit tashkilotlarini potensial kredit oluvchilarning kredit tarixi ma’lumotlari va moliyaviy holati bilan ta’minlash kiradi. Kredit-axborot tahliliy markazi tijorat banklarining kredit operatsiyalari va ularning qarzdorlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘adi va tahlil qiladi, ular bo‘yicha ma'lumotlar bazasini shakllantiradi, kredit axborotining yagona reestrini (keyingi matnda – reestr) yuritadi hamda Banklararo kredit byurosi (keyingi matnda – BKB) va tijorat banklariga axborot taqdim etadi. Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan kredit, lizing hamda uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish to‘g‘risidagi (keyingi matnda – faktoring) shartnomalar shartlari, garovga olingan mulk, kafolatlar (kafilliklar, kredit tavakkalchiligini sug‘urtalash) to‘g‘risidagi axborot, shuningdek davlat statistika va iqtisodiyot organlari, nodavlat tashkilotlari va xo‘jalik sub'ektlaridan qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan tartibda va asoslarda olingan ma'lumotlar Kredit-axborot tahliliy markazi reestrini shakllantirish manbai hisoblanadi. Tijorat banklari Kredit-axborot tahliliy markaziga mazkur Nizomda belgilangan tartibda quyidagi axborotni taqdim etishga majburdirlar: potensial qarz oluvchilar tomonidan taqdim etilgan kredit buyurtmalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar; bank kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilgan kredit buyurtmalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar; tuzilgan kredit, lizing hamda faktoring (keyingi matnda – kredit) shartnomalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar; kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish davomida qarzdorlar to‘g‘risida bankka ma'lum bo‘lgan ma'lumotlar; qarzdorlar tomonidan bank bilan tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining holati to‘g‘risidagi ma'lumotlar. Kredit axboroti — kredit bitimining holati, berilgan ta'minot bo‘yicha (garov, kafolat, kafillik, kreditni to‘lamaslik xavfini sug‘urtalash va ta'minotning boshqa turlari bo‘yicha) majburiyatlarning bajarilishi haqidagi ma'lumotlar, shuningdek kredit axboroti sub'ektining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, to‘lov qobiliyatini, to‘lov intizomini va o‘zga sifatlarini aniqlashga ko‘maklashuvchi boshqa axborot, shu jumladan: kredit axboroti sub'ektini va kredit axborotini ¬etkazib beruvchini identifikasiyalash imkonini ¬beradigan; kredit axboroti sub'ektining fuqarolik-huquqiy ¬shartnoma bo‘yicha pul summasini to‘lash majburiyatlari to‘g‘risidagi; kredit axboroti sub'ektiga aloqador shaxslar ¬to‘g‘risidagi; kredit bitimi bilan bog‘liq mol-mulk to‘g‘risidagi ¬ma'lumotlar. Kredit byurosi: kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida shartnomalar tuzishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bitimlar tuzishga; kredit axborotini yetkazib beruvchilardan xolis, ¬ishonchli va yangilangan kredit axboroti taqdim etishini talab qilishga; kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit ¬axboroti sub'ektlarining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, to‘lov qobiliyatini va to‘lov intizomini baholashda ko‘maklashish maqsadida maslahat xizmatlari hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatishga; kredit axborotini yetkazib beruvchilarga kredit axborotini taqdim etishda ko‘maklashishga; kredit axboroti sub'ektlari reyting bahosini hisoblash uslubini ishlab chiqish va undan foydalanishga; boshqa kredit byurolaridan kredit axborotini so‘rab olishga haqli. Kredit byurosi qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Download 36.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling