Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o’qish. Apellyatsiya shartlari. O‘zbekiston Respublikasi prezidentning


Download 20.2 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi20.2 Kb.
#1332543
  1   2
Bog'liq
Kredit modul tizimi haqida tushuncha


Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o’qish. Apellyatsiya shartlari.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.Oliy ta'lim muassasalari (OTM) o‘zining har bir bakalavr yoki magistratura dasturlari bo‘yicha kataloglar (kitobchalar) ishlab chiqib, undan siz o‘qish davomida qaysi fanlarni o‘rganishingiz mumkinligi, ushbu fanlarni kimlar o‘qitishi, dastur davomida siz mutaxassis sifatida qanday bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lishingiz haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo‘lib, shundan so‘ng o‘quv yili boshlansa-ya! Bu xususiyatlar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ham asta-sekinlik bilan kirib kelmoqda va bu tizimning nomi — ta'limning «kredit-modul» tizimi.
Bizga ma'lumki, hayotda ko‘p narsalarni o‘lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov birligi — soniya, soat, uzunlik o‘lchovi — metr, og‘irlik — kilogramm, suyuqlik — litr, elektr kuchlanishi o‘lchovi — volt.Savol tug‘iladi: ta'limning, xususan oliy ta'limning ham o‘lchov birligi bormi? Siz «ha, bor, oliy ta'limning o‘lchov birliklari bu bakalavr, magistr va doktor» deb aytasiz. Lekin bular ta'limning o‘lchov birliklari emas, balki uning darajalari hisoblanadi.Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligini olib kiradi.Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o‘rtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60ni tashkil etadi.


Universitet elektron platformasi. Shaxsiy kabinet, qaytar aloqani amalga oshirish. Ma’lumotlarni joylashtirish. Nazorat sinovlari (test, topshiriqlar, loyihalar va boshqalar bilan ishlash) ni elektron platforma orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar. Dedlaynga amal qilish.
Kredit-modul tizimi mazmunan talabaning ehtiyojlariga qaratilgan tizimdir. Shu sababli, rivojlangan davlatlar OTM larida talabalar bilan alohida bo‘lim (Registrator ofisi) shug‘ullanadi. Bu borada oldimizda turgan muammolardan biri - bu talabalar kontingenti bilan shug‘ullanuvchi dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, sirtqi bo‘lim, magistratura bo‘limi, doktorantura bo‘limi va qabul bo‘limi kabi ko‘plab bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Ochig‘i, ushbu bo‘limlarda bir-birini takrorlovchi faoliyatlar mavjud. Ular asosida talabalar kontingenti bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.
Registrator Ofisining vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish, guruhlarni shakllantirish, o‘qishga kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil qilish va o‘tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.
Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo‘linma bo‘lib, uni kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tilgunga qadar vaqtincha dekanat va bo‘limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin.
Kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va o‘qitiladi.



Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling